1-Лаборатория иши


Geologiya xaritalarining turlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Geologiya xaritalarining turlari 
Hozirgi geologik xaritalarda ayrim rayonlarning to„liq geologik 
tuzilishi, yoshi, tarkibi, tog„ jinslarining tarqalish qonuniyatlari, paydo 
bo„lish tarixi, tektonikasi, geomorfologiyasi, gidrogeologiyasi va foydali 
qazilmalari tasvirlanadi. O„rganilmoqchi bo„lgan rayonda qilinadigan 
ishning maqsadiga qarab har xil turdagi xaritalar tuziladi. 
To‘rtlamchi davr xaritasi
- kaynozoy erasining oxiri, hozirgi vaqtda 
ham davom etayotgan to„rtlamchi davrda hosil bo„lgan va qadimgi tub 
jinslarni yopib turuvchi yosh jinslarni tasvirlaydi. Bu jinslar xaritalarda 
yoshiga, tarkibiga qarab joylashtiriladi. To„rtlamchi davr xaritasini 
o„rganish xalq xo„jaligida katta ahamiyatga egadir. Bu xaritalar 
ma‟lumotlariga qarab tuproqlarning fizik-mexanik xossalarini, kimyoviy 
tarkibini, tuproqlarning unumdorligini, eroziya va sho„rlanish kabi salbiy 
jarayonlarni aniqlash mumkin. 
Geologik xaritalar.
Geologiya xaritalarida yer qobig„ining ayrim 
maydonlari geologik tuzilishi, jinslarning paydo bo„lish va yotish shakllari, 
har xil turdagi tog„ jinslarining o„zaro chegaralari, ularning bir-biriga 
nisbatan munosabatlari, yoshlari, fizik xossalari, tektonika strukturalari 
(burma, yoriq va darzliklar), foydali qazilma uyumlari, ularning mineral 
tarkibi, o„simlik va hayvonot qoldiqlari to„liq ifodalanadi. 
Geologiya xaritalarida geofizika, burg„ilash, kosmo- va aerofotosurat 
hujjatlari o„z aksini topadi. Geologik xarita aniqligi hujjatlarning 
mufassalligi va xaritaning maqsadiga qarab har xil masshtabda tuziladi. 


137 
Litologik-petrografik xaritalar
. Tog„ jinslarining tarkibiy qismini, 
paydo bo„lish sharoitlarini, o„zgarish jarayonlarini ifodalaydi. 
Cho„kindi jinslar va ular bilan bog„liq bo„lgan yoki birga uchraydigan 
foydali qazilmalarning paydo bo„lishidagi shart-sharoitlar, ularning kon 
sifatida shakllanishi, joylashish qonuniyatlarini aniqlab, mamlakatimizning 
foydali qazilmalarga bo„lgan ehtiyojini ta‟minlashda litologik xaritalarning 
ahamiyati kattadir. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə