1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


O‘quvchilar o‘zlashtirishini tashhislash



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə51/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

3. O‘quvchilar o‘zlashtirishini tashhislash.
Ta’limda umumiy yondashuv va amaliy pedagogik faoliyatni jarayon sifatida tashhislashga ajratish mumkin. Tashhis - bu didaktik jarayonni kechishidagi butun holatni aniqlash, uning natijasini aniq belgilashdan iborat.
Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshqarib, mavjud sharoit uchun eng qulay natijaga erishib bo‘lmaydi.
O‘zlashtirish (o‘rganganlik)ni tashhis qilishni, oqibat, erishilgan natija va o‘rganganlik (o‘zlashtirish)ga ham ajratiladi. O‘rganganlik (o‘zlashtirish)ni shuningdek, tashhis qilish davrigacha erishilgan daraja sifatida ham qaraladi. Didaktik tashhisning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini samaradorligi bilan bog‘liq holda kechishini o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil etishdan iborat. YUqorida ko‘rinib turganidek didaktik tashhis, bilimlar, ko‘nikma va malakalarni an’anaviy tekshirishga qaraganda kengroq va chuqurroq ma’no kasb etishi bilan ajralib turadi. Tekshirish natijalarni faqat qayd etadi, lekin uning kelib chiqish sabablarini ko‘rsatib bermaydi. Tashhis qilingan natijalarni usul, yo‘llar, erishilgan natijalar, yo‘nalishi bilan, o‘qitish natijalarini rivojlanishi, o‘sish darajalarini birgalikda qo‘shib o‘rganadi. Tashhis o‘z ichiga nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil etish, o‘sish darajalarini aniqlash, vokealarni keyingi rivojini loyihalashni oladi.


4. O‘quvchilar o‘zlashtirishini nazorat qilish.
O‘qitish samaradorligi son, sifat, to‘liqligi, o‘z vaqtidaligi, tezkorligi, chuqur har tomonlamaligi, nazoratning ob’ektivligi bilan bog‘liqligi masalasi oldin qo‘rib o‘tilgan edi. Bu bog‘liklikni to‘laroq amalga oshirish uchun turli tushunchalarni aniqlash, ular o‘rtasidagi uzviylikni, nazoratning samaradorligini belgilovchi omillarni aniqlab olish zarur. Hozirgi vaqtda “baho”, “nazorat”, “tekshirish”, “hisobga olish” va b.q. tushunchalar va ular bilan bog‘liqlikni belgilovchi aniq yondashuv yo‘q. Ba’zan bir-birini to‘ldiradi, ba’zan esa alishtirib yuboriladi, ba’zan bir ma’no ifodalanadi, ba’zan turlicha ifodalanadi.
Bu o‘rinda “nazorat” o‘quvchi bilim va ko‘nikmalarini ajratish, o‘lchash va baholash tarzida qabul qilinadi. Tekshirish deb aniqlash va o‘lchash tushiniladi. SHu jihatdan tekshirish nazoratning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi qayta aloqa jarayoni hisoblanib, bu o‘rinda pedagogning maqsadi - o‘zlashtirilgan material haqida ob’ektiv materialga ega bo‘lish, o‘quvchi bilimida mavjud xato va kamchiliklarni aniqlashdan iborat.
Tekshirishdan maqsad, o‘quvchilarning nafaqat o‘rganganlik darajasi va safatini aniqlash balki, ularni sarf qilgan o‘quv mehnati hajmini aniqlashdan ham iborat. Nazorat o‘zida nafaqat tekshirishni, shuningdek, u o‘zida baholash va natijani ham qamrab oladi.
O‘quvchilar o‘zlashtirishini baholashning asosi nazorat natijalari hisoblanadi. Bu o‘rinda o‘quvchilar mehnatining son va sifat jihatlari ham e’tiborga olinadi. Son jixatdan o‘quvchilarni olgan ballari va foyizlarida ifodalanadi. Sifat jixatlari esa -“yaxshi” , “qoniqarli” kabi baho me’yorlari bilan xarakterlanadi.
Baholash - bu ma’lum bir va bir necha raqamlarni o‘lchash va hisoblash natijasi emas, balki baholash me’yoriga berilgan ahamiyat alohida qiymatga ega.
O‘zlashtirish (o‘qitish samaradorligi) ko‘rsatkichi quyidagicha formulada o‘z aksini topadi. B-X, T.(100%). Bu erda B-o‘zlashtirish bahosi (samaradorligi, o‘rganganligi); X-haqiqiy o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikma hajmi; T-to‘liq o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim, ko‘nikma hajmi. Ko‘rinib turganidek, o‘zlashtirish yoki o‘rganganlik ko‘rsatkichi 100%-to‘liq o‘zlashtirish, o‘rganganlik va O% bilim va ko‘nikmalarning to‘laligicha yo‘qligi.
Bu mezon bo‘yicha bahoni aniqlash uchun o‘zlashtirilgan va taklif etilgan bilim va qo‘nikmalar hajmini belgilash zarur.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə