1-Лаборатория иши


Qatlamning qiya holatda yotishi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Qatlamning qiya holatda yotishi 
Qatlamning qiya joylashishi tektonika buzilishining eng oddiy turi 
hisoblanadi. 
Qatlamning ma‟lum bir maydonda bir tomonga nishab tortishi va 
doimiy bir xil qiya burchakka ega bo„lishi qiya yoki monoklinal yotishi 
deyiladi.Agar bunday qiya yotishlar uzoq masofalarga cho„zilsa, 
monoklinal struktura to„g„risida fikr yuritiladi yoki mustaqil monoklinal 
struktura ajratiladi. 
Monoklinal yotishlar burma qanotlarini va fleksuralarni o„rganish 
jarayonlarida ham kuzatiladi. 


150 
Qatlamlarning yotish elementlari 
(3-rasm)
.
Qatlamning asosiy 
tavsiflaridan biri uning yotish holatidir. 
Qatlamning fazoda joylashishi uning yotish elementlari bilan 
aniqlanadi. Bu tushunchaga qatlamning quyidagi yotish holatlari kiradi: 
1. Yo„nalish - yerning gorizontal tekisligida qatlamning yo„nalishi. 
2. Qatlamning yo„nalish chizig„i - qatlam tagi yoki ustki yuzasi bilan 
gorizontal tekislikning uchrashgan chizig„i. 
Qatlam yuzasida bunday chiziqlar behisob bo„lishi mumkin (1 chiziqlar 
ab, a
1
, b
1
, a
2
, b
2
) ular bir-biridan balandlik belgilari bilan farqlanadi. 
3. Yo„nalish azimuti chizig„i-magnit meridiani bilan qatlam yo„nalishi 
o„rtasidagi gorizontal burchak. Azimut yo„nalishi 0° dan 360° gacha 
o„zgarishi mumkin (P, a
2
). 
4. Qatlamning tushishi (egilishi) - qatlamning gorizontal tekislikka 
nisbatan bir tomonga egilib yotishi. 
5. Qatlamning yotish chizig„i - qatlam yo„nalish chizig„iga nisbatan tik 
bo„lgan qatlam tekisligiga joylashib, uning qaysi tomonga yotishini 
ko„rsatuvchi chiziq (1-chiziq d, e). 
6. Qatlamning yotish azimuti - bu yotish chizig„ining gorizontal 
proyeksiyasi va meridianining shimoliy chizig„i orasidagi o„ng burchak. 
Yotish azimuti qatlamning yotish sharoitiga qarab 0° dan 360° gacha 
o„zgarishi mumkin. Qatlamning yo„nalish chizig„i va yotishi bir-biriga tik, 
ularning azimuti 90° bilan farqlanadi. 
Qatlamning yotish azimutini aniqlab, yo„nalish azimutini hisoblash 
mumkin. Bunda yotish azimut qiymatiga 90° qo„shiladi yoki ayriladi. 
7. Qatlamning yotish burchagi - gorizontal tekislik bilan qatlam 
burilishi o„rtasidagi hosil bo„lgan burchak (1-burchaklar: α va ß). 


151 
Qatlamning yotish burchagi 0° dan 90° gacha bo„ladi. Qatlamlarning 
yotish elementlari geologiya xaritasiga tog„ kompasi va transportir 
yordamida tushiriladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə