1-Лаборатория иши



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Bashoratlash xaritalari
. Bu xaritalar ikki xil bo„ladi: 
Endogen (magma jinslar bilan bog„liq yoki ularning ta‟sirida hamda 
metamorfizm natijasida hosil bo„lgan konlar xaritasi) va ekzogen 
(cho„kindi jinslar bilan bog„liq bo„lgan yoki yer yuzida sodir bo„ladigan 
konlar xaritasi). 
Xaritalarda ma‟dan konlari shartli belgilar bilan ifodalanadi. Bu belgilar 
konlarning hosil bo„lish sharoitlarini, xilini, yoshini, foydali va 
foydasizligini aniq tasvirlaydi. 
Foydali qazilmalar xaritasi
- foydali qazilmalarning yer yuzida 
tarqalishini, paydo bo„lish sharoitlarini ifodalaydi. 
Geofizik xaritalar
. Yer yuzida tarqalgan tog„ jinslari va foydali 
qazilmalarning fizik xossalarini (magnitligi, radioaktivligi, zichligi, 
qiyshiqligi, tok o„tkazuvchanligi) va ularda sodir bo„ladigan har xil 
jarayonlarni tasvirlaydi. Geofizik xarita o„rganilmoqchi bo„lgan rayonning 
geologik tuzilishini va foydali qazilma konlarini izlab topishga yordam 
beradi. 
Geologiya xaritalarining shartli belgilari 
Geologiya xaritalarining eng muhim tarkibiy qismi ularning shartli 
belgilaridir. Geologik xarita, kesim, stratigrafik ustun tuzishda shartli 


139 
belgilardan foydalaniladi. Chunki ularda tasvirlangan tog„ jinslarining 
nomi, yoshi, tarkibi, paydo bo„lish sharoitlari, yotish elementlari, qatlam 
chegaralari, mos va mos emas yotishlari, burma va yoriqlar turlari, 
topografiya ma‟lumotlari shartli belgilar bilan ifodalanadi. 
Shartli belgilar asosan: rangli, shtrixli (ingichka chiziq), harf va raqamli 
bo„ladi. 
Rangli belgilar - cho„kindi, vulqon, metamorflashgan jinslarning yoshi, 
intruziv jinslarning tarkibi ifodalanadi. 
Shtrixli belgilar - tog„ jinslarining tarkibi, ayrim holda yoshi 
tasvirlanadi. 
Harfli va raqamli belgilar - tog„ jinslarinig yoshi va paydo bo„lishi harf 
yoki raqam (indeks) bilan belgilanadi. 
Tuziladigan xaritalarning tur va maqsadiga qarab, shartli belgilarni 
tanlash aniq tartib asosida bo„ladi. 
Chiqariladigan geologiya xaritalariga o„tgan davr qatlamlari yoshiga 
qarab quyidagi ranglar belgilangan. 
To„rtlamchi davr (Q) - nim sarg„ish; 
Neogen davri (N) - och-sariq; 
Paleogen davri ( )- zarg„aldoq rang (to„q-sariq); 
Bo„r davri (K) - yashil; 
Yura davri (I) - havorang, ko„k; 
Trias davri (T) - och-binafsha; 
Perm davri (P) - g„isht-qizil rang; 
Toshko„mir davri (C) - kulrang; 
Devon davri (D) - jigarrang; 
Silur davri (S) - yashilrang; 


140 
Ordovik davri (O) - to„q-yashil; 
Kembriy davri (Є) - binafsha rang; 
Tokembriy davri (AR, PR, R) - pushti rang. 
Ularda qari qatlamlar odatda to„q, yosh qatlamlar esa och ranglarda 
beriladi. Ayrim hollarda rangli va shtrixli belgilar birgalikda qo„llaniladi. 
Rangli, shtrixli, harfli va raqamli belgilarning to„liq izohi odatda 
geologiya xaritalari shartli belgisida (legendasida) beriladi. Xarita shartli 
belgilarida magmatik jinslar odatda eng pastga joylashtiriladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə