1 – amaliy mashg’ulot o‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigienik baholash 1­­-ish: Ishdan maqsad



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə9/10
tarix19.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#102822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 – amaliy mashg’ulot o‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigien

Nazorat savollari

  1. Ko`rish o`tkirligi bu…..

  2. Golovin jadvali va perimeter asbobidan qanday foydalaniladi.

  3. Ko`rish o`tkirligini formula asosida hisoblab chiqing.



Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Tekshirish natijalarini jadvalga yozing. Xulosa hisobotlari yoziladi.
Ko`rish maydonini aniqlash
Ishdan maqsad: ko`rish maydonini perimetr asbobi orqali aniqlash texnikasini o`rganish.
O`quv jihozlari: Perimetr, yarim sharlar proeksiyasining aksi, qalam, rangli markalar, chizg`ich, qog`oz.
Nazariy tushuncha;
Ko`z bir nuqtaga qarab turganda, atrofdagi ko`zga ko`rinayotgan maydoni, ko`rish maydoni deb ataladi. Odamlarda ko`rish maydon har xil bo`lib, bu ko`z formasiga, uning joylanish chuqurligiga, qosh va burunning shakliga hamda to`r qavatning funksional holatiga bog`liq rang (xromatik) va rangsiz ko`rish maydoni farqlanadi. Axromatik ko`rish xromatik ko`rish maydonidan katta bo`ladi, chunki axromatik ko`rish to`r qavatning asosan chet (periferik) joylashgan tayoqchalarning faoliyati bilan bog`langan har xil ranglar uchun ko`rish maydoni bir xil bo`lmay, balki sariq rang uchun eng katta, yashil rang uchun esa eng tor.
Axromatik ko`rish maydonining chegarasi quyidagicha: tashqaridan - 100° gacha, ichki va yuqoridan — 60° va pastdan - 65°.

2.7-rasm. Ko`rish maydoni.
2.8-rasm. Ko`rish maydonini aniqlash grafigi.
Axromatik va xromatik ko`rish maydonining penmetrik surati. Shartli belgilar: 1) oq-qorani ko`rish maydoni; 2) sariq rang uchun ko`rish maydoni; 3) ko`k rang uchun ko`rish maydoni; 4)qizil rang uchun ko`rish maydoni; 5) yashil rang uchun ko`rish maydoni.
Ishning borishi: Ko`rish maydoni Forster perimetri yordamida aniqlanadi. Perimetr yorug`lik qarshisiga o`rnatiladi. Tekshiriluvchi yorug`likka nisbatan orqa tomoni bilan o`tirgach, perimetr shtativining uyilgan joyiga iyagini qo`yadi. Agar chap ko`zning ko`rish maydoni aniqlanadigan bo`lsa, iyak taglik (podstavka)ning o`ng qismiga qo`yiladi. Taglikning balandligi shunday boshqariladiki, bunda ko`z kosasining pastki chegarasi shtativning yuqori chegarasiga to`g`ri keladi. Tekshiriluvchi nigohi perimetr markazidagi oq nuqtaga qaratilgani holda, ikkinchi ko`z qo`l bilan yopilishi kerak.
Perimetr yoyi gorizontal holatga qo`yilib, o`lchash boshlanadi. Buning uchun oq marka yoyning ichki yuzasi bo`ylab 90° dan 0° ga tomon sekin olib kelinadi va tekshiriluvchi oq nuqtaga qarab turgani holda markani ko`rayotganini aytish kerak. Tekshiruvchi to`g`ri kelgan burchakni aniqlab, ikkinchi marta yana tekshiradi. Ko`zning qancha-ko`p meridiani bo`yicha ko`rish maydoni aniqlansa, shuncha u aniq bo`ladi.Bu usulni egallab olish uchun 2 ta asosiy meridian: gorizontal (tashqi, ichki) va vertikal (yuqori, pastki) bo`yicha aniqlash bilan chegaralanish mumkin.
Oq marka rangli markaga almashtirilib, yuqoridagi usulga asosan rang ko`rish maydoni aniqlanadi va tekshiriluvchi faqat markani ko`rmasdan, balki uning rangini ham aniq bilishi kerak. Ko`rish maydonini ko`k yoki bir necha ranglarda aniqlash mumkin.



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə