1. Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja


– mavzu. «Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 187,99 Kb.
səhifə2/11
tarix02.04.2022
ölçüsü187,99 Kb.
#84996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (1)

1 – mavzu. «Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Reja:

  1. Metodika - ta'lim tizimida kuyidagi predmetning ahamiyati va urni

  2. O’zbekistonda oliy maktablarda psixologiya o’quv fani sifatida

  3. Jaxon psixologiyasida yaratilgan metodlar

Metodika - ta'lim tizimida kuyidagi predmetning ahamiyati va urni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniklab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshkarilishiga izoh keltiradi

Quyidagi o`quv predmetning ahamiyati va uning ta'lim tizimidagi o`rnini belgilash uyidagi o`quv predmetni o`qitish vazifalarini aniqlash.quyidagi o`quv predmetni o`qitish mazmunini aniqlash

qollash bo`yicha bayon qilish va boshqarish

Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.

Fanning predmeti. Yosh davrlari psixologiyasining predmeti insonning ontogenezida psixik rivojlanish jarayonini shakllanishi xamda uzaro munosabatlari konuniyatlarini urganishdir.

Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta’lim va tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlari va konuniyatlarini urganishdir.

Keyingi yillarda o’qituvchilarni psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga aloxida e'tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda kelajak avlodning yetuk, barkamol inson kilib tarbiyalashda o’qituvchilarning urni benixoyat oshgan. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchidan oliy o’quv yurtida o’z mutaxassisliklarini chuqur egallashdan tashqari O’quvchilar psixikasidagi yosh va individual xususiyatlarni farklay olishga, bola taraqqiyoti jarayonini kuzatishdan to’g’ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga o’rganish talab etilmoqda. Chunki bu – ta'lim va tarbiya sirlarini mukammal egallaydigan o’qituvchilar tayyorlashning muxim sharti xisoblanadi.

Agar pedagog insonni har tomonlama yetuk kilib tarbiyalamoqchi bo’lsa, ya'ni komil insonni voyaga yetkazish uchun uni, har tomonlama o’rganishi kerak. Psixologiyaning nazariy muammolarini chuqur o’rganmay turib, mazkur fandan hech bo’lmaganda sodda va bajarilishi oson bo’lgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish ko’nikma va malakalarini egallamay turib, O’quvchilarning psixik xususiyatlarini bilishga erishib bo’lmaydi, albatta.

Ko’xna va hamisha navqiron mamlakatimiz uchun ijtimoiy taraqqiyot psixologik nuqtai nazardan idrok qilinsa, mantiqiy taxlil etilsa, xalkimizning etnopsixologik bilimlardan ta'lim va tarbiya jarayonida foydalanganligi, xarbiy yurishlarda jangchilarga psixologik ta'sir o’tkazganligi, ularda ishonch va e'tiqod hissi uyg’otganligi, muomalaning verbal va noverbal ko’rinishlarini amaliyotda qo’llanganligi, o’rta asrlarning Forobiy, Beruniy, Xorazmiy singari zabardast olimlarining ijodiy maxsullaridan tortib to XX asrning 30-yillari oralig’ida ilmiy tadqiqotlar qilinganligi bunga isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir.

O’zbekistonda oliy maktablarda psixologiya o’quv fani sifatida 1928 yildan o’qitib kelinmoqda. (Xuddi shu davrda L.S.Vigotskiy Urta Osiyoda, O’zbekistonda ommaviy ma'ruzalar o’qiganligi mazkur jaayonni tezlashtirgan asosiy omil bo’lganligiga xech shak-shubxa yo’q»).

Psixologiya fanining ijtimoiy hayotda nufuzi har soniya sayin ortib bormoqda. Shu tufayli pedagogika institutlari va bilim yurtlarida uni o’qitish yo’lga qo’yila boshlandi. Mazkur soxa bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’rta Osiyo Davlat Universitetida 1938 yilda (Hozir Milliy Universitet) logika va psixologiya bulimi ochildi. 50-yillarning 2-yarmidan boshlab pedagogika institutlarida va bilim yurtlarida psixologiya bo’limlari ochildi. Ayniqsa qisqa muddatli 15 va 9 oylik ommaviy psixologlar tayyorlash kurslarining ommaviylashuvi psixolog-mutaxassislarga extiyojning kuchayganligini bildiradi.

Hozirgi davrda respublikamizning barcha oliy maktablari va o’quv yurtlarida, hattoki maktablarida psixologik bilimlar aloxida e'tibor bilan o’qitilmoqda. (shaxrimizning 23-maktabidagi bank sinfida xam psixologiya fani ukitiladi).

Mamlakatimizda oliy ta'lim kup boshqichli tizimga (bakalavriat, magistratura, aspirantura, doktorantura) o’tish munosabati bilan psixologiya fanini o’qitishning o’ziga xos tashkil etishni takozo etmoqda, demak, talabalarga bu soxa buyicha bilim berish ularda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni takomillashtirish uchun kuyidagi yirik yunalishlarda ijodiy psixologik-pedagogik izlanishlarni amalga oshirish lozim.

1. Psixologiya fanining metodologik muammolari va ularning talqini.

2. Psixologiyaning nazariy materiallari va ularning taxlili.

3. Psixologiya o’qitishda etnopsixologik mexanizmlardan foydalanish.

4. Uning ommaviy talqini, tadbikiy jabxalarini mukammallashtirish:

a) amaliyot, praktikum, laboratoriya mashgulotlari sifat darajasini kutarish.

b) diagnostik, prognostik metodikalar xamda testlardan foydalanish.

v) individual va ijtimoiy treninglarni ommaviylashtirish.

5. Ukitishning maxsuldor, faol va innovatsion metodlarini ta'lim tizimiga yoyish.

6. Psixologiya o’qitishda gumanizatsiya – assotsianizm, psixoanaliz, kognitivizm, geshtaltpsixologiya, empirizm, gumanistik psixologiya va boshqa yo’nalishlarni ilmiy metodologik, ilmiy nazariy va amaliy jixatlardan nuqson qidirmasdan, balki ularning eng oqilona, taraqqiyparvar tomonlarini amaliyotga tadbiq etish tavsiyanomasini ishlab chiqish zarur.

Jaxon psixologiyasida yaratilgan metodlar, metodikalar, testlar, anketalar, zamonaviy apparatlar, laboraoriya mashgulotlari o’tkazish instruktsiyasi, trening, kompyuter dasturlari, praktikum, psixologik kabinetlardan foydalanish uslubi va qo’llanmalarni maxalliy sharoitga moslashtirish va uni sinab ko’rishni keng yo’lga qo’yish orqali.

Insonning muayyan xususiyatlarini to’la ochish imkoniyatiga erishish. Psixologiyaning predmeti va ob'ekti mavxum shaxs, xodisa, xulk-atvor, faoliyat va muammoga qaratilmasligi balki real inson, ma'lum yosh, anik jins xususiyatlari yo’zasidan ma'lumot berishga yunaltirilganligi ayni muddaodir. Ana shu jarayondagina tabiatga va jamiyatga munosabat shaxs bilan favkulotdagi vaziyat bilan o’zviy boglab urganish imkoniyatini yaratadi. Nazariy muammoni amaliy turmush bilan alokasini okilona tushuntirish va yakkol namuna keltirish orkali ularga sharx berish talqinini jonlantiradi, talabani insoniy fazilat sifat va xislatlardan andoza olishga etaklaydi.

Psixologiya printsiplari mavzuni ukitishda va uning determinatorlari ong va faoliyat birligida o’zviylik, uygunlashuv o’zaro aloka etuvchanlik xususiyatlari tugrisida tarakkiyotning psixologik tabiati, unda ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar xamda omillar ularning boshqichlari usishi (biologik) rivojlanish (psixik), kamolot, tarakkiyot yo’zasidan dolzarb yakkol muammolar moxiyati bilan boglab axborot berish fanning tadbikiyligini kuchaytirishga xizmat kiladi. Ong va uning psixologik tavsifi tugrisida ma'lumot berilayotganda inson ongi mavjudot deyish bilan cheklanmasdan, balki u ongsizlik ongostlilik va onglilik xolatlarini munosabatlari, funktsiyalari o’zgarishi ularning o’zaro o’zluksiz ravishda urin almashtirib turishini ta'minlashni ta'kidlab utish muammolaridan ayrim chigalliklarga yordam beradi.

Zamonaviy kadrlar oldiga kuyiladigan eng muxim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o’zligini o’z kobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat xamda xislatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mexnatini okilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mexnatning boshka soxalarida iktidorli kasb soxibi sifatida faoliya ko’rsatishdir. Bu urinda inson ruxiyati konuniyatlarini urganuvchi psixologiya fanining urni va roli benixoya kattadir.

XXI asrda juda kuplab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib urin olgan mustakil O’zbekistonda xam barcha soxalarda tub isloxotlar boshlandi. Bu isloxotlarning barchasi inson omilini xar kachongidan xam yukori saviyaga kutarib, uning kuchi, idroki saloxiyati, ruxiy xamda ma'naviy barkamolligini bevosita tarakkiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan o’zviy bogladi. Bunda inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida kaygurishi muammosi xar kachongidan xam dolzarb masalaga aylandi.

Fanning rivojlanish boskichlari. Utgan ajdodlarimizning xam komusiy asarlarida bola tarakkiyoti va tarbiyasi masalalari katta urin egallaydi. Abu Nosr Farobiyning “Masalalar moxiyati”, Abu Rayxon Beruniyning “Utmish yodgorliklari”, Ibn Sinoning “Tib konunlari” asarlari, A.Navoiyning “Maxbub ul-kulub” va boshka juda kup asarlar shular jumlasidandir. Umuman shark va G’arb madaniyatida xam psixologik – pedagogik mazmundagi asarlar XVII-XVIII asrlarda diniy-axlokiy negizda yozilgan. XVIII asrga kelibgina ma’lum uslubga ega bulgan ilmiy fikrlar vujudga kela boshladi. Rus social-demokratlari A.N.Gercen, N.G.CHerkishevskiy, N.A.Dobrodyubov, V.G.Belenskiylarning inson kamoloti tug’risidagi karashlari psixologiyaning rivojlanishiga katta xissa kushdi. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov g’oyalariga asoslangan Ribakov, K.N.Kornshlov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshka olimlar yosh psixologiyasi buyicha kimmatli tadkikotlarni amalga oshirdilar.

XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik tarakkiyot omillarini talkin etuvchi 2 ta yunalish: biogenetik va sociogenetik yunalish vakillari yuzaga keldi. Biogenetik yunalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-yon turadi, lekin etakchi rolni biologik ya’ni irsiy omillar bajaradi. Bunday karashning kuzga kuringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bulib, u Gekelning biogenetik konunini psixologiyada bevosita kuchiradi. Bu nazariyaga kura bola uz psixik tarakkiyotida insonning tarixiy rivojlanish boskichlarini kiskargan xolda boshdan kechiradi.

Sociogenetik yunalish vakillari esa ijtimoiy omillarni etakchi deb xisoblaydilar. G’arbda keng tarkalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning “Fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi va boshkalar kiradi.

XX asrning 20-30 yillaridan boshlab Rossiyada yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya intensiv rivojlandi. SHu davrda L.V.Vigotskiyning oliy psixik funkciyalarini rivojlanish nazariyasi yaratildi. Jumladan L.S.Vigotskiy psixik tarakkiyotni 2 zonaga: real va yakin zonaga bulib urgandi.

Barcha boshka psixologiyaning tarmoklari singari yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya xam uz tadkikot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy empirik metodlari kuyidagilar:

a) kuzatish

U tashki kuzatish va uz-uzini kuzatish kurinishlarida bulishi mumkin. Lekin bu metod xar doim xam psixik jarayonlarning xususiyatlari xakida tulik ma’lumot bera olmaydi.

b) tajriba metodi

U 2 xil: tabiiy va laboratoriya sharoitida utkazilishi mumkin. Bulardan tashkari psixologiyadagi xususiy metodlar xam psixik rivojlanish xakida kimmatli materiallarni tuplash imkoniyatini beradi.

- suxbat metodi yakka shaxs yoki guruxlarda utkaziladigan erkin mulokot;

- test metodi shaxsning akliy takkiyoti kobiliyatlari va boshka sifatlarini ulchash imkonini beradigan kiska standart savol va topshiriklardir. Xozirgi davrda nodir testlar katoriga Rorshax, Rozencveyg, Kettel, Veksler, Anastazi, Roven va boshkalarning testlari kiradi;

- biografiya metodi insonning xiyoti, faoliyati, ijodi xakidagi og’zaki va yozma ma’lumotlarni tuplashdir;

- anketa metodi vositasida esa turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va xodisalarga munosabati urganiladi;

- faoliyat maxsulotlarini taxlil kilish metodikasi kuzatish metodining bir kurinishi sifatida bolalarning chizgan rasmlari, yasagan uyinchoklari kabi faoliyat maxsulotlariga asoslanib uning psixik rivojlanishi xakida xulosa chikarish imkoniyatini beradi;

- sociometrik metod kichik gurux a’zolari urtasidagi munosabatlar va shaxsning guruxdagi statusini aniklash metodidir.



Yüklə 187,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə