1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


VI. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash prinsipi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə47/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

VI. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash prinsipi

O‘tmishda shunday pedagogik oqimlar bo‘lganki, ular, bir tomondan, bolalarni dunyoning yomon, halokatli ta’siridan himoya qilish, qutqarish maqsadida ularni hayotdan, kundalik turmushdan uzoqroq olib yurishni tavsiya etsa, ikkinchi bir oqim esa, bolalarni turmush qiyinchiliklariga tayyorlash, ularni engishga o‘rgatish bolani faol turmush faoliyatiga tayyorlash uchun zarur, deb hisoblaganlar. Bu, bir tomondan, bolani turmushdan uzish bilan hayotga o‘rgatish, ikkinchi tomondan esa bola hayotini baxtsiz tasodiflar dunyosiga tashlab qo‘yish. Bolani ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy munosabatlar, siyosiy, axloqiy, ruhiy turmush tarzi bilan har tomonlama tanishtirish ularni faol, ongli turmushga tayyorlash jihatidan muhimdir.


Hayot har qanday harakatlarni anglab etish, ishonch hosil qilish, sinash, iroda va xarakterlarni chiniqtirish maktabi hisoblanadi.
Har bir predmet-fanni o‘rganish ma’lum darajada ijtimoiy ishlab chiqarish amaliyotini yanada takomillashtirishga sabab bo‘ladigan ilmiy bilimlarni rivojlantirishga turtki berishini o‘quvchi anglab etishiga erishish kerak. YAngi muammolar echimi esa yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish, dolzarb ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy masalalarni hal etish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
SHuning uchun o‘quvchilarni ishlab chiqarish, turli sanoat korxonalariga, maishiy muassasalarga ekskursiyaga olib borish, turli fan, jamoat arboblari bilan uchrashuvlar tashkil etish alohida ahamiyatga ega. SHuningdek, bu o‘rinda, turli ko‘rsatuv, eshittirishlar, ommaviy axborot vositalarining rolini ham inkor etmaslik zarur.


VII. O‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish prinsipi

Klassik didaktikada bu prinsip tushunarli bo‘lish, qulaylik prinsipi tarzida ham talqin etilgan. Masalan, «YOshga mos kelmagan narsani majburiy tiqishtirma» (YA.A.Komenskiy); «O‘quvchini tushunarli bo‘lmagan bilimga o‘rgatma» (K.Disterveg); «Ta’lim olish uchun tayyor bo‘lmagan bolani oldindan o‘qishga o‘rgatma» (K.D.Ushinskiy).


Hozirda bunday yondashuv bir tomonlama chegaralangan. O‘qitish, uning xilma-xil va murakkab vazifalari bolaning nafaqat yosh xususiyatlari, balki uning imkoniyatlarini ham hisobga olinsagina samarali hal bo‘ladi.
O‘quvchilarni bilish va amaliy faoliyati uchun taklif etilayotgan mazmun, metod, vazifalarning qulayligi - o‘qitishga qo‘yilgan eng muhim talablar bo‘lsa-da, lekin bular ishning muvaffaqiyatini to‘laligicha hal etmaydi.
O‘qitish nafaqat o‘quvchilarning yosh darajasida, balki uning kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlari, yangicha bilish darajasida ham tashkil etilishi kerak. YA’ni o‘qitish rivojlanishdan oldinda yurishi zarur.
Qulaylik degani engil o‘qitish degani emas. Albatta, o‘qitish o‘quvchi imkoniyatlaridan tashqariga chiqmasligi kerak. Lekin, bolani qiyinchilikni engishga, ma’lum muammolarni hal etishga o‘rgatish hozirgi ta’limda eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
Ushbu prinsip o‘qitishda nafaqat o‘quvchi yosh xususiyatlarini bilishni, balki uning bilish va amaliy faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. Bunda:
1.Fikrlash operatsiyalarining kechishi (aqliy
yig‘inchoqlik, tez yoki sekin fikrlash, munosabat bildirish,
o‘zaro bog‘liqlik yoki farqni tez aniqlash, tanqidiy yondashuv) ko‘zda tutiladi.
2. Bilim va ko‘nikma darajasi (to‘liqligi, chuqurligi
va ob’ektivligi) hisobga olinadi.
3. Ishchanligi (uzoq samarali ishlay olishi, engil, tezkor ishlashi) nazarda tutiladi.
4. Bilish va amaliy hamda mustaqil faoliyatidagi faollik darajasi o‘rganiladi.
5. Harakat tezligi (tez, o‘rtacha, sekin);
6. O‘qishga munosabati (ijobiy, befarq, negativ);
7. Irodaviy rivojlanish darajasi ham inobatga olinadi.
Ushbu prinsipni o‘quv jarayonida to‘laqonli amalga oshirish o‘qituvchining shu holatda tutgan pozitsiyasiga bog‘liq. YA’ni o‘quvchining o‘sha sifatlarini hisobga olib, uni o‘quv jarayonida sub’ektga aylantirish mumkin. Albatta, bu qiyin vazifa, lekin amalga oshirsa bo‘ladi.
Ushbu prinsiplar bir-birlari bilan bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə