1-Лаборатория иши



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Nazorat savollari: 
1. Tog„ kompasi qanday tuzilgan? 
2. Limb degani nima? 
3. Kompasda azimutlar qanday belgilangan? 
4. Qatlamning yotish azimuti qanday o„lchanadi? 
5. Yo„nalish azimuti deganda nimani tushunasiz? 
18-amaliy mashg‘ulot 
Geoxronologik jadval 
1881 yilda Balonya shahrida bo„lib o„tgan 2-xalqaro geologik 
kongressda asosiy stratigrafik bo„limlar tasdiqlangan. Bu geoxronologik 
jadvalda (6-jadval) Yer tarixi to„rtta eraga bo„lindi va ularni quyidagi 
nomlar bilan atash taklif qilindi: Arxey, Paleozoy, Mezazoy, Kaynazoy. 


154 
Keyinchalik 1887 yilda Arxey erasi tarkibidan Proterazoy erasi ajratildi. 
Hozirgi vaqtda geoxronolik jadval quyida keltirilgan jadval ko„rinishiga 
ega. Davrlarning nomi aniqlangan joyning nomi bilan atalgan. Ma‟lum bir 
era davomida hosil bo„lgan Cho„kindilar qatlami esa 
sistema
(davr) 
deyiladi. Geoxronologik birlik sifatida era va eraning bo„laklari qilib 
davrlar qabul qilingan. Davr o„z navbatida bir necha mayda bo„limlarga, 
ular yaruslarga bo„linadi. Geoxronologik jadvalning yarusgacha bo„lgan 
qismi umumjahon ahamiyatiga ega bo„lib, hamma yerda bir xil nomlanadi. 
Eralar tubandagilardan iborat: 
Arxey erasi
- bu erada Yerda ham hayvon organizmlari ham, o„simlik 
organizmlari ham bo„lmagan. 
Proterozoy erasi
- bu erada noaniq qoldiqlar va bevosita belgilar
bo„yicha boshlang„ich organizmlar yashagan bo„lishi mumkin. 
Paleozoy erasi
- unda hozirgilardan juda kam farq qiladigan, lekin 
ancha Yuqori tuzilgan o„simlik va hayvonlar bo„lgan. 
Mezozoy erasi
- unda mukammal tuzilgan o„simlik va hayvonlar 
bo„lgan. 
Kaynozoy erasi
- bu erada o„simlik va hayvonlar hozirgilarga borgan 
sari o„xshab boradi. 
Arxey, proterozoy eralari to„liq o„rganilmaganligi uchun biz paleozoy 
erasidan boshlab davrlarni o„rganamiz. Bu era olti davrdan iborat: 
1.Kembriy; 2.Ordovik; 3.Silur; 4.Devon; 5.Toshko„mir; 6. Perm. 
Mezozoy erasida davrlar uchga bo„lingan: 1.Trias; 2.Yura; 3.Bo„r. 
Kaynozoy erasida ham uchta: 1. Paleogen; 2.Neogen; 3.Antropogen.
Paleozoy erasidagi kembriy, silur, devon va perm davrlarining nomlari 
shu davrlarga xarakterli bo„lgan qatlamlar va organizmlar birinchi marta 


155 
ta‟riflangan joylarning nomlaridan kelib chiqqan. Toshko„mir davri Yer 
tarixida birinchi marta toshko„mir konlari, jumladan, Donesk va Moskva 
yoni ko„mir havzalarini hosil qilgan juda ko„p o„simliklar paydo bo„lgan 
davr nomi bilan ataladi. 
Mezozoy erasidagi trias davri shu davr qatlamlari jinslarining tarkibiga 
ko„ra keskin uch bo„limga (trias - uchtalik degan so„z) bo„linganligi uchun 
shunday nom olgan. Yura davri esa shu davrga tegishli bo„lgan qatlamlar 
birinchi marta ta‟riflangan sharqiy Fransiyadagi Yura tog„i nomi bilan 
ataladi. 
Bo„r davri o„z nomini shu davrda juda ko„p miqdorda hosil bo„lgan tog„ 
jinsidan olgan. Qidiruvchi parmalashning ma‟lumotiga ko„ra, shimoliy 
Ukrainada bo„r qatlamining qalinligi 500m dan ortiqdir. 
Kaynozoy erasining davrlari o„z nomlaridan shu eraning hayvonot 
xususiyatlarini ifodalaydi. Bu paleogen davridayoq umurtqali sut 
emizuvchilarning qoldiqlarini uchratamiz, lekin ular butunlay qirilib bitgan 
va nihoyat, antropogen davridan boshlab odam yashay boshlagan. 


156 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə