0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

74


8-MAVZU.
SUG‘URTA INFRATUZILMASI VA UNING SUBYEKTLARI
8.1. Sug‘urta bozori infratuzilmasining mazmuni
vaelementlarining asosiv belgilari
Mamlakat iqtisodiyoti uchun sug'urta tizimi muhim va noyob tarkibiy qism 
bo‘Iib, hukumatimiz tomonidan soha rivojiga qaratilayotgan alohida e'tibor natijasida 
mamlakatimiz sug‘urta bozori jadal rivojlanayapti.
O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan qator vazifalami 
muvaffaqiyatli amalga oshirishda iqtisodiv faoliyatning o'zaro uyg'un dastaklari 
majmui - bozor institutlarini, jumladan, bank va sug'urta sohalarini rivojlantirish va 
takomillashtirishga ustuvorlik berish muhim omillardan biri hisoblanadi.
Sug'urta bozori ishtirokchilari faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar 
yaratilib, qator qonunlar hamda m e’voriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingani ulaming 
huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim omil bo'lmoqda. Mamlakatimizda 
sug'urta bozori rivojlanishini hukumatimiz tomonidan qo'Ilab-quwatlanishi natijasida 
yuridik va jismoniy shaxslarga sug'urta xizmatlarini ko'rsatish ko'lami kengayib, sifat 
ko'rsatkichlarida ijobiy o'zgarishlar yuz berayapti.
Har qanday bozorda bo'lgani kabi sug'urta bozorida ham. sug'urta xizmatlari 
sifat jihatidan mukammalligini hamda narh jihatidan hammabop va hamyon 
ko'taradigan bo'lishini ta’minlovchi - raqobatdir. O'zbekiston sug'urta bozoridagi 
raqobat muhiti aksariyat, ma’lum darajada sug'urta bozori inffatuzilmasi subyektlari 
tomonidan shakllantiriladi.
Qolaversa, sug'urta bozori infratuzilmasi sug'urta bozorini tashkil etishda 
muhim tarkibiy element hisoblanib, sug'urta ishida unumli faoliyat ko'rsatib, uning 
ishlab turishi uchun yordam berib turishini ta’minlovchi va shu sohaga xizmat 
ko'rsatuvchi faoliyat turlari majmuidir.
Infratuzilma ma’nosi lotincha "infra" — ost, tag va “structura" — tuzilish. 
struktura, so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, o'zaro jovlashuv, tuzilish mazmunini 
anglatadi. Umumilmiy lug'atlarda ushbu tushunchaga bir nechta izoh va sharhlar 
mavjud (bu "asosiv ishlab chiqarish va aholiga xizmat qiluvchi iqtisod sohalarining 
majmui", ''m a’lum sohaga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
sohalari kompleksi” va boshqalar)55 5
6
.
Infratuzilma deganda ta’minlovchi va xizmat ko'rsatuvchi tizim degan ma’noni 
anglash muhimdir. Chunki infratuzilma har hil faoliyatlami amalga oshishi uchun 
zarur shart sharoit yaratib, amalda bo'lishini ta’minlavdi. Ayrim olimlar 
infratuzilmani qishloq xo'jaligi yoxud sanoat korxonalari ishlashi uchun zarur sharoit 
yaratadigan moddiv bovlik (obyektlar bino inshootlar, asbob-uskunalar) to'planishi 
deb ta’riflashadi36.
Bir tomondan, bu tushunchalar ma'nosiga ko'ra infratuzilmani ashyoviy 
xususiyatini ko'rsatib, uning tarkibini chegaralavdi. Chunki infratuzilma deganda
55 TeopFW ii npaKTHKa crpaxoBaHHx. Iloii peii. TypoHHOH K.E. VnedHoe nocoowe. - M.: A
hkhji
, 2003. C. 173.
56 E
jok
. il>K. SKOHOMHKa: TOJiKOBbrii cjioBapb: AHrjio-pyccKHH - M: HHOPA-M , 2010. C. 797.
75


ma'lum faoliyatga xizmat ko’rsatuvchi subyektlar va ulaming funksiyalari tizimini 
ham kiritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa tomondan bu tushunchalar negizida infratuzilma dcganda ma’lum 
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan rcsurslar dcgan ma'noni anglatadi. 
Infratuzilma - bu moddiv boyliklaming to’planishi cmas. balki shaxsning faoliyat 
doirasi, umumiy ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi ma'lum 
funksiyalami bajarilishini ta'minlovchi tashkilot va korxonalar, xizmat va tizimlar, 
soha va tarmoqlar majmui deb tushunish lozim37.
Iqtisodchilar tomonidan infratuzilmani ifodalovchi izoh va talqinlari xilma- 
xildir. Albatta, bu hoi ajablanarli emas. Chunki jamiyat rivojlanishi, moddiv va 
nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida ixtisoslashgan mehnat faoliyati doirasini ancha 
kengaytirdi. Iqtisodiy o’sishni tezlashtirish modellariga o‘tish sharoitida yangi 
texnologivalar yangi qarorlami talab qilganidek, ular tushunchalarining ham yangi 
bosqichi talab etiladi.
Infratuzilmaga berilgan mavjud izoh va talqinlarni tahlilidan kelib chiqib 
quyidagi talqinni qabul qilish mumkin: infratuzilma - asosiy faoliyatni rivojlanishi va 
faoliyati uchun sharoit yaratuvchi. ta’minlovchi. yordam bcruvchi xaraktcrga cga 
bo’lgan o‘zaro bog’liq tarkibiy qismlar va funksiyalar majmuidir. Ushbu tushuncha 
umumiy hisoblanib, aniq bir faoliyat doirasiga qaratilmagan va infratuzilma 
tushunchasini ma’lum bir soha yoki tarmoqqa bog'lamaydi.
Infratuzilmaning spetsifik. o'ziga xos xususiyatlari uni boshqa ti/.imlardan 
ajratish imkonini berishi, uning asosiy faoliyatga sharoit yaratuvchi, ta’minlovchi. 
yordam beruvchi xarakterga ega bo’lganligidir.
Infratuzilmani qaysi soha yoki tarmoq faoliyati uchun sharoit yaratishi va 
yordam berishiga hamda uning mazkur soha rivojlanishi darajasiga muvofiqligi 
jihatidan uch turga bo’lishimiz mumkin:
- ilgarilab boruvchi (bunda infratuzilma, uning xizmatlaridan foydalanuvchi 
faoliyatdan, oldinroq shakllanadi);
- bir vaqtdagi (bunda infratuzilma, uning xizmatlaridan foydalanuvchi faoliyat 
bilan birxil sur’atda shakllanadi);
- kechikuvchi (bunda infratuzilma, uning xizmatlaridan foydalanuvchi faoliyat 
talablarini qondirishga ulgurmaydi).
Hozirgi kunda mamlakatimizda infratuzilma rivojlanishining uchinchi turi 
xarakterlanadi. Bu holat avrim obyektiv sabablar va eng awalo eski infratuzilmalar 
yangi bozor munosabatlariga mos kelmasligi, yangilari esa endi shakllanib 
kelayotgani bilan izohlanadi. Infratuzilma vazifasining darajasiga qarab xalqaro
milliy, hududiy, tarmoq yoki ma’lum soha infratuzilmasi deb tasniflanishi mumkin. 
Infratuzilmaning turi va tarkibi xizmat ko’rsatiladigan tarmoq (soha)ning xususiyatlari 
bilan bog’liq bo’ladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasi-rivojlangan yoki rivojlanayotgan sug'urta 
bozorini tashkil etishda muhim tarkibiy elementdir. Aynan sifatli sug’urta xizmatlari 
ko’rsatilishi hamda sug’urtaning funksiyalarini muddatida, samarali va unumli 5
7
57 PtiHOK. EiBHec. Ko.MMepmw. 0
ko
H
omhko
T
ojikobhh
TepMHHOjiorTriecKHH CiiOBapb, 4-e H3A. /tonoaHcmioe 
h
nepepa6oTaHHoe_non oom. pen. 
a.
3.H., npocj) .ZlainKOBa. 
Jl.n. - M: 
PiHtJjopMaiiHOHHo-BHenpeHHecKHH ueHTp 
«MapKeTHHr». 2013.
76


bajarilishini ta’minlovchi, sug'urta bozori professional ishtirokchilari va boshqa soha 
mutaxasislari o'rtasidagi muomala va munosabatlar tizimi deya talqin qilinishi lozim. 
Sug'urta bozori infratuzilmasi tushunchasini izohlash uchun umumiy tushunchalardan 
shunisi ishlatiladiki, uning mazmunida “infratuzilma" deganda ''xo'jalik faoliyatining 
ma'luni sohasini unumli ishlab turishi uchun yordam beradigan faoliyat turlari 
tuzilishi” degan ma'no anglashiladi55.
Sug'urta xizmatlari istemolchilariga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan 
sug'urta kompaniyalarining faoliyati ma'lum jarayon, siklni taqozo etadi. U 
sug'urtalovchining xo'jalik yurituvchi subvekt sifatidagi umumiy xo'jalik faoliyatidan 
tashqari quyidagi bosqichlami o 'z ichiga oladi:
a) sug'urtaga qabul qilinishi mo'ljallangan qaltislik xaqida ma’lumot vig'ish, 
qaltislik darajasini baholash va boshqa, qaltislikni sug'urtaga qabul qilish bilan 
bog'liq qaror qabul qilish uchun tavyorgarlik ko'rish chora-tadbirlari;
b) sug'urta shartnomalarini tuzish;
v) sug'urta shartnomalariga hamrohlik qilish (o'zgartirish va qo'shimchalar 
kiritish, tugatish va h.k.),
g) sug'urta shartnomalari shartlarini bajarish. ijro etish — sug'urta shartnomasi 
shartlaridan kelib chiquvchi talablami tartibga solish. hal etish (sug'urta tovoni 
(puli)ni to'lash yoki rad etish bilan bog'liq jarayon).
8.1-rasm. 

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə