1 – amaliy mashg’ulot o‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigienik baholash 1­­-ish: Ishdan maqsad


SISTOLIK VA DIASTOLIK BOSIMNINGYOSHGA



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə7/10
tarix19.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#102822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 – amaliy mashg’ulot o‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigien

SISTOLIK VA DIASTOLIK BOSIMNINGYOSHGA
XOS O‘ZGARISHLARI
2.20-jadval




Yoshi

Sistolik
Bosim

diastolik bosim




5 yosh

83

50




7 yosh

87

52




8 yosh

88

52




9 yosh

90

53




10 yosh

91

54




11 yosh

98

60




12 yosh

103

60




13 yosh

107

61




14 yosh

109

62




15 yosh

110

62




16 yosh

113

72




18 yosh

115

70




19-20 yosh

117

69




20-45 yosh

122

73




45-50 yosh

124

76




50-55 yosh

127

76




55-60 yosh

129

76




60-75 yosh

135

77



BOLALAR ARTERIAL BOSIMININGJINSIY
FARQLARI 2.21-jadval




Jins

yosh







7-8

9-10

11-12

13-14

15-16




O‘g‘il bolalar

88 / 52

91 / 54

103 / 60

108 / 61

110 / 62




Qiz bolalar

87 / 52

89 / 53

94 / 60

106 / 62

108 / 62




50 yoshdan keyin maksimal bosim 130-145 mmga cha oshishi mumkin.


2.22-jadval

Qonning sistolik va minutlik hahmi 7 - 15 yosh.

Yosh.

Qizlar

O`g`il bolalar

( g)

Sh ( ml)

QMH ( l/min)

Sh ( ml)

QMH ( l/min)

7

32

2,9

32

2,8

8

34

2,9

38

2,8

9

36

3

38

2,9

10

38

3,2

39

3,1

11

44

3,4

50

3,8

12

47

3,8

53

4

13

47

3,7

56

4,2

14

57

3,8

64

4,3

15

59

3,9

64

4,5



Ishni bajarish tartibi:

  1. Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir faoliyatiga ta’sirini o‘rganish.

Qon bosimi Korotkov usuli orqali aniqlanadi. Korotkovning auskultatsiya (eshitish) usuli bilan nafaqat sistolik, balki diastolik bosim ham aniqlanadi.Bu usul manjetkadagi bosim sistolik bosimdan past, lekin diastolik bosimdan yuqori bo’lgandagina, arteriyaning qisilgan joyidan pastroqda eshitiladigan tovushlarning paydo bo’lishi (yoki tomir tonlari)ga asoslangan. Sistola vaqtida arteriya ichidagi yuqori bosim manjetka ichidagi bosimdan katta bo’lib, manjetkadagi bosimni yenga oladi va arteriya teshigi ochiladi va qonni o’zidan o’tkaza boshlaydi. Diastola vaqtida tomirdagi bosim pasayganda, manjetkadagi bosim arterial bosimdan yuqori bo’lib, arteriya qisiladi va qon oqimi to’xtaydi. Sistola davrida qon bosimi manjetkadagi bosimdan yuqori bo’lib, katta tezlik bilan avvalgi qisilgan uchastkalar bo’ylab oqa boshlaydi va manjetkadan pastroqda arteriya devorchasiga urilib, tovushlar paydo bo’lishini chaqiradi.

  1. Jismoniy mashqni qon aylanishga ta’sirini aniqlash uchun tekshiriluvchining pulsi, nafas soni, qon bosimi o‘lchanadi.

1.Qonning minutli va sistolik, diastolic bosimini aniqlash
Qonning sistolik va minutli hajmini aniqlashda Starr formulalaridan foydalaniladi.
MOK = SO*CHSS, ,e CHSS – yurak qisqarishlar chastotas minutdagi puls hisoblanadi)
Kattalar uchun
kqQSH=[(101+0.5*PB)-(0.6*DB)]-0.6*A
Bu yerda
PB-puls bosim
DB-diastolik bosim
A-tekshiriluvchining yoshi
Puls bosimi
PB=SB-DB
PB-puls bosimi
SB-sistolik bosimi
DB- diastolik bosim
QMH (l/min.)=QSH(ml)*YUQCH(puls/min)
Bu yerda
QSH(ml)-qonning sistolik hajmi ;
YUQCH(puls/min)-yurakning qisqarishlar soni
(puls sanaladi);
Bolalar qon bosimi
12-oylik
90-112 maximal bosim;
50-74 minmal bosim;
2-3-yosh
100-112 maximal bosim;
60-74 minmal bosim;
5 yosh
100-114 maximal bosim;
60 -74 minimal bosim;
1 yoshgacha bolgan bolalar uchun (76+2n) n;
n-oy soni;
1 yoshdan katta bolalar uchun (90+2n) n-yil soni;
n-yil soni;
1 yoshdan kattalar uchun mayor;
105+2n maximal bosim;
75+2n minimal bosim;
Bolalar yuragidan chiqadigan qon miqdori;
SH = {(40 + 0,5*PB) - (0,6*DB)} + 3,2*A;
3. Olingan ma’lumotlar yozib qo‘yiladi, so‘ng 1 minutda o`ng qo`lning 4 ta barmog`ini tekshiriluvchining bilak arteriyasi sohasiga qo`yib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Shundan so`ng bir daqiqa davomida pul`s – yurak urishining soni aniqlandi. Arterial pul`sning bir minutlik sonini uch marotaba aniqlanadi va o`rtachasi hisoblanadi (sog`lom odamda pul`slar soni bir inutda o`rtacha 72– 85 ta).martta turib o‘tirgandan so‘ng qaytadan puls, qon bosimi, nafas soni o‘lchanadi. Tinch holatdagi va jismoniy zo`riqishdan keying natijalarni solishtiriladi.
Qon bosimini o’lchash usullari

  1. Sfigomanometr bilan tanishing.

  2. Odam sfigomanometr bilan minimal va maksimal qon bosimlarini aniqlang.

  3. Natijalarni jadvalga yozing.

  4. Ma’lum turlar uchun fiziologik norma bilan natijalarni solishtiring, xulosa qiling. (ko’tarilgan, tushgan,norma).




2.12-rasm. Qon bosimini o`lchash asboblari.


O`PKANING TIRIKLIK SIG`IMINI O`LCHASH
Ishdan maqsad: O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va o’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash usulini o’rganish.
O`quv jihozlari: Spirometr, spirt, paxta
Nazariy ma`lumotlar. Odam normal nafas olganda, o’pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qo’shimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqur nafas olinganda o’pkaga kirgan havo miqdori o’pkaning tiriklik sig’imi deyiladi.
O’pkaning tiriklik sig’imi nafas olish havosi, qo’shimcha va rezerv havo yig’indisi (500+1500+1500) dan iborat bo’lib, u o’rtacha 3500 ml. ga teng. O’pkaning tiriklik sig’imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog’lig’iga qarab o’zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, o’pkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi o’pkada qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bo’ladi. O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindirdan tuzilgan bo’lib, uning kattasiga suv to’ldirilgan, kichigi esa katta silindir ichiga kritilgan. Kichik silindir katta silindir ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali g’altakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining o’rtasiga temir naycha o’rnatilgan bo’lib, uning yuqoridagi uchi silindrdagi suvdan bir oz ko’tarilib, turadi, ikkinchi uchi esa silindir tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik silindir yuqoriga ko’tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan bilish mumkin.
Ishni olib boorish tartibi:
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash:
Buning uchun spirometr strelkasini nolga to’g’irlab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi.
Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, o’pkadan chiqarilgan havoning o’rtacha miqdori topiladi.
Masalan: spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni ko’rsatsa, u vaqtda o’rtacha nafas chiqarish havosining miqdori ml. ga teng bo’ladi.
Qo’shimcha havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun kichik silindrni yuqoriga ko’tarib, uning strelkasi ma’lum raqamga to’g’rilanadi.
Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan), tezda spirometr naychasini og’izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi.
Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam ro’parasida to’xtaydi. Shu yo’l bilan o’pkaga qancha qo’shimcha havo kirganligi aniqlanadi.
Masalan: chuqur nafas olunguncha strelka 3000 ml. ni, nafas olingandan keyin 1500 ml. ni ko’rsatsa, bu vaqtda o’pkaga kirgan havo miqdori 3000 – 1500 = 1500 ml. ga teng bo’ladi.
Rezerv havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun spirometr strelkasini nolga qo’yib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib, rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi.
Bu vaqtda strelka ko’rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qo’shimcha va rezerv havo miqdorini quyidagi jadvalga yozib, o’pkaning tiriklik sig’imi topiladi.
2.23-jadval.

Havo sig’imi

Havo miqdori

Nafas olish havosi

500

Qo’shimcha havo

1500

Rezerv havo

1500

O’pkaning tiriklik sig’imi

3500







O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash uchun nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi.Bunda spirometr strelkasi to’xtagan joydagi raqam o’pkaning triklik sig’imini ifodalaydi.
O’pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi.
So’ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan haltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi.
Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi o’pkaga o’tadi, shu vodorod miqdori o’pkadagi qoldiq havo miqdorini ko’rsatadi.
Masalan: xaltada 4000 ml. vodorod bo’lsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o’zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo o’pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi o’zgaradi. Agar xaltada 3000 ml. vodorod va o’pkadan kirgan 1000 ml. havo bo’lsa, u vaqtda 1000 ml. vodorodga 330 ml. o’pka havosi to’g’ri keladi. Bunday vaqtda o’pkaga o’tgan 1000 ml. vodorodga 330 ml. havo to’g’ri keladi. Shunday qilib, o’pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000 + 330 = 1330 ml. bo’ladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə