1. Farg‘ona shahrida harorat 0◦C, atmosferaning
me’yoriy bosimi 702,2 mm.s.u.ni ko‘rsatdi.
Farg‘ona shahrining dengiz sathidan balandligini
aniqlang.
A) 488 metr B) 708 metr C) 578 metr
D) 608 metr
2. Geografik qobiqning faqat o‘ziga xos bo‘lgan
ikkinchi xususiyati qaysi javobda berilgan?
A)Litosfera, gidrosfera, atmosfera va
biosferalarning doimiy ravishda o‘zaro
aloqadorlikda bo‘lishi
B)Organik hayotning mavjudligi
C)Modda va energiya almashinish jarayonining
bo‘lib turishi
D)Tabiat komponentlarining o‘zaro bir-biriga
ta’sir etib turishi
3. Bundan 4,6-4 mlrd yil avval geografik qobiqning
qaysi qismllari shakllangan?
A)Atmosfera, gidrosfera, biosfera
B)O‘ta oddiy organizmlar
C)Iqlim mintaqalari va tabiat zonalari
D)Yadro, mantiya, Yer po‘sti
4. Okeanlar yuza suvining harorati qayerda 27-28◦C
ni tashkil etadi?
A) Termik ekvator zonasida
B) Ochiq okeanlarda C) Tropiklarda
D) Qutbiy o‘lkalarda
5. Biomassaga eng boy, eng issiq, kuchli shamol shu
okeanda esadi.
Bu xususiyat qaysi okeanga xos?
A) Hind B) Atlantika C) Tinch
D) Shimoliy muz
6. Quyidagi berilgan kashfiyotlar kimga tegishli
ekanligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) 1498-yilda Hindistonga dengiz yo‘lini ochgan;
2) 1642-1643-yillarda Hind okeanini birinchi bo‘lib
g‘arbdan sharqqa suzib o‘tgan;
3) 1771-1775-yillarda Hind okeani chuqurligini
aniqlagan;
a) X.Kolumb, b) J.Kuk, c) F.Magellan,
d) V.da Gama, e) A.Tasman.
A) 1-d, 2-e, 3-b B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-d, 2-b, 3-e D) 1-a, 2-c, 3-d
7. Afrika materigining eng past nuqtasining geografik
o‘rnini aniqlang.
A) Kongo botig‘i B) Afar botig‘i
C) Kattara botig‘i D) Turfon botig‘i
8. Qaysi tabiiy geografik obyektning uzunligi
446 km?
A)Flint-Mamont g‘orining
B)Fedchenko muzligining
C)Kolorado kanyonining
D)Hind-Gang pasttekisligining
9. Yellouston milliy bog‘i qaysi davlat hududida
tashkil etilgan?
A) Buyuk Britaniya B) Keniya C) AQSH
D) Zambiya
10. Qaysi geografik obyekt O‘rta Osiyo o‘lkasining eng
g‘arbiy nuqtasi hisoblanadi?
A) Tubqarag‘ay burni B) Mingbuloq botig‘i
C) Adenkur dovoni D) Xarirud vodiysi
11. Mezozoy erasining oxiriga kelib O‘rta Osiyo
hududida qanday iqlimiy o‘zgarishlar sodir
bo‘lgan?
A)Iqlim nam va issiq bo‘lgan, xilma-xil o‘simliklar
o‘sgan.
B)Iqlim juda quruq bo‘lgan, o‘rmonlar yo‘qolib
ketgan.
C)Dengiz qayta bostirib kirgan, tog‘lar yemirilib
pasayib qolgan.
D)Dengiz asta-sekin chekina borgan, iqlim nam va
issiq bo‘lgan.
12. O‘rta Osiyo hududining tekislik qismida yozda
kontinental tropik havo massalari vujudga
kelganda qanday iqlimiy (ob-havo) o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi?
1) harorat juda baland bo‘ladi; 2) haroratning
asta-sekin ilishiga sabab bo‘ladi; 3) quruq va
g‘uborli bo‘ladi; 4) ob-havo tez o‘zgaradi; 5) quruq
va tiniq bo‘ladi.
A) 1, 3 B) 1, 5 C) 2, 3 D) 2, 4
13. O‘zbekiston hududiga qaysi tomondan yil
davomida shamollar esib turadi?
A)Janubi-g‘arbiy, janubiy va shimoliy
B)Shimoliy-g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy
C)Janubi-sharqiy va g‘arbiy
D)G‘arbiy, shimoli-sharqiy
14. O‘zbekistonning 3400 m baland tog‘laridan
boshlanib, qor va muz suvlaridan to‘yinadigan
daryolarni belgilang.
A)Qoradaryo, Chirchiq
B)So‘x, Isfara
C)Zarafshon, Isfayramsoy
D)Sheroboddaryo, Tursundaryo
15. Respublikamiz hududida joylashgan asosiy neft va
gaz konlarini belgilang.
1) Laylimkon, 2) Oqjar, 3) Qizilqiya, 4) Sariqtosh,
5) Xovdog‘, 6) Ko‘kyong‘oq, 7) Uchquloch.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 3, 5, 6 D) 4, 6, 7
16. Respublikamizdagi mashhur Chimyon, Og‘aliq,
Miroqi tog‘ shifoxonalari qaysi viloyatlar hududida
joylashgan?
A)Farg‘ona, Jizzax, Buxoro
B)Namangan, Samarqand, Navoiy
C)Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo
D)Toshkent, Xorazm, Surxondaryo
17. 2006-yilda Samarqand avtomobil zavodi qaysi
davlat bilan hamkorlikda “Isuzu” rusumli avtobus
va kichik yuk mashinalarini ishlab chiqara
boshladi va “SamAvto” deb nomlandi?
A) Turkiya B) Xitoy C) Janubiy Koreya
D) Yaponiya
18. Toshkent viloyatining janubida va g‘arbida
joylashgan tumanlari qaysi javobda to‘g‘ri
berilgan?
A) Angren, Olmaliq B) Chirchiq, G‘azalkent
C) Bekobod, Chinoz D) Yangiyo‘l, Parkent
19. Jizzax viloyatidagi qaysi konlardan marmar qazib
olinadi?
1) Oqtosh; 2) Uchquloch; 3) Uzun; 4) Qo‘ytosh;
5) Qoratosh; 6) Marjonbuloq
A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 4 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5
20. Boshqaruv shakliga ko‘ra qaysi davlat
parlamentlik respublikasi hisoblanadi?
A) Isroil B) Rossiya C) Chexiya
D) Indoneziya
21. Urbanizatsiya darajasi 90-100% ga teng bo‘lgan
davlatlarni belgilang.
1) Argentina, 2) Daniya, 3) Qatar, 4) Italiya,
5) Urugvay, 6) Avstriya, 7) Koreya respublikasi
A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 7 C) 4, 6, 7 D) 1, 3, 5
22. Aholisining milliy tarkibiga ko‘ra bir millatli
davlatlar guruhini belgilang.
A) Polsha, Somali B) Shvetsariya, Jazoir
C) Finlandiya, Rossiya D) Filippin, Ispaniya
23. Polsha janubdan qaysi davlat bilan chegaradosh?
A) Serbiya B) Avstriya C) Makedoniya
D) Slovakiya
24. Yevropaning qaysi davlatlaridan simob rudalari
qazib olinadi?
A) Polsha, Bolgariya B) Ruminiya, Vengriya
C) Ukraina, Italiya D) Fransiya, Belgiya
25. Osiyodagi qaysi davlatlar o‘z taraqqiyot yo‘lini
belgilashda G‘arb mamlakatlari tajribasini dastur
qilib olgan?
1) Koreya respublikasi, 2) Isroil, 3) Singapur,
4) Kipr, 5) Tailand, 6) Turkiya, 7) Indoneziya,
8) Malayziya.
A) 1, 3, 7 B) 2, 4, 6 C) 3, 7, 8 D) 1, 3, 5
26. Kanberra shahrining geografik koordinatasi 35◦
j.k. va 149◦
shq.u. Bu shahar nechanchi soat
mintaqasida joylashgan?
A) O‘n ikkinchi B) O‘ninchi C) O‘n birinchi
D) Sakkizinchi
27. Polineziya tarkibiga kiruvchi orollarni aniqlang.
A)Samoa, Gavayi
B)Yangi Gebrid, Mariana
C)Marshal, Karolina
D)Gilbert, Yangi Kaledoniya
28. Quyidagi qaysi davlatlar ikki okean akvatoriyasiga
chiqish yo‘liga ega?
A) Kanada, Lesoto B) Panama, Burundi
C) Gonduras, Kosta-Rika D) Isroil, Boliviya
29. Yer yuzasi qirg‘oqlarining cho‘kishi natijasida
qaysi davlatda yirik to‘g‘onlar qurilib, to‘g‘onning
balandligi har yili orttirilib turiladi?
A) Islandiya B) Yangi Zelandiya
C) Niderlandiya D) Meksika
30. Kuchli siyosiy markaz bo‘lib hisoblangan qaysi
imperiya davlatlari Versal geosiyosiy bosqichida
inqirozga yuz tutdi?
1) Avstriya-Vengriya, 2) Buyuk Britaniya,
3) Rossiya, 4) Turkiya, 5) Italiya, 6) Germaniya,
7) Fransiya
A) 2, 5, 6, 7 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 5, 6
D) 2, 3, 6, 7
Dostları ilə paylaş: |