1-amaliy ish. Matn muxarrirlarida matnlar kiritish. Taxrirlash va formatlash amallari. Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
1 lab ishi Matn muxarrirlarida matnlar kiritish taxrirlash

 
 
 
Oynaning eng yuqorisida sarlavha satri joylashgan. SHu qatorning o‘ng tomonida
burchakda uchta boshqaruv piktogrammalari (ramziy belgilar) joylashgan
Ulardan birinchisi — 
«Svernutь»
(Yig‘ib olish) nomli piktogramma. Agar uning ustida 
sichqoncha bosilsa, ilova oynasi Masalalar paneli qatoriga (
«Pusk»
tugmachasi joylashgan 
katorga) to‘rtburchak shakldagi tugmacha ko‘rinishida (darchadek) yig‘ib olinadi. 
Sichqonchaning chap tugmachasini «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o‘lchovini 
va joylanishini tiklaydi.
Ikkinchisi —
«Razvernutь»
(YOyish) tugmachasi. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, 
ilova oynasi butun ekranga (yoki hujjat oynasi butun ilova oynasiga) yoyib tashlanadi. SHunga 
ahamiyat berish kerakki, Masalalar paneli oyna qattalashgan holda ham ko‘rinib turadi. 
«Razvernutь»
piktogrammasi ustida sichqoncha bir marta bosilgandan keyin eski piktogramma
o‘rnida yangi, ikkita ustma-ust joylashgan kvadrat shaklidagi piktogramma paydo bo‘ladi. 
Hosil bo‘lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi. 
Uchinchisi — 
«Zakrыtь»
(YOpish) piktogrammasi. U joriy ilova oynasini yopadi va
bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. Word 2000 ni yopish uchun 
ko‘rib chiqilgan birinchi qator boshida joylashgan ilovaning sistema menyusi tugmachasini ikki 
marta bosish ham mumkin. 
Oynadagi keyingi kator Menyu qatori deyiladi. Unda ko‘rsatilgan menyu turlarining 
birortasi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmachasi bosilsa, ijro etilishi mumkin 
bo‘lgan amaliy buyruqlar ro‘yxati chiqadi. Tanlab olingan amaliy buyruq ijro etilishi uchun 
uning ustida sichqonchani bir marta bosish zarur. 
Barcha menyu turlariga qarashli amaliy buyruqlarning tez-tez ishlatiladiganlari oson 
tanlanadigan piktogrammalar bilan belgilanib maxsus standart hamda bichimlash uskunalar 
panellariga joylashtirilgan. 
Oynaning chetlarida vertikal va gorizontal harakatlantirish tasmalarini qurish mumkin. Bu 
tasmalar hujjatning ekranga sig‘magan qismini ko‘rish imkonini beradi. 
Gorizontal tasmada joylashgan chap tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning 
ko‘rsatkichi bosilsa, hujjatning chap tomoni, o‘ng tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning 
ko‘rsatkichi bosilsa — hujjatning o‘ng tomoni ko‘rsatiladi. 


Vertikal tasmadagi tepaga va pastga qaragan uchburchaklar matnning yo‘nalishlariga mos 
qismni ko‘rsatib berishadi. 
Tasmada joylashgan
tugmachalarning ikki chetdagisi mos ravishda Oldingi sahifaga 
o‘tish va Keyingi sahifaga o‘tish amallarini bajaradi. Klaviaturada bu amalni Page Up va Page 
Down tugmachalari bajaradi. O‘rtada joylashgan tugmacha bosilsa, ekranda quyidagi jadval 
namoyon bo‘ladi
Bu jadvalning har bir katakchasi ma’lum bir buyruq piktogrammasidir. Mazkur tugmacha 
shu buyruqlarga tez o‘tish uchun ishlatiladi. 
3
. Oynaning quyi qismida holat qatori joylashgan bo‘lib,unda hujjat nechta sahifadan 
iboratligi, ekranda hujjatning nechanchi sahifasi aks ettirilganligi, kursor nechanchi qator, 
nechanchi o‘rinda turganligi haqidagi va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
Word oynasi ichida asosiy ish oynasi joylashgan. Uning ham eng yuqorisida hujjat nomi 
aks etgan qator mavjud, burchakda esa bizga tanish bo‘lgan piktogrammalar joylashgan.
Bu oynada gorizontal va vertikal chizg‘ichlar mavjud. CHizg‘ichning oq qismi
qog‘ozdagi matn joylanishi sohasidir. Pastki ikkita 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə