1-Лаборатория иши


Geologik kesimni tuzish usullari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Geologik kesimni tuzish usullari 
Geologiya xaritalari har doim geologiya kesimi bilan kuzatiladi. 
Xaritada tasvirlanayotgan har xil turdagi qatlamlarning tarqalish 
qonuniyatlarini, yotish shakllarini, o„zaro munosabatlarini, joylarning 
relyefini to„liq ifodalash maqsadida geologiya kesimi tuziladi. 
Geologiya kesimi (2-rasm) yer po„stlog„ini fikran berilgan chiziq 
bo„yicha (vertikal) kesim orqali paydo bo„lgan tekislikdagi geologik 
tuzilishning tasviri hisoblanadi. 
Geologiya kesimini tuzish uchun xaritalarning eng baland va eng past 
nuqtalarini o„z ichiga oladigan tuzilish to„g„risida to„liq ma‟lumot 
beradigan bir nechta yo„nalishlar belgilanadi. Odatda geologiya kesimlari 
tog„ jinslarining yo„nalishiga ko„ndalang qilib, ayrim hollarda esa biror 
burchak asosida tuziladi. 
Geologiya kesimini tuzish uchun belgilangan yo„nalishdagi ikki nuqta 
geologiya xaritasida to„g„ri chiziq bilan tutashtiriladi. Bu kesma 
chizig„ining har ikkala uchi A-A harfi yoki 1-1 raqami bilan ifodalanadi. 
Geologiya kesimini tuzish uchun topografiya asosi tushirilgan qog„oz 
varag„i geologiya xaritasidagi kesim chizig„i ustiga qo„yiladi. Keyin 
qog„ozning chap yoki o„ng chetidan boshlab xaritada mavjud bo„lgan 
hamma stratigrafiya bo„linmalari orasidagi chegaralar aniqlanadi. 
Chegaralangan qatlamlar orasiga yoshni ifodalovchi indeks qo„yiladi. 
Shundan so„ng qatlamlar qiyalik burchagi bo„yicha yotqiziladi. 


145 
2-rasm. Geologiya xaritasi va kesimi. Masshtab 1:1000 
Agar geologiya xaritalarida yosh qatlamlar gorizontal yotgan bo„lsa, yer 
yuziga chiqib turgan qatlamning balandlik nuqtasi asosida uning bir 
tomonidan ikkinchi tomoniga qarab to„g„ri chiziq bilan birlashtiriladi. 
Bunday hollarda yosh jinsli qatlamlarning tepasini va ularning haqiqiy 
qalinligini aniqlash juda qiyin. Geologiya kesimida mos, nomos cho„kindi 
jinslar chegaralari bir xil yalpi chiziq bilan ifodalanadi. 
Burmalarni geologiya kesimida tasvirlash ancha murakkab. Antiklinal 
va sinklinal burmalarning orasidagi farq, ulardagi qatlamlarning 
joylashishidir. Odatda sinklinal burmalar o„zagi qanotlariga nisbatan yosh 
jinslar, antiklinal burmalar o„zagida qari, qanotlarida yoshroq jinslar 
yotadi. Burmalarni geologik kesimda ifodalash uchun dastlab burma 
asosida joylashgan qatlamlar tasvirlanib, keyin ular bo„yicha boshqa 
qatlamlar chiziladi. Har xil turdagi yoriqlar odatda geologik kesimda 
berilgan qiyalik burchagi bilan yotqizilib, qizil to„g„ri chiziq bilan 


146 
belgilanadi. Xaritalar yoriqlarning yotish elementlari berilmagan holda 
grafik yo„li bilan hisoblanadi. 
Geologiya kesimida intruziv jinslarning mos va nomos yotish shakllari 
to„lqinsimon qilib ifodalanadi. Kichik shakldagi intruziv jinslar chegarasi 
to„lqinsimon, daykalar parallel devorli to„g„ri chiziq, sillar esa 
qatlamchalar yo„nalishiga parallel holda tasvirlanadi. Geologiya kesimida 
yoshi va tarkibi har xil bo„lgan intruziv jinslar alohida tasvirlanib, ular bir-
biridan farqlanishi kerak. 
Geologiya kesimini tuzishda geologiya va geofizika kuzatishlaridan, 
burg„ilashdan olingan ma‟lumotlardan foydalaniladi. 
Geologiya kesimida tasvirlangan har bir qatlam yoshiga mos keladigan 
rang yoki shartli belgilar (shtrix) bilan ifodalanadi. Geologiya kesimi 
xaritalarni har tomonlama to„ldiradi va oydinlashtiradi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə