1- laboratoriya ishi. Eksperimental statistik modellashtirish. Ishning maqsadi



Yüklə 93,95 Kb.
səhifə7/27
tarix28.11.2023
ölçüsü93,95 Kb.
#138051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
1- laboratoriya ishi-fayllar.org

5


6


7


8



1

2

4

8

10

6







-1

1

0.5

0.25

0.125

0.1

0.167














































3. Ishni bajarish tartibi
  1. 2-rasm asosida masala yechimining struktura sxemasi yig‘ilsin.


  2. Muhim elementlarning uzatish koeffitsietlari hamda boshlang‘ich shartlar hisoblansin va qayd etilsin.


  3. Mahsulotni maksimal chiqishini ta’minlashga ketadigan reaktorda aralashma ushlab turilishining o‘rtacha vaqti aniqlansin.


  4. Olingan natijalar asosida xulosa yozilsin.





4.Tekshirish uchun savollar
  1. Reaktorda ushlab turilishning o‘rtacha vaqti nima?


  2. Ketma-ket reaksiyadaning oraliq mahsuloti chiqishiga reaktorda ushlab turish vaqtini o‘zgarishi qanday tasir ko‘rsatadi?


3. Matematik tavsiflardagi izomorfizm nima?



7-LABORATORIYA ISHI
HARORATNI O’LCHASH VA ROSTLASH TIZIMINI ISHINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad
Termometrdagi tipik zvenolarda boradigan qonuniyatlarni tushunib olish, strukturasini soddalashtirishni misollarda ko‘rish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish.

Nazariy qism
Suyuqlikli termometrlar texnologik jarayon davomida haroratni nazorat qilib turish, termosignalizatsiya, haroratni avtomatik rostlash tizimlarini, xavfli vaziyatlarni oldini olish tizimlarini tuzish uchun qo‘llaniladi.
Haroratni o‘lchash. Harorat – molekulalar xaotik harakatlarini o‘rtacha kinetik energiyasining o‘lchovi bo‘lib, jism yoki ob’ektlarning issiqlik xolatini ko‘rsatuvchi kattalik hisoblanadi. Jismlar molekulalarining kinetik energiyasi va shuningdek, haroratni o‘zgarishi ularda hajm o‘zgarishiga va ularning bir holatdan ikkinchi (qattiq, suyuq va gaz) holatlariga o‘tishiga sabab bo‘ladi. SHu boisdan, jismlarning haroratni o‘lchash uchun kerak bo‘ladigan o‘lchov birligi va o‘lchash shkalasini yasashda ularning issiqlik holatlarining o‘zgarish nuqtalarida mavjud bo‘ladigan haroratlar miqdoridan foydalaniladi. Agar haroratni «gradus» bilan o‘lchansa, uning o‘lchov birligi quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
1 gradus = ("-')/n (1)
bu erda: '–jismning boshlang‘ich chegara nuqtasidagi harorati yoki «nolinchi harorati»; " – shu jismning ikkinchi xolatga o‘tish nuqtasidagi harorati; n – butun son (shkala bo‘linmalari soni).
Hozirgi vaqtda ikki xil o‘lchov shkalalari mavjud: 1)Selsiy shkalasi, 2) Kelvin termodinamik shkalasi.
Selsiy shkalasida haroratning o‘lchov birligini topish uchun suvning uch xolati – muzlash, qaynash va bug‘lanish nuqtalari orasidagi harorat miqdori 100 bo‘lakka bo‘linadi. Agar suvning muzlash nuqtasi ' = 0, qaynash nuqtasi '’ = 100° C va n = 100 deb qabo’l qilinsa, haroratning selsiy shkalasidagi o‘lchov bir­ligi ("-')/n = (100-0)/100 = 10C bo‘ladi.
Amalda haroratni o‘lchash uchun xalqaro amaliy shkalalar–sselsiy va kelvinlar qo‘llaniladi. Bu shkalalar sselsiy shkalasi asosida tuzilgan, ular o‘lchov birligi 1°C, K belgilanishi esa T va .
Xalqaro amaliy shkala bo‘yicha harorat kelvin bilan o‘lchansa, uning qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi:
T = °C+ 273,15.(2)
Ma’lumki, harorat bilvosita usul bilan termometrik jismlar yordamida o‘lchanadi.
Haroratni o‘lchash uchun termo­metrik jismlarning harorat o‘z­garishi bilan bog‘liq bo‘lgan fizik xususiyatlarining (hajm, bosim o‘zgarishi, termo EYUK xosil bo‘lishi va hokazo) o‘zgarishidan foydalaniladi. Buning uchun termometrik jismlar, ya’ni ter­mometr yasash uchun ishlatiladigan jismlarning xususiyatlari har taraflama o‘rganiladi. Biror jismning haroratini o‘lchash lozim bo‘lsa, termometrik modda (simobli termometr) harorati o‘lchanishi kerak bo‘lgan jismga tekkaziladi yoki haroratni o‘lchanishi lozim bo‘lgan muhitga kiritiladi. Natijada bu ikki jism orasida harorat muvozanati vujudga keladi. Jismning (muvozanat holatdagi) harorati harorat o‘lchash asbobining ko‘rsatishiga muvofiq aniqlanadi.
Xalqaro birliklar sistemasida haroratning o‘lchov birligi sifatida kelvin (K), ya’ni suvning muz, suv, bug‘ xolatida bo‘ladigan nuqtasi deb ataladigan termodinamik harorati qabo’l qilingan. Bundan tashqari, Xalkaro birliklar sistemasida haroratning Xalqaro amaliy shkalada –Selsiy shkalasida (0C) o‘lchashni ham tavsiya qilinadi. Bu shkala jismlarning o‘zgarmas holatlaridan oltitasining mavjudligiga asoslanadi:
1) kislorodning qaynash nuqtasi – 182,97° C;
2) suvning bir vaqtda uch holatda (muz, suv, bug‘) bo‘lish nuqtasi–0,01° C,
3) suvning qaynash nuqtasi +100° C;
4) oltingugurtning qaynash nuqtasi +444,6° C;
5) kumushning qotish nuqtasi +961,93° C;
6) oltinning qotish nuqtasi +1064,43° C.
Bu shartli nuqtalarga asoslanib etalon o‘lchov asboblarining shkalasi darajalanadi.
Haroratni o‘lchaydigan asboblarning turlari va ularning o‘lchash chegaralari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Yüklə 93,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə