1-Лаборатория иши



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Tektonik xaritalar.
Yer po„sti ayrim regionlarining tektonikasini, 
ularning taraqqiyot bosqichlarining rivojlanish qonuniyatlarini, turli tog„ 
yotqiziqlarini va ularning yotish sharoitlarini tasvirlaydi. Tektonik xarita 
foydali qazilmalarni qidirish va ularni qazib olishda katta ahamiyatga ega. 
Geomorfologik xaritalar.
Yer yuzining relyefi, tashqi qiyofasi 
(shakli)ni kelib chiqishi, yoshi, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va 
tarqalish qonuniyatlarini ifodalaydi. Geomorfologiya ma‟lumotlari orqali 
foydali qazilma konlarini (sochilma konlar) topishga, sanoat, fuqaro, 
gidroenergetik inshootlarini, avtomobil yo„llari va dengiz portlarini 
loyihalashda, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini to„liq 
tasvirlaydi. 
Gidrogeologik xaritalar.
Yer osti suvlarining sifati (ta‟mi, hidi, 
chuqurligi, sho„rligi va boshqalar), yer yuzasidan pastdagi suvli qatlam 
havzasining suv berish xususiyatlari, zaxirasi, kimyoviy tarkibi, miqdori, 
manbai va joylashish sharoitlari, yer osti suvlarining turi (grunt, artezian, 
qatlamlararo, ariq va karst suvlari) aks ettiriladi. Gidrogeologik xaritalarda 
yer osti suvlarining xalq xo„jaligiga beradigan foydasi va zarari 
oydinlashtiriladi. Yer osti suvlarini qidirish, miqdorini aniqlash, sug„orish, 
sanoat korxonalari ehtiyojini qondirishdagi o„rni aniqlanadi. 


138 
Muhandislik geologiyasi xaritalari.
Bu xaritalarda har xil fizik va 
mexanik xususiyatlarga ega bo„lgan tog„ jinslarining tarqalish 
qonuniyatlari ifodalanadi. 
Gidrokimiyoviy xaritalar.
Suvlarning kimyoviy tarkibini, ulardagi 
tuzlarning miqdorini, grunt, artezian, mineral suvlarning xususiyatlarini va 
joylashishini aks ettiradi. Yer osti suvlarida radioaktiv elementlarning 
migratsiyasini ham tasvirlaydi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə