1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


O‘qitish prinsiplari haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə42/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

O‘qitish prinsiplari haqida tushuncha

Maktablarning yaratilishi va rivojlanishi tarixi mobaynida, ayniqsa YA.A.Komenskiy davridan boshlab, o‘quv jarayoni ichki yo‘nalishining asosi ajratib kelindi va uning takomillashib borishi ta’lim samaradorligining oshishiga asos bo‘ldi: «Engil, asosli va ma’qul keladigan qilib o‘qitish kerak», «Qulay va puxta o‘qitish kerak», «SHunday o‘qitish kerakki, bolalar tushunib, ongli o‘zlashtirsin», «Ko‘rgazmali o‘qitish kerak, chunki, buni bola tabiati talab etadi» va h. k.


Natijada bu va boshqa talablarni didaktikaning o‘qitish prinsiplari bo‘limi belgilab berdi. O‘qitish prinsiplari ta’limda asosiy, belgilovchi yo‘nalishni ochib beradi. U o‘quv jarayoni va o‘qituvchi faoliyatining muhim tomonlarini ko‘rsatadi.
O‘qitish prinsiplari - bu, mulohazaga asoslangan tushuncha emas. Balki u o‘qitish amaliyotini umumlashtirish asosida paydo bo‘ladi va unda ob’ektiv qonuniyatlar o‘z ifodasini topadi.
Lekin prinsip tushunchasi, boshqa tushunchalar kabi, fanda zamon, maqsad aniqligiga ko‘ra o‘zgarib boradi. Masalan, YA.A.Komenskiy davrida, sensualizm (hislar) falsafasi nuqtai naearidan, hislar orqali bilishga qarab borishga asoslangan ko‘rgazmalilik birinchi o‘rinda turgan.
Hozirda o‘qitish prinsiplari tarbiya jarayoni bilan yagona dialektik asosga qurilgan. U maktab oldiga qo‘yilgan aniq vazifalarga qarab belgilanadi va unga javob beradi. O‘qitish prinsiplari o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
O‘qitish prinsiplari o‘qitish qoidalaridan farq qiladi. O‘qitish qoidalari o‘qitish prinsiplariga bo‘ysunadi, uni to‘ldiradi, mazmunini oshiradi. Masalan, o‘qitishning faollik prinsipida o‘quvchilarni faol faoliyatga tortish uchun, avvalo, butun sinfga savol berish, so‘ng bitta o‘quvchidan so‘rash kerak. Bu keltirilgan fikr faollik prinsipini amalga oshirishdagi qoidadir.
O‘qitish prinsiplarining rivojlanishi butun o‘qitish jarayonining rivojlanishi bilan bir vaqtda boradi va shunga ko‘ra ularning o‘rni o‘zgarib turadi.
Tarbiya va o‘qitish prinsiplarini qiyoslash shuni ko‘rsatadiki, ushbu prinsiplarning ko‘pchiligi tarbiya jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘libgina qolmay, balki ta’lim jarayoniga ham aloqador. Bu qonuniyatdir. CHunki yagona pedagogik jarayonda tarbiya va ta’lim o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə