1. Litosfera Yerning tosh qobig’i Yerning ichki va tashqi qobiqlari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə6/7
tarix12.04.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#85326
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu

2. Suvning aylanma harakati. Suvning aylanma harakati geografik qobiqda muhim ahamiyatga ega. Suv turli shakllarda tabiatda aylanib yuradi. Suvning aylanib yurishi jarayonida Yer yuzasidagi turli xil relyef shakllari yemiriladi, juda katta miqdorda issiqlik va mineral moddalar bir joydan ikkinchi joyga olib boriladi. Okeanlardan quruqlikka doimo suvni bug’lanib atmosfera orqali kelib turishi natijasida daryolar, ko’llar, botqoqlar, muzlar va yer osti suvlari hosil bo’ladi. (10-rasm).




10-rasm.Dunyo suv zahirasi va tabiatda suvning aylanishi.
Gidrosferadagi suvlar ilgari aytganimizdek mantiyadan moddalarni gravitatsion tabaqalanishi natijasida ajralib chiqqan. Mazkur jarayon hozir ham davom etmoqda. Suvning umumiy hajmi shuning uchun doimo o’sib bormoqda. Ammo shunga qaramasdan suvning ma’lum bir qismlari sarflanib turadi. Geografik qobiqda organik moddalarni hosil bo’lish jarayonida suvning bir qismi organik moddalar tarkibiga o’tgan va suvning yana bir qismi suv elementlarining dissipatsiyasi jarayonida ularni fazoga o’tib ketishi oqibatida yo’qolgan. Atmosferaning 70-100 km. balandligida suv molekulalarini N+ va ON- ga dissotsiatsiyasi ro’y beradi. Vodorod yengil gaz sifatida fazoga uchib ketadi.

Geografik qobiqda suvning harakati turli shakllarda ro’y beradi. Geografik qobiqdagi barcha suv havzalari bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Suv havzalarida doimo turli tezlikda suv almashinib turadi (3-jadval).



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə