1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Tashhis jarayonining sub’ekti bo‘lib



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə50/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Tashhis jarayonining sub’ekti bo‘lib, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan sotsiolog, tibbiyot xodimlari, psixologlari, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonining bevosita ishtiroklari ham hisoblanadi.
Pedagogik tashhis funksiyalari ichida birinchi o‘ringa strategik-axborotli, taktik-korreksion va bashoratli funksiyalar ko‘zga tashlanadi.
Strategik-axborotli funksiya - bolalar to‘g‘risida, pedagogik jarayonni kechishi to‘g‘risida o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik rahbarlikni tashhisli ta’minotini belgilovchi umumiy bilimlardan iborat. Agar umumiy pedagogika va psixologiya tarbiyachi va o‘qituvchilarni bolalar hayoti, ularning rivojlanishi va o‘zini o‘rab turgan olamga bo‘lgan munosabati to‘g‘risidagi qonuniyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirsa, strategik tashhis esa har bir aniq shaxs rivojlanishi va psixikasi taraqqiyotining real holati, me’yori yoki og‘ishi borasida axborot beradi. Bunday axborotlar pedagogik jarayonni, hisobga olish, nazorat qilish, amaliy maqsadli jarayon sifatida qarab chiqishga, yo‘lga qo‘yishga imkon yaratadi.
Strategik tashhisli axborot yaxlit pedagogik tizim, yo‘nalish, nazariyani tarbiyali bo‘lishi, o‘qitish samaradorligini tekshirish imkonini beradi.
Taktik-korrektsion tashhis pedagogik jarayon harakatini, hayot pulsini doimo his etib turishini ta’minlovchi axborot bilan ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim va tarbiya samaradorligini ta’minlashda muvaffaqiyat va kamchiliklar, o‘quvchilarni bilimlarni egallash, dunyoqarash, e’tiqod, ahloqiy, estetik munosabatlarni shakllkanishi to‘g‘risidagi doimiy axborotlar, bilimi haqidagi ma’lumotni hisobga olmasdan erishib bo‘lmaydi.
Pedagog tomonidan keng va chuqur egallagan bilimlar (tashhisli) har bir o‘quvchi shaxsiga, o‘ziga, odamlarga, hayotga munosabatlarida o‘zgarishlar kiritish, pedagogik jarayonni borishini o‘zgartirish, tarbiya va ta’limning ayrim shakl, metodlarni takomillashtirishga yordam beradi.
Tashhisning loyihali (pragnostik) funksiyasini pedagoglar, o‘quvchilar jamoasi, ayrim guruh, birlashmalar va ayrim shaxslar (o‘quvchilar) rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, belgilash, kuzatishdan iborat.
Jumladan pedagoglarni bir-biridan uzoqdaligi, ularni faqat dars berish bilan chegaralanganligi, o‘quvchilar bilan munosabatlaridagi formalizm, metod birlashmalarda ijodiylikni bo‘shashtirilishi ta’lim muassasalaridagi rahbarlikda yaqinlashib kelayotgan krizisni, tarbiya va ta’lim masalalarini samarali tarzda hal eta olmaslik kabi salbiy holatlar xaqidagi tashhisli axborot muhim ahamiyat kasb etadi. Loyihali tashhis bolalar jamosi, har bir shaxs shakllanishida o‘ta muhim ekanligi hisobga olinishi kerak. Bu esa yuqoridagi hal etilishi zarur bo‘lgan muammolarni oldindan loyihalash, aniq amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tadbirlar rejasini tuzish va samarali yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə