0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

Frontlashtiruvchi konipaniya 
- boshqa sug'urta kompanivasining iltimosiga 
ko'ra, o‘z nomidan sug'urta polisi beruvchi sug'urta kompanivasi. Frontlashtiruvchi 
sug'urta kompanivasi qabul qilib olingan riskni yuz foiz ntiqdorida iltimos qilgan 
sug'urta kompanivasi hisobiga o'tkazadi va buning uchun undan komission haq oladi. 
I lozirgi paytda, O'zbekistonda bir nechta frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat 
ko'rsatmoqda.
Scdent 
— riskni ikkilamchi jovlashtirishni amalga oshiruvchi. va'ni riskni qayta 
sug‘urtalash uchun beruvchi sug'urta kompaniyasi. Ikkilamchi sedent retrotsedent deb 
ataladi.
Sessiya 
— 
1) 
sug'urta riskini qayta sug'urtalashga berish jarayoni. Sedent va 
qayta sug'urtalovchi o'rtasidan huquqiy niunosabatlarda ishlatiladi. 2) Xorij 
amaliyotida sedentning olingan sug'urta mukofoti ma'nosini bildiradi.
Ekssedent 
zarari - noproporsionl qayta sug'urtalash shakli. Bunda sedentga 
o'z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qisnti qayta sug'urtalovchi 
kompaniya tomonidan qoplanadi.
Ekssedent riski 
- mazkur toifadagi risk bo'yicha zarami qayta sug'urtalash 
to'g'risidagi kelishuv.
39


5-MAVZU.
SUG'URTANING EVOLYUSIYASI VA IQTISODIYOTPAGI RO U
5.1. Sug‘urta munosabatlarini paydo bo'Iishi va uning iqtisodiyotga roli.
Sug'urta kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mavjud bo’lgan va uzoq 
tarixga ega. Sug'urta insoniyat va uning mol-mulkini ishonchli himoyalashning 
muhim vositasi sifatida rivojlanish tarixida ikki bosqichni boshidan kechirgan.
1. Tijoratga asoslanmagan sug'urta.
2. Tijoratga asoslangan sug'urta.
Tijoratga asoslanmagan sug’urta ibtidoiy jamoa, quldoriik va lcodal 
jamivatlariga xos bo'Iib. unda sug’urtalovchilar ittifoqi o‘z oldiga foyda olishni 
maqsad qilib qo'yishmagan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida qabila shaklida turmush kechirgan insonlar 
qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy ofatlardan saqlanish uchun oziq-ovqat, suv zaxiralarini 
shakllantirganlar. Keyinchalik. qo’l mehnatining takomillashishi va ishlab chiqarish 
jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish (texnik, ijtimoiy xavf-xatarlar) va asta- 
sekinlik bilan tabiiy bovliklami sanoat usulida o'zlashtirilishi qo’shimcha xavf- 
xatarlami: ishlab chiqarish, texnik omillami paydo bo’lishiga olib kcldi.
Dastlab, insonlar turli tabiiy ofatlar va boshqa oldindan ko'rib bo’lmaydigan 
hodisalar ro‘y berishini oldini olish maqsadida xudolarga sig'inishgan. Stixiyali 
hodisalaming ro’y berishi, bu tabiiy hoi ekanligini anglagan insonlar quldoriik 
davridayoq, yong’in, qurg‘oqchilikdan saqlanish uchun natura shaklidagi sug'urta 
fondlarini tashkil etishgan.
Tarixiy hujjatlarga ko'ra, notijorat sug'urtaning dastlabki shakllari. eramizdan 
2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi qonunlarida, shuningdek. Forsko’rfazi, 
Qadimgi Gretsiya va Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o ’zaro tuzgan 
bitimlarida o'z aksini topgan. Bu bitim shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida 
savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodisalar yoki qaroqchilar hujumi 
oqibatida zarar ko'rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi 
belgilangan. Bu davrlarda maxsus sug'urta tashkilotlari boTmagan va sug’urta 
badallari to'lanmagan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida sug’urtaning mazmuni takomillashib, 
uning yangi turlari paydo bo'lgan. Xususan, Qadimgi Rimda kasbiv (savdogarlar, 
hunarmandlar, harbiylar) va diniy belgilarga ko'ra, o'z ustavlariga ega bo'lgan 
kollegiya, ittifoqlar bo'lgan. Kollegiya yoki ittifoq a’zolari sug'urta badallarini 
to'lashgan hamda Ustavda qayd etilgan shartlarda ko'rilgan zarami qoplash uchun 
qoplamalar olish huquqiga ega bo'lgan. Qadimgi Rimda birinchi bizning eramizdan 
133 yil oldin Lanuviylar kollegiyasi tashkil topgan va faoliyat yuritgan.
Lanuviylar Ustaviga muvofiq, unga a’zo bo'ladigan shaxslar 100 sistem 
miqdorida kirish badalini to'lashgan. Oylik badal summasi 5 assani tashkil etgan. 
Mabodo, kollegiya a'zosi vafot etsa, uning merosxo'riga 300 sistemi ajratilgan. Agar,
40


kollegiva a’zosi o'zini-o'zi oidirsa yoki vafot etish arafasida oylik badallar to'lash 
muddati 6-10 oy cho'zilgan bo'lsa. bunday holatda uning merosxo'rlariga sug'urta 
summasi toianmagan.
Qadimgi Rimda notijorat sug'urtaning rivojlanganligiga yana birmisol keltirish 
mumkin. Harbiy kollegiyaga a'zo boigan shaxslar kassaga 750 dinariy (1 dinariy 4 
sistern) to‘lashgan. Bu badal bir marotaba to'liq to'lanmasdan, oy-ov to'lanishiga 
ruxsat etilgan. To'langan badal evaziga. kollegiva a’zosi xizmat yuzasidan ko'tarilsa. 
unga 500 dinariy; boshqa legionga o'tkazilganda 500 dinariy; vafot etsa. uning 
merosxo'riga 500 dinariy to'langan.
X-XI1I asrlarda sug'urta gildiy va sexlar tomonidan arnalga oshirila boshladi. 
Masalan. X asrda Anglivada gildiya a'zolariga tegishli o'g'irlangan hayvonlami 
qoplash uchun anglosaksoniva Gildiyasi tashkil etilgan. XI asrda Danivada gildiya 
a’zolari. ulardan qaysi biri kema avariyasiga uchrasa yoki asirga tushsa. imga umumiy 
kassa hisobidan zarar qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun sotib olingan.
Keyinchalik gildiya sug'urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gildiyalariga 
bo'lingan. Himoya qiluvchi gildiyalar o'z a'zolarining mol-mulkini turli xavf- 
xatarlardan himoya qilishgan.
Hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslar sexlarga birlashishgan. Sex 
o 'z a’zolariga baxtsiz hodisalar ro'y berganda, qarilik tufayli mehnat qobiliyatini 
yo'qotganda va vafot etganda yordam ko’rsatgan. Sex halok bo'lgan a'zosining 
oilasini boqish majburiyatini olgan.
Notijorat shaklidagi sug'urta Qadimgi Rusda ham mavjud bo'lgan. Jumladan. 
agar okrug hududida o'lim hodisasi ro'y berib. qotil aniqlanmasa: knyazlik erkagi 
uchun - 80 griven (1 griven-409,536 gr. og'irlikka ega kumush qo'vilmasi), oddiy 
fuqaro uchun esa - 40 griven qoplama to'langan.
Tijorat sug'urtasi paydo bo'lishining birinchi bosqichida sug'urta xizmati oldi- 
sotdi obvektiga aylandi; ikkinchidan, sug'urta faoliyati shakllanavotgan bozor 
xo'jaligining muhim tannog'iga aylandi; uchinchidan. sug'urta bitimlari shartnoma 
asosida tuziladigan bo'ldi.
12 asrda sug'urta operatsiyalarini arnalga oshirish orqali fovda olish. Italivada, 
dengiz orqali yuk tashish amalivotida joriy etilgan. O'sha davrda O'rta yer dengizi 
orqali yuklami tashishda Italiya ustun mavqega ega bo'lgan. Dengiz sug'urtasi 
rivojlanganligini, 1393 yilda birgina notarius orqali bir haflada 80 ta sug'urta 
shartnomasi tuzilganligi bilan izohlash mumkin.
Bu davrlarda dengiz sug'urtasi Ispaniya va Portugaliyada ham taraqqiy eta 
boshlagan. Birinchi sug'urta polisi 1347 yilda Barselonada berilgan. 1468 yilda 
dengiz sug'urtasi bo'yicha Venetsiya Kodeksi yaratildi.
Keyinchalik, XVF asrga kelib dengiz sug'urtasi bo'yicha xizmatlami ko'rsatish 
Angliyaga ko'chadi. 1601 yilda bu yerda dengiz sug'iutasida vuzaga keladigan 
nizolami ko'rib chiqadigan sudlar tashkil etilgan. XVI asrda sanoat ishlab 
chiqarishining manufaktura shakli o 'z o'mini fabrika shakliga berdi. Bu o'z 
navbatida, sug'urta yanada rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
41


Tijorat sug'urtasi shakllanishining ikkinchi bosqichida mulk sug'urtasining bir 
shakli sifatida dengiz sug'urtasi asosiy sug‘urta turi sifatida o‘z mavqeini saqlab 
qoidi.
Dengiz sug'urtasi bo'yicha dastlabki jamivat 1668 yilda Fransiyada tashkil 
etilgan. XVI asr oxirlarida Londonda xususiy sug‘urtalovchilaming uvushmasi tashkil 
etilgan. 1871 yilgacha ushbu uyushma “London lloydi" nomi bilan faolivat ko'rsatib 
kelgan. Germanivadagi dastlabki sug'urta jamiyatlari 1765 yilda Gamburg va 
Berlinda tuzilgan.
Dengiz sug'urtasini paydo bo'lishi va rivojlanishiga stixiyali hodisalar. 
qurg'oqchilik ta’sir ko‘rsatgan bo'Isa, vevropa mamlakatlaridagi urbanizatsiya mulk 
sug‘urtasining boshqa turlarini vujudga kelishiga olib kelgan. 1666 yilda Londonda 
katta yong'in bo'lgan va natijada 70.0 ming kishi halok bo'lgan. Bu Yevropada 
yong'indan sug'urtalashni paydo bo'lishiga sharoit yaratgan. Angliyada ko'plab 
yongdndan sug'urtalash bilan shug‘ullanuvchi jamiyatlar barpo etilgan.
Germaniyada dastlabki yongdndan sug‘urtalash bo'yicha aksiyadorlik sug'urta 
jamiyati 1812 yilda tuzilgan.
Hayotni sug'urtasi bo‘yicha birinchi sug'urta jamiyati “Ekvitebl” nomi bilan 
1762 yilda tashkil etilgan. 1830 yilga kelib, Angliyada 35 ta yirik hayot sug'urtasi 
bo;yicha jamiyatlar faoliyat ko'rsatgan. Hayotni sug'urtalash bo'yicha dastlabki 
aksiyadorlik sug'urta jamiyatlari 1787 yilda Fransiyada tashkil etilgan. Germaniyada 
esa 1806 yilga kelib hayot sug'urtasi bo'yicha aksiyadorlik jamiyati tuzilgan.
XVI asr oxiri va XX asming boshlariga kelib sanoat ishlab chiqarilishini 
rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug'urtani taraqqiy etishini ancha tezlashtirdi.
XX asr oxirlarida sanoat sohasidagi tub o'zgarishlar, xususan. ishlab 
chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish, elektr energiyasidan keng 
fovdalanish texnologik xarakterdagi risklami keltirib chiqardi.
1776 yili Rossiyada Davlat banki huzurida sug'urta ekspeditsiyasi tashkil 
etilgan.
1800 yilda Imperator farmoni bilan kema va tovarlami sug'urtalash bo'yicha 
sug'urta jamiyati tashkil etildi, biroq uning mijozlari bo'lmaganligi uchun tugatilgan. 
Bu sug'urta jamiyatini qo'llab-quvvatlash uchun Rossiya hukumati unga eng asosiy 
gubemalarda sug'urta ishini mutloq amalga oshirish uchun 20 yil muddatga huquq 
bergan.
1835 yilda ikkinchi yong'indan sug'urtalash bo'yicha jamiyat tuzilgan. 1890- 
1900 yillarga kelib. o'zaro sug'urtalash bo'yicha shahar jamiyatlari bo'lgan va 
rivojlangan. 1909 yilda markazi Peterburg shahrida bo'lgan o'zaro sug'urtalash 
jamiyatlarining Rossiya ittifoqi tashkil etilib, 1914 yilda uning tarkibida 300 ga yaqin 
sug'urta tashkiloti bo'lgan. 1894 yilda Rossiya Ichki Ishlar Vazirligiga sug'urta 
jamiyatlari 
ustidan 
nazorat 
olib 
borish 
yuklatiladi. 
1917 
yilga 
qadar, 
Rossiyada sug'urta ishi raqobatga asoslangan holda rivojlanishning yuqori darajasiga 
erishishgan edi.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə