1-Лаборатория иши



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Nazorat savollari: 
1. Kataklastik metamorfizm qanday ro„y beradi? 
2. Kataklastik metamorfizm jinslariga misollar keltiring.
3. Ultrametamorfizm va granitizatsiya jarayonini tushuntirib bering. 
4. Inyeksion gneyslar qanday hosil bo„ladi? 


135 
16-amaliy mashg‘ulot 
Geologik xaritalar, ularning turlari va shartli belgilari 
Geologiya xaritalari
Yer yuzasining geologik tuzilishini tasvirlovchi 
hujjatdir. Xaritalar dalada o„tkaziladigan geologik tekshiruvlardan 
yig„ilgan hujjatlarni topografik xaritaga tushirish asosida tuziladi. Hozir 
umumiy xalqaro nomenklatura asosida geologik xarita tuzish qabul 
qilingan. Geologik xaritalar masshtabiga qarab bir necha turga bo„linadi: 
Obzorli xaritalar (1:2500000 va undan kichikrog„i, 1:5000000, 
1:7500000, 1:10000000). Bu xaritalarda territoriyalar topografik jihatdan 
ancha umumlashtirilib, geologik tuzilishi to„g„risida ma‟lumot beriladi. 
Kichik masshtabli xaritalar (1:1000000, 1:500000 va undan 
kichikrog„i) - katta keng territoriyalarning, ayrim davlatlarning geologik 
tuzilishi to„g„risida ma‟lumot beradi. Kichik masshtabli xaritalarning 
topografiya asosi odatda juda soddalashtirilgan bo„ladi.
O„rta masshtabli xaritalar (1:200000, 1:100000) ayrim territoriya 
geologiyasining 
asosiy 
tomonlarini 
tasvirlovchi 
geologik 
xarita 
hisoblanadi va bu xarita asosida qazilma konlarini qidirish ishlari 
rejalashtiriladi. O„rtacha bo„lgan territoriyalarda tarqalgan stratigrafik va 
tektonik elementlar, magmatik jinslar, foydali qazilmalar tasvirlanadi. 
Yirik masshtabli xaritalar (1:50000, 1:25000) ham aniq topografik 
xarita asosida tuziladi. Bu xaritada foydali qazilmaning topilish 
istiqbollari, aniqlangan rayonning mukammal geologik tuzilishi, qishloq 
xo„jaligining o„zlashtirilishi, shahar, idora, gidrotexnik qurilishlarning 
istiqbollari aniqlangan bo„ladi. Yirik masshtabli xaritalar faqat yer 
yuzining geologik tuzilishinigina emas, yerning chuqur qismi to„g„risida 
ham ma‟lumotlar olishga imkoniyatlar berishi lozim. 


136 
Mukammal geologik xaritalar (1:10000 va undan kattarog„i) maxsus 
topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritalarda ayrim foydali qazilma 
jinslarning yotishi, tarqalish qonuniyatlari to„liq ifodalanadi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə