1-Лаборатория иши



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Nazorat savollari: 
1. Kichik masshtabli xaritalarga qanday xaritalar kiradi? 
2. Geologik xaritalarning qanday turlarini bilasiz? 
3. Gidrogeologik xaritalarda nimalar ko„rsatiladi? 
4. Shartli belgilarning qanday turlari bor? 
5. Geologik xaritalarda intruziv jinslar qanday rang bilan bo„yaladi? 
 
17-amaliy mashg‘ulot 
Topografik, geologik kesma va stratigrafik ustun tuzish usullari 
Relyefi gorizontallar bilan tasvirlangan xaritalardan geologik kesim 
tuzish uchun kesimning topografiya (1-rasm) asosi chizib chiqiladi. 
Gorizontal masshtab uchun xarita masshtabini asos qilib olish mumkin. 
Agar tog„ jinsi qatlamlari yupqa va egilish burchaklari kichik qiyalikni 
tashkil qilsa, vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan 10-12 
marta yirik qilib olinadi. 
Ayrim hollarda burmalarning yotish shakllari o„zgarib ketmasligi uchun 
kesimning vertikal masshtabi o„zgartirilmaydi. Bunday sharoitda vertikal 
va gorizontal masshtablar bir xil bo„ladi. Topografiya asosni tuzish uchun 
xaritada berilgan A-A kesim chizig„i ustiga millimetrlangan qog„oz 
qo„yiladi, keyin qog„ozning kesim chizig„i ustidagi gorizontallar bilan 
kesishgan joyi belgilanadi. Bu nuqtalarning mutlaq balandliklarini aniqlab, 
qog„ozga yozib qo„yiladi. 


143 
 
1-rasm. Topografiya xaritasidan A - A chizig‘i bo‘yicha topografiya 
kesimi. 
Relyefning dengiz sathi bilan barobar bo„lgan joylari mutlaq nolinchi 
chiziqda bo„ladi. Ko„pincha kesim belgilari mutlaq noldan ancha baland 
bo„ladi. Shuning uchun, nolinchi chiziqqa joyning kesim o„tgan eng past 
nuqtasi tushiriladi. 
Xaritaning masshtabi 1:25000, gorizontallar orasi 25 m dan oshib 
boradi. Kesimdagi nolinchi chiziq (A-A) ning chap tomoniga 
chizg„ichdagiga o„xshash darajalarga bo„lingan masshtab tuziladi. Bu 
masshtab darajalari xarita masshtabidagi gorizontallar kesmasiga teng 
bo„lishi kerak. Kesim chizig„ining keyingi qismi kesim chiziqlarining 
xaritadagi gorizontallar bilan kesishgan nuqtalari nolinchi chiziqqa 
tushiriladi. 
Nolinchi chiziqdagi har bir nuqtaning qancha balandlikni ko„rsatishini 
bilgandan keyin, vertikal masshtabdan foydalanib, ularni noldan yuqoriga 
tegishli balandlikka ko„tariladi. 


144 
Keyin hosil bo„lgan hamma nuqtalarni to„g„ri chiziq bilan birin-ketin 
o„zaro tutashtiriladi va natijada geologiya kesimi uchun topografik asosga 
ega bo„lamiz. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə