1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə118/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Nazorat uchun savollar




  1. Karyer maydonini ochish usulini tanlash haqida tushuncha bering.

  2. Ochiq kon lahimlarini qazib o‘tish texnologiyasi, mexani­

zatsiyasi va qazib o lish ishlarini tashkil etish ishlarini izohlang.

  1. Lahimlami transport va transportsiz usullarda o‘tilishini ta’riilab bering.


Mavzu konni ochish usulining tasnifi 62

Konlam i ochiq usulda qazib chiqarishda kon-tayyorlov. qoplam a jinslar va foydali qazilm ani qazib olish ishlarini bajarishning m a’lum tartibi qazish tizimi deyiladi. Muayyan karyerda qollanayotgan qazish tizimi atrof-m uhitni saqlash talablariga rioya qilgan holda kon qazish ishlarini samarali va xavfsiz olib borishni ta’minlashi kerak.
Gorizontal va kichik qiyalikga ega b o ig an foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olishda kon-tayyorlov ishlari karyemi qurish davrida amalga oshiriladi. Bunda konni qazish tizimi konni qazib olish davomida qoplama jinslar va foydali qazilmani qazib olish tartibini tavsiflaydi. Chunki yangi gorizontlarni ochishga hojat qolmaydi.
Pog‘onalar balandligi, ishchi va ishlamaydigan pog‘ona maydoniarining kengligi, qazish fronti uzunligi va uning surilish tezligi, kirmalarning o ‘lchamlari va hokazolar qazish tizimining elementlari hisoblanadi.
Pog‘onaning asosiy o ‘lchami uning balandligi bo ‘lib. u uskunalar unumdoriigi, qazib olingan foydali qazilma sifati, karyer yon bag‘rining qiyalik burchagi, qazish ishlari fronti, transport yo‘llarining uzunligi, kon-kapital ishlarining hajmi kabi qator ko‘rsatkichlarga bevosita ta ’sir etadi. Ochiq usulda kon qazish amaliyotida cho‘michining hajmi 3-5 m 3 bo ‘lgan ekskavatorlar qo‘llanilganda pog‘ona balandligi 11-14 m, cho‘michining hajmi 8-12.5 m 3ekskavatorlar qo‘llanilganda esa, 16-19 m boiishi, ham iqtisodiy, ham kon-texnik tomondan maqsadga muvofiq boiishi asoslangan.
Konlarning muayyan kon-geologik va kon-texnik sharoitlarida pog‘ona balandligi yuqorida keltirilgan omillardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Pog‘ona ishchi maydonining boiishi mumkin b o igan (ruxsat etilgan) minimal kengligi qoilaniladigan qazib- yuklash, transport vositasi va uning harakatlanish sxemasi, pog‘ona balandligi, jinslarning qattiqligi kabi ko‘rsatkichlami hisobga olgan holda aniqlanadi. Karyerda yumshoq jinslarni qazish uchun cho‘michining hajmi 5-8 m 3 b o igan ekskavatorlar (E K G -5 va EK G -8 ) va tem iryoi transporti qoilanilganda pog'ona ishchi maydonining minimal kengligi 26-33 m etm i tashkil etadi. Qattiq (qoyasimon) jinslarda esa, 39-52 va 45-60 m boiishi mumkin. Avtotransport qoilanilganda 23-30 va 37-52 m ni tashkil etadi. Pog‘ona uzunligi bo‘yicha bevosita qazish ishlarini olib borish uchun tayyorlangan pog‘ona qismi - pog‘ona ish fronti deyiladi. Pog'ona ishchi frontini tayyorlash uchun pog‘onada transport va qazish vositalarini ishlashi zarur boigan transport hamda energiya kommunikatsiyalar keltirilgan ishchi m aydoncha hosil qilinadi (19-rasm).
Alohida pog‘onalarning ish fronti uzunligi yigindisi karyer frontini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda konchilik adabiyoti va amaliyotida p E.F.Sheshko. akad. N.V. Melnikov va akad. V.V. Rjevskiy ishlab chiqqan ochiq kon qazish tizimlari tasnifidan keng foydalaniladi.




  1. rasm. Pog‘ona ish maydonchasi sxemasi. U - portlatilgan kon massasi yoyilmasi, m; С - yoyilma pastki chizig‘id an transport yo‘ligacha

bo‘lgan xavfsizlik masofasi, m; T - transport yo‘lining kengligi, m; P - yordam chi uskunalar joylashtiriladigan m aydoncha, m x, - xavfsizlik supasi (bermasi), m.

A guruhiga qoplama jinslarni transport vositalarisiz karyer qazish frontiga ko‘ndalang yo‘nalishda ag‘darmaga tashish tizim­ lari kiradi (transportsiz tizimlar).


В guruhiga qoplama jinslarni karyer qazish fronti bo‘ylab ag‘darmaga transport vositalari bilan tashish tizimlari kiradi (transportli tizimlar).
V guruhi yuqoridagi h a r ikkala guruh tiz im larin in g kombinatsiyalaridan tashkil topgan qazish tizimlarini o 'z ichiga oladi. A guruhiga kiruvchi qazish tizimlari juda sodda va iqtisodiy samarador hisoblanadi. Ammo, qoplama jinslarni qazib olib, ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha ag‘darmaga to‘kuvchi ekskavatorlar parametriarining cheklanganligi guruh tizimlari qo'llanishi doirasini chegaralaydi. Bu tizimlar qo‘llanilganda qoplama jinslar va foydali qazilmani qazish ishlari o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘ta qat'iy boladi. Shu sababli qazishga tayyorlangan foydali qazilma miqdori ham qat'iy chegaralangan boladi.
В guruhi qazish tizimlari anchagina murakkab va samara- dorligi kamroq bcVlsada, qoplama jinslar bilan foydali qazilmani qazish o‘rtasidagi qat'iy bog‘liqlik bo‘lmaydi. Shu tufayli katta miqdordagi foydali qazilma zaxiralarini qazishga tayyorlash imkoniyati mayjud bo‘ladi va guruh tizimlari konchilik amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Professor E.F. Shesliko tavsiya etgan ochiq usulda kon qazish tizimi tasnifi asosida qoplamabfhf jinslarni ag‘darmalarga tashish yo‘nalishi yotadi (6-jadval). Bu tasnif bo‘yicha qazish tizimlari quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Akademik N.V.Melnikov tavsiya etgan qazish tizimlari tasnifi asosida qoplama jinslarni qazib olish usullari yotadi. Bu tasnif bo‘yicha ochiq kon qazish tizimlari quyidagicha nomlanadi: transportsiz qazish tizim i, ckskavator-karycr qazish tizimi, transport-ag‘darma qazish tizimi, maxsus qazish tizimi, transportli va aralash qazish tizimlari.
Ushbu qazish tizimlarining texnologik mohiyati prof. E.F.Sheshko tavsifidagi qazish tizimlaridan qariyib farq qilmaydi (maxsus qazish tizimlari bundan m ustasno). Maxsus qazish tizimida foydali qazilma ustidan qazib olingan qoplama jinslar minorali ekskavatorlar, skreperlar yoki gidromexanizatsiya va boshqa vositalar orqali ag‘darmalarga joylashtiriladi. Biroq bu qazish tizimi gorizontal va yotiq joylashgan kon ustidagi qoplama jinslar yumshoq bo‘lganda qoMlanadi.
Yuqorida qayd etilgan ochiq kon qazish tizimlari tasnifida keltirilgan qazish t izimlari asosida faqat qoplama jinslarni qazishga tayyorlash, qazib olish va ag‘darmalarga joylashtirish usullari yotadi. Foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olish usullari va texnologiyasi umuman hisobga olinmaydi.
Akademik V. V. Rjevskiy tavsiya etgan qazish tizimlari tasnifi esa foydali qazilma konlarining kon-geologik sharoitlari va geometrik tavsiflarga asoslangan. Ushbu tasnif bo ‘yieha gorizontal, qiya, o‘ta qiya va tik joylashgan foydali qazilma konlarini qazish tizimlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Masalan, gorizontal konlami qazish tizimi faqat qoplama jins va foydali qazilmani qazib olish tartibi
bilan tavsillanadi. Chunki kon-tayyorlov ishlari karyerni qurish davridayoq bajariladi. Bunday qazish tizimi - sidirg‘asiga qazish tizimi deb nomlangan (bu tizim doimiy ish zonasiga ega bo‘ladi). Qiya, o‘ta qiya va tik konlami qazib olishda qoilanadigan qazish tizimlari kon-tayyorlov, qoplama jins va foydali qazilmani qazib olish ishlari tartibi bilan tavsiflanadi. Bu qazish tizimlarida kon- tayyorlov ishlari karyerni qurish va uning ishlash m uddati davomida bajarib boriladi. Chunki, karyer chuqurlashib borgan sari yangi gorizontlarni ochish qoplama jins va foydali qazilma yotqiziqlarida ishchi pQg‘onalar hosil qilish talab etiladi. Ana shu talabga javob beradigan qazish tizimlari - chuqurlama qazish tizimi deyiladi va bu tizimda ish zonasi o‘zgaruvchan boladi. Murakkab kon-geologik va topografik sharoitlarga ega b o igan konlarda q o ila n a d ig an qazish tizim i aralash qazish tizim i b o l ib ,
chuqurlama-sidirg‘asiga qazish tizimi deb yuritiladi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishda kon ishlari karyer maydoni hududida rivojlanib boradi. Shunga ko‘ra karyerlarda qo‘llanadigan qazish tizimlari quyidagicha nomlanadi:

  • karyer uzun o‘qiga nisbatan parallel uning bir yoki har ikkala yonbag‘ri tomon rivojlanib boruvchi bo‘ylama qazish tizimi;

  • karyer qisqa o ‘qiga nisbatan parallel uning bir yoki har ikkala yonbag‘ri tom on rivojlanib boradigan ko‘ndalang qazish tizimi;

  • karyer maydonida belgilangan markaziy (umumiy) yoki tarqoq (ikki va undan ko‘p) burilish punktlari bo‘yicha karyer maydoni bo‘ylab ish frontini yelpiglchsimon surilishiga asoslangan

- yelpiglchsim on qazish tizimi;
- xalqasimon qazish tizimi - bu qazish tizimida qoplama jinslar va foydali qazilmani qazib olish karyer markazidan uning yonbaglrlari tom on yoki karyer chegarasidan markaz tom on yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.





Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə