1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə49/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

2.Tashhis. Pedagogik tashhis.
Pedagogik tashhis ob’ekti va sub’ekti.
Bir qator metodlar, vosita va usullar yordamida kuzatilayotgan yoki o‘rganilayotgan ob’ektni holati to‘g‘risida olingan axborotlar jarayoni tashhis deyiladi. Tashhisli axborot o‘zida ob’ektning holati, belgilangan me’yorga to‘g‘ri kelishi, uni harakatlarini, rivojlanishi tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bunday ma’lumotlar jarayonga uni tormozlash yoki tezlashtirish, takomillashtirish yoki korreksiyalash, yangilash yoki tuzatish maqsadida asosli aralashish imkonini beradi.
Pedagogik jarayonda tashhis bir marotaba yoki har zamonda qo‘llaniladigan usul emas, chunki u doimiy ravishda insoniyatni o‘zaro bog‘liqlikda, faoliyatidagi muomala munosabatlaridagi, o‘zlashtirish, ijodidagi organizmni rivojlanishi, shaxs xususiyatlarini shakllanishida, ta’sir etishidagi jonli xujayra sifatida namoyon bo‘ladi.
SHunga ko‘ra pedagogikada tashhisning ob’ekti bo‘lib nafaqat ijtimoiy muhit, yaxlit pedagogik jarayon hisoblanadi, balki shuningdek, ushbu jarayonning asosini tashkil etuvchilari ham unga ob’ekt hisoblanadi. Pedagog bolalarning yosh, psixofiziologik o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni ham chuqur bilmog‘i zarur.
Pedagog bolalarni turmush tarzi, o‘zlashtirishi va xulq-atvori, qiziqishi, qobiliyati, turli faoliyatlari, psixik xususiyatlari, oilaviy holati va boshqa sifatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ta’lim-tarbiya jarayonining sifat holati va ushbu jamoaning uyushganligi va uni keyingi taraqqiyoti to‘g‘risida malumotlarni egallashga va u o‘z navbatida shaxsni har tomonlama rivojlanishi imkoniyatini berishga ishonch hosil qilish haqidagi ma’lumotlarni ham beradi.
Tashhisli o‘rganishning mustaqil ob’ekti sifatida o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi va o‘qitish natijalari va axloqiy muxit holati, jamoada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ularning aqliy rivojlanishi, tanqidiy fikrlash darajasi ham hisoblanadi. Pedagogik tashhis ob’ekti sifatida o‘quvchi faoliyati, uning erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, ularni ob’ektiv va sub’ektiv sabablari o‘rganiladi. Pedagog faoliyatining o‘ziga xos tomonlari ijodkorligi, mustaqil xulosa chiqara olishi, ishbilarmonligi, boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos tomonlari o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatidagi o‘zaro munosabatlar ham hisobga olinadi. SHuningdek, tashhis ob’ekti bo‘lib yaxlit pedagogik jarayon ham hisoblanadi. O‘qituvchi tomonidan ta’lim va tarbiyaning barcha asosiy mexanizimlari samarali ishlayotganini, ota-onalar jamoatchiligi va ijtimoiy muhitning ta’sir jarayonini ham tahlil, ham tashhis etishi juda muhimdir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə