1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


V. Bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish prinsipi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə46/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

V. Bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish prinsipi

Mustahkam o‘zlashtirish prinsipi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini xarakterlab beradi va u oldin kashf etilgan haqiqatlarni egallashga yo‘naltirilgan. Bu jarayonni takomillashtirish esa oldin egallangan bilim, ko‘nikma va malakani mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.


Xotira mustahkam o‘zlashtirishning psixologik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xotira jarayonining qonuniy asosi qaytarish, mustahkamlash, oldin o‘zlashtirganlarga yana qaytish, esdan chiqqanlarni qayta esga tushirishdan iborat. SHu bilan birga, mustahkam o‘zlashtirish prinsipi nafakat xotiraga, balki fikrlash, hissiy, irodaviy jarayonlarga ham suyanadi.
Xotira tanlovchi xarakterga ega, chunki xotirada, asosan, eng muhim, hayajonli, ta’sirli, qiziqarli voqea-hodisalar qoladi. Hayajonli, obrazli, rang, tus, ma’no bergan narsa doimo yaxshi esda qoladi.
Hozirgi zamon tadqiqotlari shuni ko‘rsatyaptiki, mustahkam o‘zlashtirish jarayonida aqliy faoliyatning qiyoslash, turlash, analiz, sintez, umumlashtirish usullari muhim rol o‘ynaydi. Bular tez eslab qolishga yordam beradi.
O‘qitish jarayonida xotira rivojlanib boradi. Fikrlashning ko‘rgazmali-obrazli jarayoni asta-sekin fikrlashning mantiqiy jarayoniga qarab boradi.
Amaliyotda qaytarish, mustahkamlash, bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llash jarayonlarida mustahkam o‘zlashtirish prinsipini amalga oshirish usullari ishlab chiqilgan:
1. Takrorlanadigan materialni bir necha qismlarga bo‘lib chiqish, ular bo‘yicha savollar tuzish, mavzu belgilash va qisqa tezis shakliga keltirish.
2. Eslab qolinadigan materialni oldingi o‘tilgan materiallar bilan bog‘lash, mavjud tasavvurlarga tayanish.
3. Qaytarish jarayonida o‘quvchilar fikrini doimo faollashtirib turish, qiyoslash, taqqoslash uchun savollar
qo‘yish, materiallarni tahlil etish, umumlashtirishni taklif etish.
4. Bir xil savollar, takrorlash usuli fikrlashda shablonga olib keladi.
5. Materiallarni yangicha gruppalash yangicha bog‘lanishlarni tushunishga, bilimlar tizimini yanada aniqroq bilishga yordam beradi.
6.Mustahkamlash uchun asosiy, eng muhim g‘oyalarni, masalani, muammolarni ajratish qaytarilayotgan materiallarning eng zarurini ajratishda o‘quvchilarga yordam beradi.
7. Qaytarish va mustahkamlash o‘qitishning shakl va metodlariga turlicha, doimo yangicha yondashishni talab etadi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə