1. Litosfera Yerning tosh qobig’i Yerning ichki va tashqi qobiqlari


Yer po’stining tuzilishi va tarkibi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə3/7
tarix12.04.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#85326
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu

Yer po’stining tuzilishi va tarkibi. Yer po’sti tuzilishiga ko’ra quyidagi turga bo’linadi: materik Yer po’sti, okean Yer po’sti va oraliq.

Materik Yer po’sti asosan quruqlikda tarqalgan va uchta qatlamdan iborat:

- cho’kindi qatlam, qalinligi 10 km, cho’kindi jinslardan iborat;

- granitli qatlam, qalinligi 10-15 km, zichligi yuqoridagi qatlamga nisbatan ancha yuqori;

- bazalt qatlami, qalinligi 15-35 km.

Materik Yer po’stining o’rtacha qalinligi 30-40 km., tog’li o’lkalarda esa 70-80 km o’rtacha zichligi 2,7 g\sm 3 .

Okean Yer po’sti ikki qatlamdan iborat:

-cho’kindi qatlam, qalinligi 2-5 km cho’kindi jinslardan iborat;

-bazalt qatlami, qalinligi 5-10 km.

Okean Yer po’stining umumiy qalinligi 6 km dan 10 km. gacha2.

O’tkinchi yoki oraliq yer po’stida materik va okean Yer po’sti xususiyatlari ham uchrab turadi. Bu yerda okean po’stini materik yer po’stiga aylanishi sodir bo’lib turadi.

Yer po’stining tarkibi Yer po’sti ximiyaviy elementlardan, minerallardan va tog’ jinslaridan iborat. Yer po’sti tarkibida quyidagi ximiyaviy elementlar uchraydi: kislorod (47%), kremniy (29,5%), alyuminiy (8,05%), temir (4,65%) kalьtsiy (2,96%), natriy (2 ,5%) kaliy (2,5%), magniy (1,87%), titan (0,45%) va boshqalari-0,52% Demak, Yer po’stida tarqalgan 9-ta asosiy element 99,48% ni tashkil qiladi3.

Ximiyaviy elementlar birlashmasiga mineral deb ataladi. Tog’ jinslari esa bir necha minerallarni tabiiy birikmasidir. Tog’ jinslari monomineralli va polimineralli bo’ladi. Monomineralli tog’ jinslari bitta mineraldan tashkil topadi, masalan, kvarts, kvarts mineralidan iborat. Polimineral tog’ jinslari bir necha minerallardan iborat. Masalan, granit quyidagi minerallardan tashkil topgan: kvarts, ortoklaz, slyuda, dala shpati.

Hosil bo’lish sharoitiga qarab tog’ jinslari uchta katta guruhga bo’linadi:


  1. Magmatik yoki otqindi tog’ jinslari, ular magmaning sovishi va qotishi natijasida hosil bo’ladi.

  2. Cho’kindi jinslar. Ilgari paydo bo’lgan har qanday tog’ jinslarni yemirilishi, maydalanishi va to’planishi va organizmlarni faoliyati ta’sirida paydo bo’ladi

  3. Metamorfik tog’ jinslari, katta chuqurlikda yuqori harorat va bosim ostida jinslarini o’zgarishi tufayli hosil bo’ladi.

Magmatik tog’ jinslari. Magmatik tog’ jinslari yuqorida aytganimizdek magmaning sovishi va qotishi natijasida hosil bo’ladi. Magmaning sovish sharoitiga qarab magmatik tog’ jinslari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

- intruziv yoki chuqurda hosil bo’lgan magmatik tog’ jinslari. Magmaning chuqurda sekin-asta qotishi natijasida hosil bo’ladi. Intruziv tog’ jinslariga granit, gabbro va boshqalar kiradi;

- effuzif magmatik tog’ jinslari. Magmani Yer yuzasida yoki Yer yuzasiga yaqin bo’lgan chuqurlikda qotishi va sovishi natijasida hosil bo’ladi Effuzif tog’ jinslariga bazal’t, liparit, vulkan shishasi va boshqalar kiradi.

Cho’kindi jinslar. Cho’kindi jinslar ilgari paydo bo’lgan jinslarning turli sharoitlarda yemirilishi, nurashi va to’planishi natijasida hosil bo’ladi. CHo’kindi tog’ jinslari kelib chiqishiga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi:

- chaqiq (klastik) jinslar, asosan tog’ jinslarini yemirilishi natijasida hosil bo’ladi;

- kimyoviy tog’ jinslari, qorishmalardan cho’kindilarni cho’kishi va to’planishi natijasida hosil bo’ladi (tuzlar, gips va x.k) ;

- organik (biogen) tog’ jinslari, o’simlik va hayvonlarning tanalarini o’lgandan keyin to’planishi va o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi (marjonlar, ko’mir, bo’r, ohaktosh)4.

Chaqiq yoki maydalangan (klastik) tog’ jinslari minerallar va tog’ jinslari bo’laklaridan iborat. Bo’laklarning o’lchamiga qarab yirik (>2mm), o’rta (2,0-0,05mm) va mayda (0,05-0,01mm) chaqiq jinslar ajratiladi.

Metamorfik tog’ jinslari. Magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining yuqori harorat va bosim ta’sirida o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Masalan, granit gneysga aylanadi, qumtoshlar kvartsitlarga aylanadi, ohaktosh marmarga aylanadi.

Yer po’sti hajmining juda katta qismini magmatik va metamorfik jinslar tashkil qiladi (90%). Ammo geografik qobiq uchun yupqa cho’kindi qatlam katta axamiyatiga ega. Chunki cho’kindi jinslar bevosita havo va suv bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi va turli xil geografik jarayonlarda faol qatnashadi5.

Cho’kindi qatlamning o’rtacha qalinligi 2,2 km: ammo botiqlarda uning qalinligi 12 km. gacha ortadi, okean tubida esa 400-500 m. ni tashkil qiladi. Geografik qobiqda shimoliy yarim sharda keng tarqalgan lyoss va lyossimon jinslar juda muhim ahamiyati ega. Lyoss va lyossimon jinslar mamlakatimizning tog’ oldi tog’ oralig’idagi vodiylarda va tekisliklarda keng tarqalgan.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə