1-Лаборатория иши


Stratigrafiya ustunini tuzish usullari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Stratigrafiya ustunini tuzish usullari
Stratigrafiya ustuni - o„rta, yirik va mukammal geologiya xaritalaridan 
bir necha yo„nalish bo„yicha tuzilgan qismlar orqali aniqlangach, qatlam-
larning haqiqiy qalinligi grafik usulda tasvirlanadi. 
Stratigrafiya ustuni tik va to„g„ri burchakli shaklda tuzilib, uning chap 
tomonidan o„ngga qarab yotqiziqlarning geologik vaqtlari - guruh, sistema, 
bo„lim, yarus, indeks, tog„ jinslarining shartli belgilari, qalinligi, tog„ jin-
slarining ta‟rifi va organizmlar qoldiqlari, fizik xossalari ko„rsatiladi. 
Shundan keyin ustunda yotish munosabatlariga qarab eng qari tog„ jinslar 
ostida va yoshlari esa ustida ketma-ket joylashtirilib, har bir 
bo„linmalarning yoshlariga qarab rangli va shtrixli belgilar bilan 
tasvirlanadi. 


147 
Stratigrafiya ustuni masshtabi xaritaning tik ramkasidan oshmasligi 
kerak. Odatda ustunning umumiy tik uzunligi 40-50 sm qilib olinadi. 
Stratigrafiya ustunida mos yotgan bo„linmalar to„g„ri chiziq, nomos yotgan 
bo„linmalar to„lqinsimon qilib belgilanadi. 
Stratigrafiya bo„linmalarining bir-biriga munosabati tushunarsiz bo„lsa, 
ular ustunda ikki parallel chiziq bilan chegaralanib, 4 mm oraliq qoldiriladi 
va ichiga so„roq belgisi qo„yiladi. Agar bo„linmalarning qalinligi juda 
kichik bo„lgan holda, ular ustunda masshtabsiz tasvirlanadi. 
Xarita ramkasidan tashqarida berilgan yozuv, grafika va sxemalar 
yordamchi elementlar hisoblanadi. 
Yirik va mukammal xarita varag„ining chap tomoniga stratigrafiya 
ustuni, o„ng tomoniga shartli belgilar, tagiga esa xarita masshtabida 
geologik kesimi joylashtiriladi. 
Nazorat savollari: 
1. Topografik xarita deganda nimani tushunasiz? 
2. Izogips deganda nimani tushunasiz? 
3. Stratigrafik ustun nima? 
4. Relyefning dengiz sathi bilan barobar bo„lgan qismi qanday
belgilanadi? 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə