1-Лаборатория иши


Qatlamlarning gorizontal va qiya holatda yotishi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Qatlamlarning gorizontal va qiya holatda yotishi 
Qatlam - cho„kindi tog„ jinslari joylashishining asosiy shakli. 
Qatlamning tarkibi bir xil bo„lib, bir-biriga deyarli parallel yuzalar bilan 
chegaralanadi. Qalinligi uzunligiga nisbatan kam. Normal yotganda yuqori 
qatlam ostki qatlamga qaraganda yosh bo„ladi. Tog„ jinslarining bunday 
yotishini normal stratigrafik joylanish deb ataladi. Ayrim hollarda qatlam 


148 
o„rniga tabaqa (plast) ham ishlatiladi. Bu atama foydali qazilmalarning 
yotish shakliga taalluqli. Masalan, ko„mir, boksit va ohaktosh konlari). 
Qat-qatlik - cho„kindi tog„ jinslarining yupqa qatlamlaridan yoki 
ularning guruhlaridan hosil bo„lgan bir qiyofali bir qancha qatlamlardan 
iborat bo„lib, bir-biriga nisbatan parallel yotadi. 
Odatda qatlamlarning ikki yuzasi chegaralangan bo„ladi. 
Qatlamning ostki yuzasi - tubi, yuqori yuzasi tepasi deyiladi. Qatlamlar 
haqiqiy, ko„ringan, to„liqsiz qalinlikka ega. Qatlamning tepasi bilan tubi 
orasidagi eng qisqa masofa uning haqiqiy qalinligi hisoblanadi. 
Qatlamning tubi va tepasi orasidagi har qanaqa masofa ko„rinib turgan 
qalinlikni belgilaydi. Ayrim hollarda qatlamning faqat tubi yoki tepasi va 
qatlamning biror qismi ochilib qoladi. Bunday hollarda qatlamning 
to„liqsiz qalinligi aniqlanadi. 
Qat-qatlik shakllari. Qat-qatlik o„rganilganda ularning shakllariga va 
qalinliklariga ahamiyat beriladi. Qat-qatlik parallel, to„lqinsimon, 
linzasimon va qiyshiq shakllarga bo„linadi. Parallel qat-qatlik - cho„kindi 
yuzasining tuzilishi deyarli tekislikka yaqin. 
To„lqinsimon qat-qatliqda - cho„kindi yuzasi to„lqinsimon - egri-bugri 
bo„ladi. 
Linzasimon qat-qatlikda cho„kindi qatlam shakllarining har xil bo„lishi 
va ayrim qatlam qalinliklarining o„zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. 
Qatlamlarning gorizontal joylashishiga katta maydonlarda qat-qatlanish 
yuzasining hamma vaqt gorizontal yoki shunga yaqin holatda yotishi 
xarakterlidir. 
Ayrim hollarda qatlamlarning qiyaligi 1-3° bo„lishi (yotishi) mumkin. 


149 
Har xil yoshdagi gorizontal qatlamlar maydonini topografiya 
xaritalarida aks ettiruvchi chegara chiziqlarini o„tkazish ancha oson bo„lib, 
gorizontal yotuvchi qatlamlar chegarasi relyef gorizontlariga mos keladi. 
Gorizontlarning balandlik ko„rsatkichlari aniq bo„lsa, qatlamlar qalinligini 
oson hisoblab chiqish mumkin. 
Relyefi deyarli tekis va qatlamlari gorizontal yotgan bo„lsa, ular 
xaritada yer yuzasiga yaqin qatlamlar rangida tasvirlanadi. Faqat daryo 
vodiylari bo„ylabgina qadimgi jinslarning yer yuzasiga chiqqan joylari 
yo„l-yo„l tarzida ko„rinib turadi. Suv ayirgichlarda esa ancha yosh 
jinslarning chegarasi yaqqol ko„rinib turadi. 
Bir tomonga yotiq qatlamlar xaritada shu qatlamning nishabi bo„ylab 
qadimgi jinslardan yosh jinslarga tomon almashib boruvchi polosalar 
tarzida tasvirlanadi. Xaritadagi bu polosaning qalinligi qatlamlarning 
qalinligidan tashqari, qiyalik burchagiga ham bog„liq. 
Gorizontal joylashgan qatlamlarning haqiqiy qalinligi qatlamning 
yuqori yuzasi - tepasi bilan ostki tubi orasidagi masofa hisoblanadi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə