1 – amaliy mashg’ulot o‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigienik baholash 1­­-ish: Ishdan maqsad


Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə3/10
tarix19.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#102822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 – amaliy mashg’ulot o‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigien

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Shartsiz reflekslarga ta`rif bering. Somatik reflekslarning reflektor yoyi sxemasini chizing.Vegetativ reflekslarning reflektor yoyi (simpatik, parasimpatik) sxemasini chizing.Hamma sanab o’tilgan reflekslar reflektor yoyining asosiy zvenolarini ko’rsating. Somatik va vegetativ reflekslar reflektor yoylarining tuzilish o`rganing.
Nazorat savollari.
1. Shartsiz va shartli reflekslarning farqlab bering.
2. Tizza refleksida reflektor yoyi sifatida nimalar ko`riladi?
3. Axill refleksida reflektor yoyi sifatida nimalar ko`riladi?
4. Sezuvchi nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv hujayrasi orqa miyani qaysi shoxlarida joylashgan?

3 - AMALIY MASHG’ULOT
Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.


Ishdan maqsad:Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini
tajribalar o`tkazish orqali aniqlash.
Kerakli jihozlar: adashtirilib egri bugri chizilgan chiziqlarni tasvirlovchi maxsus jadval, ikki xil tasvirli rasm, sekundomer.
Nazariy qism: Faol diqqatning fiziologik mexanizmi bu, bosh miya katta yarim sharlarida optimal qo`zg`alish o`chog`ini vujudga kelishidir. Optimal qo`zg`alish o`chog`ini vujudga kelishini rus fiziologi I.P Pavlov bosh miya katta yarim sharlarining ijodiy bo`limi deb nomlaydi. Ijodiy bo`limda qo`zg`alish qancha yuqori bo`lsa, yangi shartli reflekslar shuncha tez hosil bo`ladi.Faol diqqatning konsentrlanishi va davomiyliligi o`smirlarning yoshiga bog`liq. Bola qancha yosh bo`lsa tormozlanish jarayoni shuncha bo`sh va qo`zg`alish miya yarim sharlarida shuncha tez irradasiyalanadi. Faol diqqatning davomiyliligi 7-8 yoshda 15 minut, 9-10 yoshda 20 minut, 11-12 yoshda 25 minut, 13-14 yoshda 30 minut, 15-16 yoshda 40 minut va kattalarda 55-60 minut atrofida bo`ladi. Agarda aqliy ish keragidan ortiq davom etsa, o`quvchida notinchlik hosil bo`lib, aqliy ishning aniqligi va tezligi pasayadi. Shuning uchun dars mobaynida aqliy mehnat turini bir necha marta o`zgartirish kerak. Faol diqqat qancha yuqori konsentrlangan bo`lsa, aqliy ish shuncha tez va aniq bajariladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə