0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-MAVZU. SUG'URTA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

7-MAVZU.
SUG'URTA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA
SOLISH MEXANIZMLARI
7.1. Sug'urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning 
umuniiy tavsifi va asoslari.
Sug'urta tizimining joriy etilishi ishlab chiqarish sektoridagi sug'urtaning 
barcha turlarini ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lgan barqaror sug'urta industriyasini 
rivojlantirish markazlashgan rejali iqtisodiyotdan tranzit iqtisodiyotga muvaffaqiyatli 
o'tishidagi asosiv jihatlardan biridir.
Albatta har qanday o'zgartirishlarda ham ma'lum jihatli noaniqliklar bo'ladi, 
ayniqsa iqtisodiy siyosiy va ijtimoiy o'zgartirishlardagi juz'iy ehtiyotsizliklar 
kattadan-katta salbiy oqibatlami keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham bu 
ko'rsatmalar orqali yuzaga keladigan noaniqlik va mavhumlikning o'sib borishi esa 
iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi. Albatta sug'urta noaniqliklardan butunlay 
xalos bo'la olmavdi, ammo u ma'lum ma’noda xususiy korxonalaming ham, 
shuningdek oddiy fuqarolaming ham moliyaviy xavfsizligini ta'minlashga xizmat 
qilishi mumkin.
Sug'urta - ishlab chiqaruvchi kompaniya egalarini ortiqcha tashvishlardan 
xalos etib. ulaming asosiv c'tiborini ishlab chiqarish tavakkalchiligaga qaratish uchun 
imkoniyat ytiratadi. Shuningdek sug'urta yangi. yuqori ishlab chiqarish quv'vatlariga 
ega bo'lgan korxonalarni tuzish jarayonini moliyaviy ta'minlashda, qolaversa butun 
iqtisodiy rivojlanish davrida muhim aliamivat kasb etuvchi omil sifatida hamda uzoq 
muddatli korxonalarni har xil hodisalardan himoya qilishda o'z xizmatini ko'rsatadi.
Ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz sug'urta tizimida jiddiv 
o'zgarishlar ro'y berdi. Bu tarmoqni izchil taraqqiy ettirish hukumatning doimo diqqat 
e’tiborida bo'lib keldi.
Sug'urta kompaniyalarining faoliyati boshqa turdagi xo'jalik subyektlari 
faoliyatidan keskin farq qiladi. Chunki, ular ishlab chiqarish uzluksizligini 
ta’minlashda va sug'urta hodisalari ro'y berganda yetkazilgan zarami qoplash uchun 
xizmat qiladilar. Bu holat, sug'urtalovchilar zimmasiga alohida mas'uliyat yuklavdi 
va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog'i zarurdir. Sug'urta 
faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda 3 ga bo'lishi mumkin. 
Ular quyidagilar: maxsus nazorat organi, soliq va majburiy sug'urtani joriy qilish.
Sug'urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, 
maxsus qonunlar qabul qilish, soliqqa tortish, allohida hukumat qarorlari bilan 
majburiy sug'urtalashni joriy qilish va vakolatli sug'urta nazorati xizmatini tashkil 
etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Bozor tizimi mexanizmi yaxshi yo'lga qo'yilgan va o'z-o'zidan tartibga 
soluvchi yashirin imkoniyatlarga ega bo'lishiga qaramay, tez-tez hamda muntazam 
ravishda izdan chiqib turadi. Ba'zan bu izdan chiqishlar shunday ko'lamda ro'y 
beradiki, oqibatda iqtisodiyot barqaror muvozanat holatiga kelishi uchun ko'p vaqt 
talab qilinadi.
63


Bozor tizimida sug'urta faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi va 
davlatning o'mi ijobiy natija beradi. Vaholanki iqtisodiyotga davlatning aralashuvi 
zarurligini XVIII asrdayoq markantilistlar isbotlab bcrishgan cdi. Baxslashayotgan 
tomonlardan biri sug‘urta faoliyati tizimi o'zini-o'zi boshqarish va tartibga solish 
mumkinligini isbotlashga jon-jahdi bilan urinib, davlat statistika va nazoratchi 
vazifasini o'tashi lozim deydi.
Boshqa tomon esa tamoman buning aksini isbotlashdan charchashmayapti. 
Ulaming fikricha, bozor tizimida sug'urta faoliyatini, o‘zini-o‘zi tartibga solish 
qobilyati shunchalik pastki, u butun iqtisodiyot va uning ayirim tarmoqlari tang 
holatga tushmasdan tiklanib olishini ta'minlay olmas va iqtisodiy taraqqiyot darajalari 
tuzilma jihatdan baravar boiishini kafolatlay olmasligi mumkin.
Sug'urtaning o‘zini-o‘zi boshqara olmasligini isbotlashga uringan iqtisodiy 
tafakkurdagi ikkinchi oqim XX asrda yuzaga keldi. Bu paytga kelib kapitalistik bozor 
tizimi qariyib 400 yildan beri rivojlanib kelayotgan cdi. Lekin ayni chog'da uning 
kamchilik va nuqsonlari ham namoyon bo‘lgan edi. Tarixning o‘tish va keskin 
burilish darajasida davlatning ahamiyati ayniqsa katta boiadi. Bunda asosan bir 
iqtisodiy tizimdan boshqasiga ortish va jahon moliyaviy inqirozi davrlari nazarda 
tutilmoqda.
Aytib o'tish joizki sanoati rivojlangan mamlakatning sug'urta tizimi ko'plab 
ishlab chiqarilgan normativ hujjatlaming yetarliligi, sug‘urtalanuvchi gumhlaming 
ehtiyojlarini qanoatlantirilishiga aniq qaratilganligi bilan ajralib turadi. Unga bir 
tomondan sug'urtalanuvchilaming eng murakkab talablariga javob bcra oladigan. 
moslashgan va ishlab chiqarilgan sug‘urta qoidalari. yo'riqnomalari xosdir.
Ikkinchi tomondan esa u jamiyat oldida yuzaga kelayotgan nihoyatda ntuhim 
muammolami ba’zi hollarda hal eta olmavdi. Bundan tashqari, sug'urtaning quyida 
keltirilgan muammolarini hal qila olmasligi sug'urta faoliyatining davlat tomonidan 
tartibga solinishi zarurligini tabiiy ravishda shart qilib qo‘yadi.
1. Sug‘urta taraqqiyoti ko‘lamini keskin rivojlanib borishi xalqaro iqtisodiy 
aloqalami mustahkamlaydi. Sug'urta taraqqiyoti shunchalik ko‘p qirrali va shundav 
muammolami o‘z ichiga oladiki hatto eng yirik ayrim kompaniyalar ham ulami 
uddalay olmaydi. Sug'urta faoliyatini siyosiy moliyaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan 
nazorat qilish mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega.
2. Sug‘urta sohasining rivojlanishi, o'z mohiyatiga ko‘ra raqobatli 
iqtisodiyotning boiishini inkor etadigan monpolivalar, ulkan kompaniyalar vujudga 
kelishiga olib keladi. Vaholanki. ulami ana shu iqtisodiyot dunyoga keltirgan.
3. Bozor iqtisodiyotining siklik rivojlanishi vaqt-vaqti bilan ijtimoiy va 
iqtisodiy tanglik oqibatida har xil o‘zgarishlar boiishiga olib keladi. Faqat davlatgina 
oVining 
siyosiy, 
iqtisodiy, 
qonuniy 
mexanizmlari 
orqali 
muvozanatni 
barqarorlashtirishi yoki muvozanatning tiklanishiga yordam berishi mumkin.
4. Davlat o‘zini nazarga olishga majbur qila olsagina, hech kimga va hech 
nimaga bog'liq bo'lmagan iqtisodiy qudratga, aniqroq aytganda mulkka ega 
boMsagina ichki hamda tashqi siyosatni samarali olib borishi mumkin. Davlat ushbu 
qudrat asosida o'zining sug‘urta faoliyati nazoratini ishlab chiqarishini tashkil etadiki, 

boshqa 
ishlab 
chiqarishlardan 
yirikroq, 
turg'unroq, 
baquwatroq 
va 
moslashuvchanroq bo'ladi. Binobarin, unda mulkchilikning boshqa shakllaridagi
64


korxonalar bilan nafaqat davlat byudjeti yo'lida. balki iqtisodiy faoliyat subyektlari 
darajasida ham munosabatlar avj oladi.
5. Ho/.irgi zamon sug'urta faoliyatida rivojlanish ko'lami kattalashibgina 
qolmasdan, uning salbiy oqibatlari ham namoyon bo'ladi. ya’ni sug'urtalovchi 
tomonidan sug'urtalanuvchiga ko'rsatilgan xizmatlari yuzasidan har xil xatoliklarga 
y o ‘1 qo'yilishiga olib kelmoqda. Umuman olganda bu kamchiliklami oldini olish 
chora-tadbirlari albatta davlat tomonidan nazorat qilinishi lozim.
6. Davlat o ’zining ijtimoiy sivosati bilan ham. iqtisodiyoti bilan ham kuchlidir. 
U moddiy boyliklaming taqsimlanishi va ayniqsa qayta taqsimlashni tartibga soladi, 
fuqarolaming qonun oldidagi tengligini. shaxsiy hamda iqtisodiy erkinligini 
ta'minlaydi. taxqirlash. kamsitish, haq-huquqini cheklab qo‘yishning barcha 
ko'rinishlariga qarshi kurashadi va hokazo.
Davlat zimmasiga bozorda faoliyat ko'rsatadigan sug'urtalovchilar va 
sug'urtalanuvchilar huquqlarini ntuhofaza qilishdek jiddiy vazifa yuklanadi. Bozor 
munosabatlariga asoslangan, kattagina tanlash erkinligini taklif etgan sanoatli 
jamiyatni huquqiy tizimsiz. qonun ustuvorligisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. deb 
ta'kidlaydi taniqli ingliz sotsiologi Karll Popper. Subyektlar iqtisodiy faoliyatlarini 
yaxshi amalga oshirishlari uchun qonun bilan himoyalangan bo'lishlari zarur.
Sug'urta bozori tashqi ta'sirsiz, o‘z-o'zidan yuzaga kelishiga qaramay, jamiyat 
oldida turgan iqtisodiy vazifalami hal etishga qodir boigan mexanizmdir. Biroq bu 
hoi davlat o'ynashi lozim bo'lgan rolni inkor etmaydi. Jamiyat iqtisodiy tuzilishining 
eng mukantmal ko'rinishi turli muammolami hal qilish uchun davlat tomonidan 
tartibga solish mexanizmidan foydalanishni nazarda tutadi.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə