1-ma’ruza mashg`uloti Mavzu: Fizika fani. Moddiy nuqta kinematikasi. Reja: Fizika fani



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə2/12
tarix13.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#149279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
61a1f7c284d262.19331282

2.Mexanikaviy harakat.
Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi jismning mexanikaviy harakati deb ataladi.



Galiley - Nyutonning mexanikasi klassik mexanika deb ataladi. Klassik mexanika, tezligi yorug’likning vakuumdagi tezligidan sezilarli ravishda kichik tezlikka ega bo’lgan makroskopik jismlarning harakati qonunlarini o’rganadi.
Yorug’lik tezligiga yaqin yoki teng tezliklarga ega bo’lgan mikroskopik jismlar harakati qonunlarini maxsus nisbiylik nazariyasiga asoslangan relyativistik mexanika o’rganadi.

Mexanikaning nisbiy joylashuvi
Mexanika asosan uch qismga bo’linadi:

  1. kinematika; 2) dinamika; 3) statika.

Kinematika – jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini e’tiborga olmay, o’rganadi.
Dinamika – jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini bilgan holda, o’rganadi.
Statikajismlar tizimi, to’plamining muvozanat holati qonunlarini o’rganadi.
3.Moddiy nuqta, absolyut qattiq jism. Fazo va vaqt.
Klassik mexanikada o’rganiladigan eng sodda ob’ekt moddiy nuqta hisoblanadi.
Moddiy nuqta deb, ma’lum massaga ega bo’lgan, o’lchami o’rganiladigan masofalarga nisbatan juda kichik bo’lgan jismga aytiladi.
Moddiy nuqta tushunchasi abstraktdir. Masalan, Yerning o’lchami Quyoshgacha bo’lgan masofaga nisbatan juda kichik bo’lgani uchun, Quyosh atrofidagi harakatida uni moddiy nuqta deb faraz qilish mumkin. Bunda Yerning butun massasi uning geometrik markazida mujassamlangan, deb hisoblanadi.
Jismlar biri-biri bilan o’zaro ta’sirlashganda ularning shakli va o’lchamlari o’zgarishi mumkin.
Har qanday sharoitda deformatsiyalanmaydigan jism absolyut qattiq jismdeb ataladi.
Qattiq jismning qismlari yoki ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarmasdir. Qattiq jismlarning istalgan harakati ilgarilanma va aylanma harakatlar majmuasidan iborat.
Ilgarilanma harakat – bu shunday harakatki, unda harakat qilayotgan jism bilan mustahkam bog’langan istalgan to’g’ri chiziq boshlang’ich holatiga nisbatan parallelligini saqlab qoladi.
Aylanma harakat – bu harakatda jismning barcha nuqtalarining harakat traektoriyalari aylanalardan iborat bo’lib, ularning markazi esa aylanish o’qi deb ataladigan to’g’ri chiziqda yotadi.
Jismlar harakatini tekshirishda, ularning vaziyatini boshqa, shartli ravishda qo’zg’almas deb qabul qilingan jismning holatiga nisbatan aniqlash kerak.
Jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlashga imkon beradigan, qo’zg’almas jism bilan bog’langan koordinatalar tizimi fazoviy sanoq tizimi deb ataladi.

Displacement –Ko’chish


The average velocity is defined as the displacement divided by the time interval
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə