0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sug'urta faoliyatini boshqarish tamoyillari



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

7.3. Sug'urta faoliyatini boshqarish tamoyillari
Sug'urta faoliyati hamma mamlakatlarda ham davlat nazorati ostidagi 
faoliyatlardan biridir. Bu holat jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy havotida sug'urtaning 
naqadar ahamiyatli ekanligini bildiradi. Sug'urtaning rivojlanishida davlatning bu 
sohaga amal qilishini kuzatib turishida to'g'ridan-to'g'ri qatnashishini taqozo qilishi 
jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi.
Bu manfaat ikki holatda ko'rinadi. Birinchidan. sug'urta zararlarini qoplash va 
investitsion resurslami to'ldirish bilan xalq xo'jaligining muhim vazifalarini bajaradi. 
Ikkinchidan, sug'urta qildiruvchilar o 'z mablag'larini sug'urta kompanivalariga 
ishonib topshirish bilan sug'urtachilami zarar sodir bo'lganda aniq yordamga yetib 
kelishlariga ishonishadi va himoyaga muhtoj bo'ladilar.
Shuning uchun har bir mamlakatda sug'urta kompaniyalarini nazorat qilish 
to'g'risidagi qonunchilik bazasi mavjud va shu orqali nazorat tizimi poydevori 
quriladi.
Sug'urta munosabatlarini boshqarish jarayoni o 'z ichiga:
- sug'urta faoliyatini amal qilishini me’yoriy-huquqiy bazasini ta'minlash: 
-sug'urta bozorining professional ishtirokchilarini tanlash;
—sug'urta munosabatlarining barcha ishtirokchilari qonunchilik talablarini to'g'ri 
bajarishlarini ustidan nazorat qilish;
-mulkiy manfaatlaming sug'urta himovasi tizimini rivojlanishida davlatning 
ishtirokini ta'minlash;
-sug'urta faoliyati ustidan davlat nazoratini olib borish kabilami qamrab oladi.
Sug'urta qonunchiligi talablariga rioya qilinishi, sug'urta qildiruvchilaming. 
manfaatdor shaxslar va davlatning qonuniv manfaatlarini himova qilinishi, sug'urta 
ishini samarali rivojlanishi maqsadida sug'urta faoliyati ustidan davlat nazorati 
qonuniylik, oshkoralik, tashkiliy birlik tamoyillari asosida olib boriladi.
Fojeali zararlar ehtimolini qisqartirish va sug'urta tashkilotlari o'rtasida 
taqsimlash — o'tish davri iqtisodiyotining asosiy shartlaridan bin hisoblanadi. Shuning 
uchun O'zbekiston hukumati sug'urta sohasini rivojlanishiga katta ahamiyat 
bermoqda. Davlat dasturlarida sug'urta sohasini moliya sohasining yordamchi 
yo'nalishi deb hisobga olinishiga chek qo'yilib, iqtisodiyotning rivojlanishida muhim 
yo'nalishlardan biriga aylandi.
Yangi institutsional tuzilmalaming amaldagi ijtimoiy muhitga ko'nikishi, aholi 
ongida eski iqtisodiy tizim "sarqitlarining"' saqlanib qolganligi bilan bog'liq
69


ziddiyatlaming alohida to'plamiga ega iqtisodiyotdir. Davlat bunday sharoitda alohida 
ijtimoiy rolni bajaradi.
U xalq xo'jaligi tizimining barcha sektorlarining xo'jalik yuritish sharoitlarini 
tubdan o‘zgartirish tashabbuskori va ijtimoiy barqarorlik kafolatiga aylanadi. Bunday 
sharoitda davlat boshqaruvi ta'sir etishning jamiyat ijtimoiv-iqtisodiy sohasini isloh 
qilish modeliga asoslangan boshqa usullari va vositalariga tayana boshlaydi.
O’zbekiston sug'urta bozorining taniqli olim-tahlilchisi S.A.Umarovning 
ta'kidlashicha «Davlat boshqaruvi davlatning tarkibiy o'zgarishlar asosi bo'lib xizmat 
qiladigan investitsiya faoliyatida ham. yangi bozorlaming paydo boiishida ham o'z 
ifodasini topadi. Xususan, O'zbekistonda sug'urta faoliyati davlatning to'g'ridan- 
to'g'ri ishtirokida shakliangan. Mamlakatning yirik sug‘urta kompaniyalari davlat 
mablagiari asosida tashkil qilingan»5".
Sug'urta bozorini rivojlantirish iqtisodiyotni modcmizatsiya qilish jarayonining 
ajralmas qismi bo'lib qolmoqda. U ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish maqsadida yangi iqtisodiy institutlar va xo'jalik yuritish sharoitlarini 
yaratishda davlatning yyetakchi rolini nazarda tutuvchi tub o'zgarishlaming milliy 
modeliga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlaming barcha bosqichlarida davlat darajasida 
sug'urta xizmatlari bozorining shakllanishi ijtimoiy barqarorlashtirish. biznes 
infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish chora-tadbirlarining tarkibiy qismi sifatida 
ko'rib chiqildi, u quvidagi yo'nalishlarda amalga oshirildi: sug'urtalovchilar va 
sug'urta qildiruvchilar mulkini huquqiy tamiinlash va sug'urta xizmatlari bozorini 
faoliyat ko'rsatishi, sug'urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish mexanizmlarini 
o'z ichiga oluvchi rivojlangan jahon bozori tizimiga mos keluvchi yangi sug'urta 
institutlarining shakllanishini nazarda tutuvchi o'ziga xos yangi milliy sug'urta tizimi 
yaratildi.
Davlat tomonidan tartibga solish sohasida sug'urta qildiruvchilar huquqlari. 
sug'urta kompaniyalari tomonidan o'z majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash 
mexanizmlarining yaratilishiga alohida ahamiyat berildi:
-davlatning to'g'ridan to'g'ri ishtiroki va ko'magida rivojlanayotgan xususiy 
biznes va aliolining qaltisliklarini o'z bo'yniga olishga qodir bo'lgan yangi sug'urta 
kompaniyalari shakllandi;
-yangi xususiy sug'urta tashkilotlarining rivojlanishi va hududiy filiallar 
tarmog'ini tashkil etilishi rag'batlantirildi;
-aholining yangi sug'urtalovchilar va sug'urta xizmatlariga bo'lgan ishonchini 
oshirish, sug'urta madaniyatini oshirish chora-tadbirlari ko'rildi.
Davlat sug'urta bozorida davlat sug'urta kompaniyalari orqali va sug'urta 
faoliyatini turli qonun va me’yoriy hujjatlar orqali tartibga solish yo'li bilan 
qatnashadi.
Chet mamlakatlar sug'urta bozoridagi ildam o'zgarishlar o'sha davlatlaming sug'urta 
qonunchiligini puxta tayyorlanganligini va amaliyotda qo'llanilishi uchun barcha 
sharoitlar yaratilganligini ko'rsatadi. Qonunlar va qonun osti hujjatlar sug'urta 
sohasining rivojlanishini asosiy omilidir. 5
2
52 Umarov S.A. O'zbekistonda sug'urta faoliyati rivojlanishini. - T.: Fan, 2009. - 33-b.
7 0


Jamiyatda fuqarolar va ulaming jamoasi o 'z faoliyatlari jaravonida bir-birlari 
bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo'ladilar. Ushbu munosabatlami bir qolipga 
solish uchun ulami tarlibga keltirish ya'ni fuqarolar va tashkilotlaming xatti-harakati 
doirasini belgilash zarur. Sug‘urta ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyat sifatida huquqiy 
tomondan mustahkainlanishni talab etadi. Sug'urta fondini tashkil etish va undan 
foydalanish jaravonida pavdo boiadigan munosabatlar davlat tomonidan huquqiy 
tartibga solinadi.
Sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni shartli ravishda 3 ga 
bo'lishi mumkin. Ular quyidagilar: maxsus nazorat organi. soliq va majburiy 
sug'urtani joriy qilish.
Sug'urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda. xususan, 
maxsus qonunlar qabul qilish. soliqqa tortish, allohida hukumat qarorlari bilan 
majburiy sug'urtalashni joriy qilish va vakolatli sug'urta nazorati xizmatini tashkil 
etish y o ii bilan amalga oshiriladi. Sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga 
solishni shakllari va maqsadlari 8.1-jadvalda keltirilgan.
7.1-jad\'al

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə