1- laboratoriya ishi. Eksperimental statistik modellashtirish. Ishning maqsadi



Yüklə 93,95 Kb.
səhifə11/27
tarix28.11.2023
ölçüsü93,95 Kb.
#138051
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
1- laboratoriya ishi-fayllar.org

Nazorat savollari
  1. Simobli termometrning prinsipial sxemasini keltiring, uni ishlashini qisqacha qilib tushuntirib yozing;


  2. Simobli termometrning kengaytirilgan va soddalashtirilgan struktura sxemalarini keltiring;


  3. Termometrning statik va dinamik tanglamasini keltirib chiqaring.





8-LABORATORIYA ISHI
BOSIMNI O’LCHASH VA ROSTLASH TIZIMINI ISHINI O‘RGANISH

Ishdan maqsad
U-simon bosim o‘lchash asbobini ishlashini o‘rganish.


Zvenolar koeffitsientlari k1, k4 va k5 larni o‘zgartirib manometrni kuchaytirish koeffitsientlarini va vaqt doimiysini o‘zgartirishni o‘rganish
Asosiy qism
U- simon bosim o‘lchash asbobi(ikki naychali manometr). Bosim o‘lchaydigan suyuqlik manometrlari o‘zining tuzilishi nuqtai nazaridan eng sodda o‘lchash asboblariga kiradi.
Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan ortiqcha bosimning suyuqlik ustuni hisobiga, ya’ni, gidrostatik bosim hisobiga hosil bo‘ladigan bosim bilan mutanosib bo‘lishiga asoslanadi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonlarida har doim ikki xil bosim bilan ish ko‘riladi: 1) atmosfera bosimi Patm bizga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy bosim; 2) sun’iy hosil qilinadigan bosim. Bu bosim texnikada absolyut bosim Pabs deb yuritiladi.

1 - rasm. U-simon, ikki trubkali suyuqlik manometri. Bu tushuntirish umuman hususiy xol bo‘lib, aslida o‘lchanayotgan ortiqcha bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuch bilan gidrostatik bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuchlar mutanosibligiga asoslanadi, ya’ni, tenglama quyidagi ko‘rinishida bo‘ladi:

(1)

bu erda S – U simon naychaning ko‘ndalang kesim yuzasi; - naychaga solingan suyuqlik zichligi; H=h1+h2 - naychada hosil bo‘ladigan suyuqlik balandligi.


Agar yuza S ga tenglamani ikki tomonini ham bo‘lib yuborsak, u holda:

(2)
undan

(3)
Agar suyuqlik ustida boshqa suyuqlik bo‘lsa, u holda

(4)
tenglamasidan foydlaniladi.


Ortiqcha bosim Por biror sababga ko‘ra o‘zgarsa unda chap tirsakda suyuqlikka ta’sir etuvchi kuch N1=Pop*S hosil bo‘ladi, unda suyuqlik, N1 kuch hisobiga o‘ng tomonga surilib, chap tirsakda suyuqlik balandligi h1-ga tushadi, o‘ng tirsakda esa h2 balandlikka ko‘tariladi. Suyuqlikning umumiy satxini surilishi
H=h1+h2 . (5)

bo‘ladi.




Yüklə 93,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə