1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə45/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

IV. Ko‘rsatmalilik prinsipi


Voqea, hodisa, predmetlar va ular o‘rtasidagi bevosita hamda bavosita bog‘liqliklarni, har bir narsa va jarayonni jonli bilishga qarab etaklaydigan prinsip, bu - ko‘rsatmalilikdir. SHuningdek, ko‘rsatmalilik bilishda konkretlikdan abstraksiyaga, jonli bilishdan mushohada, tafakkur, mantiqiy bilish sari etaklashda alohida o‘rin egallaydi. Uning obrazliligi, jarayon bilan bog‘liqligi mazmun realligida o‘z ifodasini topgan.
SHunga ko‘ra, ko‘rsatmalilik prinsipining asosiy ko‘rinishlarini qarab o‘tamiz:
1. Predmetli va obrazli ko‘rsatmalilik. Bunda narsa,
predmetlarning jonli, maket, mulyaj, modellarini ko‘rsa-
tish va ularning rasmi, tasvirini, grafigini chizib ko‘rsa-
tish.
2. So‘z-obrazli ko‘rsatmalilik. Bunda o‘qituvchi jonli,
ta’sirchan, ma’no beruvchi, tasvirlovchi so‘zlar orqali
o‘quvchilarda mazkur obraz to‘g‘risida tasavvur hosil qilishi
mumkin.
3. SHartli tasviriy ko‘rsatmalilik. Sxemalar, chizmalar, xaritalar, tablitsa, diagrammalar, obrazli ko‘rgazmalilikka qaraganda boshqacha ahamiyat kasb etadi. Buning roli o‘zaro bog‘liqlik, biri-ikkinchisini taqozo etishi, munosabatlarni ko‘rsatishdan iborat. Masalan, ichki yonish dvigateli modelini ko‘rsatish o‘quvchilarda shu jarayon to‘g‘risida konkret tushuncha hosil qilishga imkon bersa, uning sxemasini ko‘rsatish shu jarayonning sodir bo‘lishida o‘zaro bog‘liqlik, ayrim elementlarning o‘zaro harakati, tuzilish prinsipi, harakat jarayoni to‘g‘risidagi tasavvurini boyitadi.
4. Dinamik ko‘rsatmalilik qo‘shimcha jarayonni, hodisa va voqealarni harakatda, rivojlanishda ko‘rsatishi zarur. Masalan, u yoki bu jarayon sodir bo‘lishining boshlanishini, ayrim bosqich va holatda o‘zgarishlar bo‘lishini kuzatish uchun. Buning uchun barcha audiovizual vositalarni (kino, televidenie, videomagnitafon) ishga solish kerak.
Ko‘rgazmalilik prinsipini amalga oshirishda o‘quvchilar tajribalariga, o‘tmish xotira, taassurotlariga tayanish muhimdir. SHu jihatdan olib qaralganda, har bir darsda o‘qituvchi o‘quvchilarning tajribalari, qarashlariga suyanishi muhimdir.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə