0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


O'zbekistonda sug'urta bozori infratuzilmasi faoliyatining



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

8.3. O'zbekistonda sug'urta bozori infratuzilmasi faoliyatining
tashkiliy-iqtisodiy asoslari
O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlabki bosqichida barqaror 
iqtisodiyotni shakllantirish uchun faqat ishlab chiqarish korxonalari sonini 
ko'paytirish, yangi firma va kompaniyalar tashkil etish, mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini oshirishning o'zi kifoya qilmaydi. Ishlab chiqarilgan mahsulot yoki 
xizmatning iste'molchiga yetib borishida muhim o'rin tutuvchi bo'g'in -
infratuzilmaning har tomonlama rivojlanishiga yerishish taqozo etiladi.
0 ‘zbekiston sug'urta bozori infratuzilmasining bugungi holati va uning asoslari 
haqida so'z yuritadigan bo'lsak. albatta uning huquqiy negiziga, sug'urta 
munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga murojaat qilishimiz 
o'rinlidir.
Milliy sug'urta bozorimizda sug'urta bozori infratuzilmasi shakllanishi 1993 vil 
6 mayda qabul qilingan (bugungi kunda o'z kuchini yo'qotgan) “Sug'urta 
to‘g‘risida”gi qonunning “Sug'urta vakillari va sug'urta brokerlari" deb nomlangan 7-
's David Bland Insurance: practice and principles.yneo.nocooHe/nep. c aura. M: Finance and Statistics. 1998. 
"6T}-p6HHa K.E. Teoprra H npaKinKa 
CTpaxOBaHHH. 
Ilo a pea. TypoimoH K.E. YneoHoe noco6ne. M.: .'Vmcna, 2003
C. 173-182.
86


moddasi bilan ilk bor sug'urta bozori infratuzilmasini tashkil etuvchi ayrim subyektlar 
(sug'urta agenti va sug‘urta brokeri)ning huquqiy asosi o‘z aksini topdi7'.
8.4-rasm. 
O'zbekiston sug‘urta bozori infratuzilmasi faoliyatini
xuquqiy asoslari 8
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi 
"Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g'risida"gi PQ 618-sonli qarori O'zbekiston sug'urta bozori infratuzilmasining 
asosi desak hech mubolag'a bo'lmaydi.
Chunki mazkur qaror bilan "Sug'urta bozorining professional qatnashchilari 
to'g'risida’' nizom tasdiqlanib, sug'urta vositachilari (sug'urta agenti, sug'urta hamda 
qayta sug'urta brokeri), adjaster. aktuariy. asistans va sug'urta syurveyeri kabi 
sug'urta bozori infratuzilmasini tashkil etuvchi subyektlaming huquqiy asoslari 
yaratildi va O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi "Sug'urta 
faoliyati 
to‘g'risida'!gi 
O'zbekiston 
Respublikasi 
qonuniga 
o'zgartirish 
va 
qo'shimchalar kiritish haqida'gi qonuni bilan mustahkamlandi.
Yuqoridagi m e’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq sug'urtalovchining nomidan 
va topshirig'iga binoan sug'urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil 
qilish bo'yicha faolivat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug'urta agenti ya'ni 
sug'urta vositachisi hisoblanadi.
O'zbekistonda sug'urta agenti faoliyati "Sug'urta faoliyati to‘g‘risida”gi 
qonunning 9, 9-1 - moddalari, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 46- 
bobi, “Sug'urta bozorining professional qatnashchilari to‘g ‘risida’, nizom va 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil 28 yanvardagi 19-sonli 
buvrug'i bilan tasdiqlangan “Sug'urta agentlari to 'g ‘risida”gi nizom bilan tartibga 
solinadi.79
Respublikamizda sug'urta agenti o 'z faoliyatini sug'urtalovchilar bilan tuzilgan 
topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida va faqat o'zi bilan topshiriq
^ O 'z b e k isto n Respublikasining 833-XlI-sonli 1993-yil 6-maydagi Sug'urta to 'g 'risid a g i qonuni. (M azkur qonun 
O 'zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining 2002-yil 5-apreldagi 359-1 I-sonli qarori bilan o 'z kuchini y o'qotgan) 
“N orm a" huquqiy bazasi. 
sM avjud m a’lum otlar asosida ishlab chiqilgan.
,9rionoHcn p ax o B L ix
areHTax.yTBepxv^eHO npnKa30M MHHHCTpa 4)HHaHC0B Pecm ’OJiHKH YsbeKHCTaH 
o t
28 
HHBapn 2003 r. N9 19, 3aperHcrrpHpoBaHO MiiHHCTepcTBOMiocTraiHH PecnyojiHKH YsSeiaicTaH 
o t
1 (jpeBpana 2003 r. 
PerHCTpamiOHHbiH Ns 1213. BiojmeTeHB HopMaTHBHbixaKTOB MHHHCTepcTB, rocynapcTBeHHLix 
k o m h tc to b
h
BenoMCTB PecnyojiHKH Y36eKiicTaH, 2003 r.. Ns 3; CoSparaie 3aKOHonaTe;n>CTBa Pecm'OJmKH Y36eKncTaH, 2007 r., 
Ns25-26, 
c t

272
87


shartnomasi tuzgan sug'urtalovchi reestriga kiritilganidan keyin o 'z faoliyatini amalga 
oshirishi mumkin. Qayd etilgan sug‘urta agentlari faoliyatini tartibga soluvchi 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq respublikamizda sug'urta agentlari shtat 
hodimlari sifatida (mehnat shartnomasiga asosan) faoliyat ko'rsatishlari mumkin 
emas.
Sug'urta agentlariga ma’lum cheklovlar ya’ni, sug‘urta agentining tegishli 
turdagi 
sug'urtani 
amalga 
oshirish 
uchun 
litsenziyaga 
ega 
bo'lmagan 
sug‘urtalovchilar nomidan sug'urta shartnomalari tuzishiga yo‘1 qo'yilmasligi va 
jismoniy shaxs bo'lgan sug'urta agentlari o'zlarining nomiga. to‘lovlar naqd pullar 
bilan amalga oshirilganida esa yaqin qarindoshlari (otasi. onasi. xotini, eri. o'g 'li. qizi, 
opa-singillari va aka-ukalari) nomiga sug'urta shartnomalari bo'yicha hujjatlar 
yozishga, shuningdek o‘z foydasiga sug'urta shartnomalari tuzishga va bunda mazkur 
sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta agenti sifatida ish ko'rishga haqli emasliklari 
belgilab qo'yilgan. Qolaversa, respublikamizda, sug'urta agentlari faoliyatini tartibga 
soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq sug'urta agentlari faoliyati ustidan 
nazorat asosan sug'urta kompaniyalari (sug'urtalovchilar) zimmasida ekanligini 
yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Sug'urtalovchilar o'zlarining sug'urta agentlarini o'qitish va ulami malakasini 
oshirish ishlari bilan sug'urta kompaniyasi doirasida mustaqil shug'ullanadilar. 
Sug'urta brokerlaridan farqli ravishda sug'urta agentlariga milliy qonunchiligimizda 
xech qandav malaka talablari belgilanmagan.
Sug'urta agentlari sug'urta xizmati xususiyatlaridan uncha xabardor bo'lmaydi. 
chunki u qanday sug'urta xizmati bo'lishidan qat’iyy nazar sug'urta xi/.matlari 
sotilishidan manfaatdordir.
Lekin sug'urta agentidan farqli ravishda sug'urta qildiruvchining nomidan va 
topshirig'iga binoan sug'urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish 
bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs-sug'urta brokeri, o'zining 
mijoziga sifatli va arzon sug'urta xizmati topib berishidan manfaatdor bo'ladi.
Chunki uning zimmasida tuzgan sug'urta shartnomasi bo'yicha javobgarligi 
mavjud bo'ladi. Respublikamizda sug'urta va qayta sug'urta brokeri faoliyati 
“Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi qonunning 7, 8, 8-1, - moddalari va O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli ''Sug'urta 
xizmatlari bozorini yanada rivojlantish chora-tadbirlari to‘g ‘risida'’gi qarori bilan 
tasdiqlangan "Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyatini 
litsenziyalash to'g‘risida”gi nizom va O'zbekiston respublikasi Moliya vazirligining 
2008 yil 11 iyundagi 61-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan “Sug'urtalovchining 
(sug'urta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qo'yiladigan malaka talablari 
to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.80 Sug'urta brokeri ham sug'urta agenti 
kabi sug'urta vositachisi hisoblansada sug'urta agentidan farqli ravishda faqat yuridik 
shaxs sifatida tashkil etilishi mumkin.
Avnan “Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyatini 
litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq sug'urta brokerlarining faoliyati 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan litsenziyalashtiriladi. Sug'urta
“ O'zbekiston Respublikasi qonuni. “Sug'urta faoliyati to ‘g‘risida”gi qonuni. O'zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlan to'plami, T., 2002. 4-5-son, 68-modda. “Norma” huquqiy bazasi.
88


brokerlari o’zlari bilan sug’urta qildiruvchi o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida 
xizmatlar ko‘rsatadilar. Shuningdek, sug‘urta brokerligi tashkiloti rahbarligiga yoki 
bosh hisobchiligiga bo'lgan nomzod O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
2008 yil 11 iyundagi buyrug’i bilan tasdiqlangan ’’Sug’urtalovchining (sug’urta 
brokcrining) rahbariga va bosh hisobchisiga qo’yiladigan malaka talablari 
to‘g ‘risida”gi nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirdagina shu 
lavozimga tayinlanishi yoxud savlanishi mumkin.
Qavta sug’urta brokeri o‘z nomidan va qavta sug’urta qilish shartnomasi 
bo’vicha sug’urta qildiruvchi 
tariqasida ishtirok etuvchi sug’urtalovchining 
topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini 
tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Ya'ni qayta 
sug’urta brokeri bu ikkita sug’urtalovchi o ’rtasidagi vositachi hisoblandi.
Sug’urta va qayta sug'urta brokerlari sug’urta agentlari kabi ko’rsatgan 
xizmatlariga vositachilik taqdirlash puli shaklida haq oladilar va uning miqdori 
shartnomada belgilanadi. Bugungi kunda O ’zbekistonda mavjud bo’lgan sug’urta 
brokerlari asosan qayta sug’urtalash shartnomalari bilan shug’ullanib kelishntoqda. 
Ulaming faoliyatlari sug’urta bozorida uncha sezilarli emas.
O ’zbekiston 
sug’urta bozori 
inffatuzilmasini 
tashkil etuvchi 
sug’urta 
bozorining yana bir professional ishtirokchisi bu adjaster. O'zbekiston Respublikasida 
adjaster faolivati "Sug’urta faoliyati to‘g ’risida”gi qonunning 9-2. 9-3. - moddalari va 
“Sug’urta bozorining professional qatnashchilari to’g ’risida" nizom bilan tartibga 
solinadi. Adjaster o’z faoliyatini sug’urtalovchi (sug’urta qildiruvchi) bilan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Adjaster sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish operatsiyalari 
o ’tkazishga. 
sug’urta 
bo’yicha 
vositachilik 
faoliyatini 
amalga 
oshirishga. 
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas. Uning xizmati 
ko’rsatish 
natijalari 
hisobot 
tarzida 
rasmiylashtirilib, 
undan 
sug’urtalovchi 
zararlarning o'rnini qoplash va nizolami hal qilish chog’ida foydalanadi.
T a?kidlash muhimki. bugungi kunda O'zbekiston sug’urta bozorida yuridik 
shaxs bo’lgan adjasterlar mavjud kamligi holati, mavjud sug’urta kompaniyalarida bu 
vazifalarni bajarayotgan rnaMum xodimlar mustaqil yuridik shaxs tarzida ajralgani 
yo’q. Lekin bu jarayon majburiy sug’urta turlari rivojlanishi bilan yuz berishi 
ehtimoldan holi emas.
Akturaiy faoliyati “Sug’urta faoliyati to’g ’risida'gi qonunning 9-4, 9-5 -
moddalari va O ’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2007 yil 6 sentyabrdagi 
82-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi 
to’g ’risida” nizom bilan tartibga solinadi.81
Aktuariy sug’urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq faqat aktuar 
xizmatlari ko’rsatadi. Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo’lsa yoki 
aktuar tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilgan taqdirda, 
aktuar xizmatlari ko’rsatishga jalb etilishi mumkin.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko’rsatganlik, tijorat yoki boshqa simi 
oshkor qilganlik va aktuar tashkilot zarar ko’rishiga olib kelgan o’zga xatti-harakatlar
810 ‘zbekiston Respublikasi qonum. “Sugliirta faoliyati to ‘g ‘risida”gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to ’plami, T., 2002. 4-5-son, 68-modda. “N o rm a'’ huquqiy bazasi.
89


natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar bo'ladi. Aktuar 
xizmatlari ko‘rsatish uchun aktuariv m&xsus vakolatli davlat organi bclgilagan tatibda 
aktuariy malaka sertiflkatini olishi shart. Yuridik shaxs bo'lgtui aktuariv o'z shtatida 
aktuariv malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bitta aktuariyga ega boiishi kcrak.
Bugungi kunda aktuar xizmatlari aksariyat sug'urta kompaniyalarda 
0
‘zlarining 
aktuar bilim talablariga javob bermaydigan xodimlari 
tomonidan 
amalga 
oshirilavotganligi sug'urta bozorida aktuariylar yetishmasligidan dalolatdir. Chunki, 
bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2007 yil 6 
sentyabrdagi 82-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ‘'Aktuariy malaka sertillkatini 
berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom82 asosida aktuariy malaka sertifikatiga ega bo'lgan 
faqat ikkita aktuariy mavjud83.
Sug'urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug'urta obyektini ko'zdan kechirish va 
tekshirish. barcha faktlami va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik 
darajasini aniqlash hamda tekshirilayotgan sug'urta obyekti bo'yicha xulosa tuzish 
bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi, o'z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo'lgan 
yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo'lgan jismoniy shaxs 
sug'urta syurveyeridir. Sug'urta syurveyeri faolivati "Sug'urta faoliyati to‘g‘risida''gi 
qonunning 9-6, 9-7 - moddalari va “Sug'urta bozorining professional qatnashchilari 
to'g'risida” nizom bilan tartibga solinadi.
Sug'urta ekspertizasini o'tkazishga vakolatli mutaxassislaming (ekspertlarning) 
ish tartibi sug'urta syurveyeri tomonidan beigilanadi. Sug'urta syurveyeri o'z 
faoliyatini sug'urtalovchi (sug'urta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 
amalga oshiradi. Sug'urta syurveyeri ishining natijalari bo'yicha hisobot taqdim etadi, 
sug'urtalovchi (sug'urta qildiruvchi) bu hisobotdan sug'urta (qayta sug'urta qilish) 
shartnomasi tuzish chog'ida foydalanishi mumkin.
O'zbekiston sug'urta bozorida sug'urta syurveyeri vazifalari adjasterlar 
vazifalari bajarilishi kabi sug'urta kompaniyalarining professional bilim va malakaga 
ega bo'lmagan xodimlari tomonidan bajarilmoqda. Respublikamizda aniq bir yuridik 
shaxs sifatida tashkil etilgan sug'urta syurveyerlik tashkiloti mavjud emas. Albatta, bu 
sug'urta bozori rivojlanishi va sug'urta kompaniyalari tomonidan sug'urta risklarini 
qabul qilishda salbiy holatlardan biridir.
Bugungi kunda O'zbekiston sug'urta bozorida adjasterlik, syurveycrlik va 
aktuariy tashkilotlaridan farqli ravishda assistans xizmatlari ko'rsatilishi nisbatan 
rivojlangan. Assistans sug'urta qiidiruvchilarga (sug'urtalangan shaxslarga. naf 
oluvchilarga) hamda sug'urtalovchilarga sug'urta shartnomasi doirasida assistans 
xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek ularga 
moliyaviy ko'mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Assistans faoliyati 
“Sug'urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 9-8, 9-9 — moddalari, “Sug'urta 
bozorining professional qatnashchilari to'g'risida” nizom va qanday assistans 
xizmatlari ko'rsatishiga qarab boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi. *
8
8
82 " 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami", 2007-yil, 41-42-son, 423-modda.
8jAicryapnH 
jih
6
o
npas, 
jth
6
o
mo
>
kct
bto
_aofca3aTb. EH3Hec-BecTHHK BOCTOKa. 
Renonax
ra3eTa. 2008 
hhji
4 Hoa6pi>
88 (I093)-
coh
. 8-6eT.
90


Assistans o'z faolivatini sug'urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 
amalga oshiradi. Assistans xizmatlariga sug'urta qildimvchilar (sug'urtalangan 
shaxslar) ishtirokisiz faqat sug'urtalovchilar tomonidan haq to'lanadi.
Yuqorida sanab o'tilgan yuridik shaxs bo'lgan sug'urta bozori infratuzilmasi 
subyektlari qonunchilik asosida har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi 
mumkin. Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlari O'zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida davlat ro'yxatidan o'tsalar, sug'urta bozorining boshqa professional 
ishtirokchilarini davlat ro'yxatidan o'tkazish esa. qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi (joylardagi hokimiyatlardan tadbirkorlik subyektlari sifatida 
va h.k.).
Ko'rinib turibdiki, O'zbekiston sug'urta bozorida kechikuvchi (bunda 
infratuzilma. uning xizmatlaridan foydalanuvchi faoliyat talablarini qondirishga 
ulgurmaydi) infratuzilma xarakterlanadi. Bu holat ayrim obyektiv sabablar, ya'ni 
sug'urta bozori infratuzilmasini huquqiy asoslari endi yaratilganligi bilan. qolaversa, 
ushbu faoliyat bilan shug'ullanuvchi mutaxassislami bilim va tajribalari yetishmasligi 
bilan izohlash mumkin.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə