0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


O'zbckiston respublikasida sug‘urta bozorini davlat



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

7.2. O'zbckiston respublikasida sug‘urta bozorini davlat
tomonidan tartibga solishning asosiy tamoyillari
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida sug‘urta sohasini davlat 
tomonidan tartibga solishni davlat sug'urta nazorati instituti doirasida amalga 
oshiriladi. Uni tashkil qilish va rivojlantirishda O'zbekiston xorijiy tajribaning keng 
vositalaridan foydalanadi va shu vaqtning o'zida davlat tomonidan tartibga solishning 
milliy yo'nalishlarini kiritadi.
Jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasining shakllanishi va rivojlanishida tarLxiy 
taraqqiyotning har bir bosqichida muavyan sivosat doirasida amalga oshiriladigan 
davlat tomonidan tartiblash muhim rol o'ynaydi. Davlatning o'z vazifa va 
funksiyalarini bajarishiga, o ‘z iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishiga 
imkon beradigan qurol, dastaklardan biri - sug'urta bozorini davlat tomonidan 
tartibga solishdir47.
Sug'urtaning asosiy maqsadi bu yuridik va jismoniy shaxslar uchun yuqori 
sifatli sug'urta xizmati ko'rsatishdir. shu sababli sug'urta faolivati dimvo bo'yicha 
davlat nazorati ostida. Davlat xalq xo'jaligi faoliyatining muhim tarmog'i - sug'uitani 
e ’tibordan chetda qoldirishi murnkin emas edi. U sug'urta jamiyatlarining faolivatini 
o 'z nazoratiga olishi kerak edi. Davlat nazoratining zarurligi sug'urtaviy bitimlaming
47 M. U m araliyev. S u g 'u rta - bozor iqtisodiyotining m uhim sharti 
it
Xalq so'zi, 2002 yil 31 may.
65


mohiyatidan kelib chiqadi. Sug'urta har bir fuqaro to'g'ri tushuncha hosil qilishi 
mumkin bo'lgan shunchaki oddiy narsa emas. Sug'urta jamiyatlarning faoliyati hatto 
ehtiyotkor va mulohazali xo‘jayin uchun ham tushunarsiz va noaniq bo'lgan asoslar 
ustiga qurilgan48.
Ishning vana bir murakkab tomoni shundaki, sug'urta shartnomasi ba'zi 
hollarda uzoq muddatga tuziladi (shaxsiy sug'urta). Sug'urtalanuvchilardan sug'urta 
badallarini kechiktirmay olib turgan sug'urta tashkiloti. masalan. bir nccha yildan 
keyin sug'urta hodisasi yuz berganda o'z mablag'larini bajarishga qodirligiga qattiq
puxta ishonch bo'lmog'i zarur. Hayot sug'urtasidan sug'urtalanuvchi bilan sug'urta 
korxonasi o'rtasida uzoq muddatli, chambarchas bog'lanish yuzaga kcladi. Sug'urta 
tushunchasidan bexabar sug'urtalanuvchi o'z manfaatlarini himoya qila olmaydi. 
Uning manfaatlarini himoya qilish uchun davlatning yordami kerak bo'ladi49.
Ish yana shu bilan murakkablashadiki, sug'urta sohasidagi suiste’mol unga yo'l 
qo'vgan korxonalar uchun halokatli bo'libgina qolmasdan. balki aholining sug'urtaga 
bo'lgan ishonchini salbiy tomonga o'zgartiradi ham. Vijdonsiz sug'urtalovchilaming 
raqobati hatto eng obro'li sug'urta korxonasiga ham zarar yetkazish mumkin. 
Shundan ravshanki, sug'urtalanuvchilargina emas balki sug'urtalovchilaming o'zlari 
ham sug'urta nazoratidan manfaatdorlar, chunki bundav nazorat yashay olmaydigan 
korxonalaming g'irrom raqobatidan muhofaza qiladi.
Xatolar, uquvsizlik voki vijdonsizlik bilan ish vuritish oqibatlari oradan ko'p 
yillar o'tgandan keyin ham sug'urtaga ta’sir ko'rsatadi. Bu hoi obro'li, katta 
tashkilotlar uchun g'irrom raqobatchilar bilan kurashni qiyinlashtiradi, boshqa 
tomondan esa ana shu yashirin buzilish davrida sug'urtalanuvchilami aldovga olib 
kelishi mumkin.
Sug'urta kompaniyalarining faoliyati boshqa turdagi xo'jalik subvektlari 
faoliyatidan keskin farq qiladi. Chunki, ular ishlab chiqarish uzluksizligini 
ta'minlashda va sug'urta hodisalari ro'y berganda yetkazilgan zarami qoplash uchun 
xizmat qiladilar. Bu holat, sug'urtalovchilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi 
va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog'i zarurdir.
O'zbekistonda davlat sug'urta nazorati tushunchasini davlat tomonidan tartibga 
solish tizimining qismi sifatida ta'riflash mumkin. Ushbu tizim sug'urta faoliyati 
subyektlarini sug'urta ishi sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilishi, 
sug'urta faoliyatini samarali rivojlantirish hamda sug'urta qildiruvchilar va boshqa 
manfaatdor shaxslar va davlatning qonuniv manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni 
ta’minlash uchun huquqiy hujjatlaming buzilishining oldini olish. ogohlantirish 
maqsadida ulami nazorat qilishdan iborat.50
TypoHHa K.E. TeHaerajHH pa3BHnw MHpoBoro pbiHKa cTpaxoBamw. M : AHKHJI, 2000. C.56
3y6eu A.H. CrpaxoBofi MapKeniHr. M : 
A
hkhji

1998. C. 106.
5.E. AmpaCTBa pecnv6;iHKH. // PbiHOK aeHLrH
h
KpenHr, 2002. N°11-12. C.21.
66


Sug'urta faoliyatini samarali tarzda nazorat qilish va boshqarish mexanizmini 
varatish hukumatning asosiy maqsadlaridan biridir. Sug'urta bozorini davlat 
tomonidan tartibga solish jarayoni 8.1- rasmda keltirilgan.
7.1-rasm.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə