0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish
jarayoni51
O'zbekiston sug‘urta sohasida davlat nazorati zarurligi bir qator omillaming 
ta'siri bilan bog‘liq. Ulaming asosiylari, mening fikrimcha quyidagilardir:
- sug'urta sohasi moliyaviy tizim institutlarining qismi sifatida. bir tomondan 
va mulkchilikni himova qilish institutlari qismi sifatida ikkinchi tomondan o'ziga xos 
rolni o‘ynaydi;
- jamoat manfaatlari nuqtai nazaridan sug'urtalovchi sug'urta xizmati sifatiga 
mos kelmaydigan narxni belgilashi, tuzilayotgan shartnomalaming mazmuni va 
shartlariga nisbatan sug'urta qildiruvchining ogoh emasligidan suiste'mol qilish 
ehtimoli mavjud. Bulaming xato va noaniqliklari sug'urta hodisasi vuzaga kelganidan 
so'ng aniqlanishi mumkin;
- sug'urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish zarurligini aniqlovchi 
sabablaming guruhi sug'urta kompaniyasi sug'urta qildiruvchi oldidagi o 'z 
majburiyatlarini 
bajara 
olmaganida, 
umuman 
iqtisodiyot 
uchun 
sug'urta 
kompaniyalarining to'lovga qodir emasligi yoki moliyaviy nobarqarorligi oqibatlari 
bilan bog'liq. Bu nafaqat sug'urta shartnomasida ko'zda tutilgan mol-mulk yoki
51 M ualliflar jam oasi tomonidan tayyorlangan.
67


ekologik zararni tiklash bilan, balki sug'urta bozorining yaroqliligi va istiqbollari 
oqibatlariga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda davlat sug'urta nazoratiga sug'urta bozorini 
tartibga solishning jahon amaliyotiga javob beradigan vazifalar yuklatilgan. Bular:
- litsenziyalash:
- to'lovga qodirligini tekshirish va qaltisliklaming oldini olishga ko'maklashish:
- sug'urta jamg'armalaridan foydalanish nisbati va yo'nalishlarini belgilash;
- sug'urta maydonidan chiqish shartlarini aniqlash:
- iste’molchilar huquqlarining to'liq arnalga oshirilishi va sug'urta xizmatlari 
- sifatini ta'minlashga ko'maklashish:
-sug'urta faoliyatining oydinligini ta'minlash.
O'zbekiston sug'urta faoliyati amaliyotida litsenziyalash institutining asoslari 
‘’Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Nazorat faoli>ati 
mantig'i litsenziyalash instituti shakllanishi asosida litsenziyalash subyektlari 
ajratilishi, litsenziyalami berish berishdan voz kechish mezonlari, uning amal qilishini 
to'xtatib qo'yish, nazorat organining mumkin bo'lgan subyektiv yondashishi holatida 
litsenziyalash subyektlarining manfaatlarini tiklash jarayonini ko'zda tutadi.
Sug'urta nazorati rivojlanishining hozirgi zamon bosqichi uyg'un sug'urta tizimini 
rivojlantirishga bo'lgan talabni qonuniv ravishda belgilab berdi.
Buning uchun esa sug'urta biznesini olib borishning xalqaro talablarga javob 
beruvchi sug'urta xizmatlari ro'yxati keng bo'lmog'i lozim. Sug'urta xizmatlarining 
O'zbekiston bozorida olg'a bosishi mulkchilikning turli shakllaridagi tadbirkorlik 
faoliyati subyektlarining manfaatlari himoya qilinishini, qo'yilgan mablag'lar 
qaytarilishi kafolatlanishini hamda ko'zda tutilmagan turli tavakkalchiliklar 
kamayishini 
ta’minlamog'i zarur. 
Ana 
shundagina 
sug'urta 
tashkilotlari
makroiqtisodiyot jihatidan yanada barqarorlashtirish, davlatimiz iqtisodiy hayotining 
barcha sohalarini erkinlashtirish borasida respublikamiz oldiga qo'yilgan vazifalami 
hal qilishga vordam bergan bo'ladi.
Sug'urta ishi subyektlari faoliyatini sug'urta nazorati shakllari va usullarini 
takomillashtirish o'z ichiga sug'urta huquqini buzish bo'yicha ogohlantiruvchi chora- 
tadbirlaming samarali amaliyotida rivojlantirish bo'yicha majmuali tadbirlami oladi. 
Davlat nazorati tizimini takomillashtirishda u tartibga solishning shakllangan modeli 
yo'nalishida ko'rib chiqilishi mumkin, bu esa quyida ko'rib chiqiladi:
Sug'urta huquqi - majmuali institutdir. U sug'urta bilan bog'liq moliyaviy, 
ma’muriy. fuqarolik. ijtimoiy ta’minot huquqi me'yorlarini birlashtiradi. U nafaqat 
sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi, balki sug'urtalovchi va davlat boshqaruv tizimi 
o'rtasidagi munosabatlami qamrab olgan sohaning maxsus ishlab chiqilgan me’yoriy 
hujjatlaridan iborat. Shuni belgilash kerakki. hozirgi kungacha sug'urta qonunchiligi 
tizimi 
aniq 
oydinlashtirilmagan. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligining 
umumsoha tasniflagichi o'z ro'yxatiga sug'urta sohasini kiritmagan.
Sug'urta qonunchiligiga tizimli yondashish uning tuzilmasini ajratishni nazarda 
tutishi muhimdir (ierarxiya, bo'ysunish, tabaqalashtirish, birdamlik va farqlanish 
nuqtai nazaridan huquqiy bazaning asosiy maqsadini bajarish, ya’ni ishtirokchilar 
manfaatlari uchun sug'urta munosabatlarini tartibga solish uchun me’yoriy huquqiy 
hujjatlami to'plash).
68


0 ‘zbekiston Respublikasi sug'urta bozorining zamonaviy holati tahlili asosida 
sug'urta faolivatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiv tamoyillari aniqlandi:
- sug'urta kompaniyalarining kapitallashuvining oshishini ta'minlash:
- sug'urta xizmatlarining sifatini oshirish va keng ommalashtirish;
- sug'urta faoliyatining vangi institutlari va subyektlarining paydo bo'lishini 
ta'minlash;
- sug'urtaning huquqiy bazasini yanada rivojlantirish;
- sug'urta faoliyatining oydinligini ta'minlash.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə