1. Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja


-Mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish shakllari



Yüklə 187,99 Kb.
səhifə11/11
tarix02.04.2022
ölçüsü187,99 Kb.
#84996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (1)

7-Mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish shakllari.

Reja :

1.Ta'lim turlari va shakllari tavsifi.



2.Ta'limni tashkil etish tizimi.
Tayanch tushunchalar:Ta’lim turlari, dogmatik o’qitish, tushuntiruvchi-namoyil etuvchi ta’lim, muammoli o’qitish, dasturiy ta’lim, kompyuterli ta’lim, individual; sinf-darsli; ma’ruza-seminarli.

1.Ta'lim turlari va shakllari tavsifi.

Didaktik g’oyalar (tizimlar) tarixiy taraqqiyot jarayonida yangi g’oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi o’qitish nazariyasi va amaliyotining umumiy qonuniyatidir.

Ta’lim turlari (yunoncha «species» alohida, o’ziga xos xususiyatga ega) o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir. Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:


• arxaik (ibtidoiy);

• qadimgi (SHumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);

• avestiy (Baqtriya, Sug’diyona, Xorazmda – eramizdan avv. VII-VI asrlar);

• yunon (Ellins, rim-yunon, rim – eramizdan avv. V-I asrlar);

• o’rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);

• yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko’rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o’qitish muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion);

• xorijiy (tushuntirish, tushuntirish-ko’rgazmali, dasturlashtirilgan, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterli o’qitish, masofali, Internet yordamida o’qitish va shu kabilar).

Avesto g’oyalariga ko’ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganda tashkil topdi. “Avesto” zardushtiylik muqaddas manbai bo’lib, u o’z davrining entsiklopediyasi hisoblagan. “Avesto” g’oyalariga binoan bolalar va yoshlarni o’qitish hamda tarbiyalash quyidagilardan iboratdir:


1. diniy va ma’naviy tarbiyalash;

2. jismoniy tarbiya;

3. o’qish va yozishga o’rgatish.

YOshlarni tarbiyalashda ona yerga, atrof-muhit, tabiatga muhabbat hissini uyg’otish muhim yo’nalish hisoblangan. “Avesto”da barkamol shaxs obrazi haqida aniq tasavvurlar ifoda etilgan.

Muntazam o’qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Sukrot (eramizdan avvalgi 469-399 er. avv. yillar) va uning o’quvchilari tomonidan keng qo’llagan yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. O’qituvchi (faylasuf) o’quvchida qiziqish, bilishga intilishni uyg’otadigan savoldan foydalanadi, mulohaza yuritish asosida o’quvchini voqea-hodisalarning mohiyatini idrok etishga undaydi. O’qituvchining mulohazasi ko’pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to’ldirilib turiladi. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o’quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.

Dogmatik o’qitish – jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo’lib, o’rta asrlarda keng tarqalgan. O’rta asrlarda /arbiy YEvropada dogmatik o’qitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o’rin tutgan. Musulmon pedagogik kontseptsiyasi sezilarli intellektuallik xususiyatiga ega bo’lgan. Komillikka bilimlaridan faol foydalana oladigan odamgina erishishi mumkin deb hisoblangan. “Haqiqiy g’oyalar” (Abu Ali Ibn Sino. «Donishnoma» /«Bilimlar kitobi»), haqiqiy bilimlarni o’zlashtirishga ikki to’siq xalaqit qiladi: so’zlarining aniq va fikrlarining tushunarli emasligi. Mazkur kamchilikni bartaraf etishda logika alohida o’rin egallaydi. Musulmon mamlakatlarida bolani o’qitish va tarbiyalashda u tomonidan Qur’onning arab tilida yod olinishi bilim eshallashning asosiy shart hisoblangan. Bundan tashhari XV-VII asrlarda bir qator maktablarda fors tili ham o’rgatilgan. Asosiy ta’limni bolalar maktablar – boshlang’ich maktabda olganlar (muqaddas kitobni o’qish va talqin qilish mashg’ulotlari, o’qish, yozish va hisobga o’rganganlar). Dogmatik o’qitishda o’quvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, o’qish, yod olish, eslab qolish va matnni so’zma-so’z takrorlashdan iborat bo’lgan.

Oliy ta’lim madrasalarda berilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o’quv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va /ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma’rifiy markazlarining rivojlanishi XV-VII asrlarga to’g’ri kelgan. Madrasalarda o’qitish fors tillarida olib borilgan. Tinglovchilar majburiy tarzda arab tilini ham o’rganganlar. O’quv rejasiga grammatika, Qur’on, Hadis, ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. O’qitish asosan og’zaki shaklda olib borilgan. Biroq tinglovchilar foydalangan o’quv adabiyotlari asta-sekin ancha ko’p qirrali, turli-tuman bo’lib boradi. Maktab ta’limi erkaklar uchun mo’ljallangan. Ammo har bir badavlat oila qiz bolani o’qitish uchun uyga o’qituvchini taklif etgan.

Dogmatik o’qitish o’rniga asta-sekin o’quv jarayonida ko’rgazmalilikni keng jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish-namoyish etish kabi ta’lim shakllari qo’llanila boshlandi.

Ayni vaqtda respublika hududida faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta’lim muassasalarida ta’limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda:

• tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta’lim (u an’anaviy yoki axborot beruvchi ta’lim ham deb ataladi);

• muammoli o’qitish;

• dasturlashtirilgan ta’lim yoki kompyuterli o’qitish.

Bugungi kunda o’rta asrda keng qo’llanilgan ta’lim turlari – dogmatik va sxolastik o’qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.

Tushuntiruvchi-namoyil etuvchi ta’lim nomidan mohiyati anglanib turibdi. Ko’rgazmalilik asosida tushuntirishning asosiy metodlari tinglash va eslab qolish sanaladi.

Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta’lim turi vaqtni tejash, o’qituvchi va o’quvchilarning kuchlarini asrash, qiyin bilimlarni tushunishni osonlashtirish, ta’lim jarayonini ancha samarali boshharishni ta’minlaydi. Biroq muayyan kamchilikka ham ega, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va o’quvchilarni bilimlarni o’zlashtirishda mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o’quv jarayonini individuallashtirish, differentsatsiyalashtirish imkoniyatlarining kamligi..

Muammoli o’qitishda o’quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash, o’quvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yo’li bilan ta’lim tashkil etiladi. Uning texnologiyasi turli-tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki o’quvchilarni faol idrok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat bo’ladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak.

Bunday o’qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi. Bunday vaziyatda fikrlash jarayonida qiyinchilik his etiladi. O’quv muammosi bir qadar qiyin, lekin o’quvchilarning kuchi yetadigan bo’lishi kerak. Muammoni ilgari surish bilan birinchi bosqich yakunlanadi. Muammoni hal etishning keyingi bosqichida o’quvchilar savol bo’yicha mavjud muammoni ko’rib chiqadilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar va yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni yechish uchun zarur bo’lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga haratilgan. U hayoliga birdan fikr kelishi bilan yakunlanadi (“Men nima qilishni bilaman!”). SHundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, olingan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish bosqichlari keladi.

Muammoli topshiriqlar savollar, o’quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bo’lishi mumkin. Muammoli savolda izlash va javoblar turli variantlari ko’zda tutiladi, ya’ni, oldindan tayyor javob bu yerda mumkin emas. Muammoli savolga misool: “Nima uchun temirdan yasalgan mix suvda cho’kadi, temirdan yasalgan kema esa cho’kadiq”.

Muammoli masala uni yechish yo’llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi o’quv-o’rganish topshirig’idir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlari o’rtasidagi harama-harshiliklar tashkil etadi. Muammoli masalaga misol: “2Q5*3q21 tengligi to’g’ri bo’lishi uchun qanday amallarni bajarish kerakq”.

O’qish jarayonida muammoli vaziyat sub’ekt (o’quvchi) o’zi uchun qiyin bo’lgan masalani yechishni istashi, lekin unga ma’lumotlar yetishmasligi va u o’zi ularni izlashi zarurligini ko’zda tutadi. Muammoli vaziyatga misol: “6 ta gugurt qutisidan tomonlari bir gugurt qutisi kattaligiga teng 4 ta bir xil tomonli uchburchaklar yasang”.

Muammoli o’qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatini tashkil etish asosida bilimlarni mustaqil egallash, o’qishga qiziqishni uyg’otish, mahsuldor fikrlashini rivojlantirish, o’qitishning mustahkam va amaliy natijalari. Kamchiliklari o’quvchilar idrok etish faoliyatlarini boshharishning qiyinligi, muammoni qo’yish va hal etish uchun ko’p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil yechish imkoniyatini har bir o’quvchiga taqdim etishning qiyinligi bilan belgilanadi.

Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan o’qitish) harakat (operatsiya)lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi. Ushbu turning asosiy maqsadi o’quv jarayonini boshharishni yaxshilashdan iborat. Bunday o’qitish asosini kibernetik yondoshish tashkil etadi. Unga binoan o’qitish murakkab dinamik tizim sifatida haraladi. Dasturiy ta’lim yangi didaktik, psixologik va kibernetik g’oyalar asosida XX asrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi. U o’quvchining bilim egallashi yo’lida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida o’z vaqtida yordam ko’rsatish, qiyinchiliklarini oldini olish, qiziqishini yo’qotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o’quv jarayonining texnologiyasini yaratishga yo’naltiradi.

Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

• o’quv materialining alohida qismlarga ajratilishi;

• o’quv jarayonining bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha bilimlar portsiyalari va fikrlash amallaridan iborat bo’lgan ketma-ket qadamlardan iborat bo’lishi;

• har bir qadamning nazorat bilan yakunlanishi (savol, topshiriq va shu kabilar);

• nazorat topshiriqlarini to’g’ri bajarganida o’quvchining yangi materiallarni olishi va navbatdagi qadamni bajarishi;

• to’g’ri javob topganda o’quvchining yordamchi va qo’shimcha tushuntirishlarni olishi;

• har bir o’quvchining mustaqil ishlashi, kuchi yetadigan mavzu bo’yicha o’quv materialini egallaishi;

• barcha nazorat topshiriqlari bajarilish natijalarining qayd etilishi (ular o’quvchilarning o’zlariga (ichki qayta aloqa) va pedagogga (tashqi qayta aloqa) ma’lum qilinadi);

• o’qituvchining ta’lim tashkilotchisi va qiyinchilik yuzaga kelganda yordamchi (maslahatchi) sifatida ishtirok etishi, individual yondoshuvning amalga oshirilishi;

• ta’lim jarayonida o’qitishning o’ziga xos vositalarining keng qo’llanilishi (dasturlashtirilgan o’quv qo’llanmalari, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, o’qitish mashinalari).

Kompyuterli ta’lim. O’qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi - shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari (SHEHM) rivojlanishi kompyuterli (kompyuterlashtirilgan) ta’limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlarni deyarli barcha didaktik masalalar: axborotni berish, o’qitish jarayonini boshharish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib borish, mashqlarni bajarish, o’quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin.

Rivojlangan mamalakatlarda kompyuterlardan ta’limdan foydalanishning keng rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi:

• alohida o’quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, georafiya va boshqalar) bo’yicha o’zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash;

• umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari – qo’yilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to’plash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko’nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish.

Bundan tashhari kompyuterlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari o’tkazish, baholash va boshharishda keng foydalaniladi, bu o’qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.

Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o’qitish algoritmlarini ajratishga asoslanadi. Algortm to’g’ri natijaga olib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim, ko’nikma va malakalarni to’la o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan o’quv faoliyati tartibi va ketma-ketligini o’quvchiga ko’rsatadi. O’quv dasturlari va kompyuterli ta’limning samaradorligi fikrlash faoliyatini boshharish algoritmlarining sifatiga bog’liq. YOmon tuzilgan algortmlar kompyuterli o’qitishning sifatini keskin pasaytiradi.

Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:

1. o’qitish dasturlarining sifati;

2. hisoblash texnikasining sifati.

Bu sohada ham muayyan muammolar mavjud, ya’ni, o’quvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish qonuniyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan ta’lim dasturlari hozircha juda kam, ularni tuzib ishlab chiqish ko’p vaqt va kuch talab etiladi, shu bois ularning narxi ham qimmat. Respublika ta’lim muassasalarida EHMlar soni va ulardan foydalanish ko’lami ortib va takomillashib bormoqda, biroq, bu sohada hali jahon tajribasidan ortda qolish holati bartaraf etilgani yo’q.


2.Ta'limni tashkil etish tizimi.

Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, lektsion-seminarli va sinfdan tashhari, auditoriyadan tashhari, maktab va maktabdan tashhari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:

1. individual;

2. sinf-darsli;

3. ma’ruza-seminarli.

Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. YOzuv paydo bo’lishi bilan qavm boshlig’i turli belgilar yordamida o’zining tajribalarini yoshlarga o’rgatgan. O’qituvchi va o’quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko’rsatish mumkin. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.

Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun bu usuli bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning usutunligi o’quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to’la individualashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta’lim o’qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo’lishini talab etadi.

Individual o’qitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

1. vaqtning tejamli emasligi;

2. o’qituvchi ta’sirining cheklanganligi (o’qituvchining vazifasi o’quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);

3. boshqa o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi);

4. jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.

Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o’qitish usulining ahamiyati pasayib, uning o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.

Ta’limning individual-guruhli shaklidagi YEvropada XVI asrda keng foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo’la oladi, bu davrda o’quvchilar uchun asosiy o’quv qo’llanma zardushtiylikning muqaddas manbai “Avesto” (eramizdan avvalgi VII-XVI asrlar) bo’lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda individual o’qitish jamoali o’qitish bilan birga olib borilar edi. O’qituvchi “Avesto” kitoblaridan birini ochadi va o’quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz chiharib o’qiydilar, keyin esa hamma birgalikda o’qilganni takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o’qituvchining o’quvchi bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual va jamoali mashg’ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat bo’lgan. Otda yurish, ov qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta’lim olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo’lmagan.

XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining “Tadbiri manzil” nomli ilmiy asarining maxsus “Amuzish va parvarishi modrasas farzand” («Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi:

1) agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi.

2) o’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziharli ma’lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar;

3) bolalar birgalikda yig’ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag’rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar.

Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo’lida o’quvchiga maslahatlar» nomli o’zining ilmiy asarida dars olib borish bo’yicha tavsiyalar beradi. Uning ko’p yillik dars o’tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha o’ziga xos pedagogi-psixologik darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. O’qituvchi maktabda darsga tushinish va o’zlashtirish mumkin bo’lgan o’quv materiallarini tanlab olishi, darsda o’rganilagandigan materiallarni tushuntirib berishi kerak. O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda o’zlashtirilsin. SHuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo’lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi.

XV asrda jamoali o’qitishni tashkil etish g’oyasini Muhammad Tarag’ay Ulug’bek davom ettiradi. Mutafakkir o’zining madrasalarida individual mashg’ulotlar tizimini bekor qiladi va “jamoa” sinf-dars tizimiga yaqin bo’lgan shaklini joriy qiladi. Umumiy ma’ruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda o’z sohasida mashhur bo’lgan olim mudarris (o’qituvchi-professor) o’qiydi, amaliy mashg’ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris (o’qituvchi) olib boradi. O’qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar hisoblangan. Samarqand madrasasida ma’ruzalarni allomaning o’zi va Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, Ali Qushchi, Avaz Kirmani kabi va boshqa mashhur olimlari o’qiganlar. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek va uning izdoshlari tomonidan matematika, metafizika, astronomiya, georafiya, tarix fanlaridan yangi darsliklar yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin “jamoa” usulida ham o’zining salbiy tomonlari bo’lgan. Jamoa usulida XX asr maktabida mashhur bo’lgan guruhli-laboratoriya metodida bo’lgani kabi o’zlashtirishni individual xususiyati hisobga olinmagan. YAxshi o’zlashtirmagan ba’zi shogirdlar ham ilg’orlar qatorida bir qo’llanmani o’rganishdan boshqasini o’rganishga o’z-o’zidan o’tavergan, kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar.

Individual-guruhli shaklining mazmuni mashg’ulotlarni o’qituvchi bir o’quvchi bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha bo’lgan turli yoshdagi bolalar guruhi bilan olib borishidan iborat edi. O’qituvchi navbat bilan har bir o’quvchidan o’tilgan materialni so’raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar beradi, qolgan bolalar o’z ishlari bilan shug’ullanadilar. O’qishni bunday tashkil etishda bolalar mashg’ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo’lgan.

XV va XVI asrlar davomida YEvropada ishlab chiharishning rivojlanishi kuzatildi. Ushbu o’zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviy shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi.

Ulardan biri bolalarni guruhli (jamoali) ta’lim sanaladi. U /arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qo’llanilgan va o’qish sinf-darsli shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda YAn Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jhatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogi-psixologikga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi. Quyosh it yulduzlari turkumida bo’lganida bolalarni dam olishga yuboradilar («ta’til» lotinchada – kunlarning eng qizigan davri deganini bildiradi).

Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada bugungi kunda ham keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.

Sinf-dars tizimining mazmuni o’quv ishlarini tashkil etish o’ziga xos shakli sifatida quyidagilarda iborat:

• bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan o’quvchilar sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o’qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;

• sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali bo’yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo’ladi.;

• mashg’ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;

• dars odatda bir fan yoki mavzuga bag’ishlangan bo’ladi, shu bois o’quvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;

• darsda o’quvchilarning ishiga o’qituvchi rahbarlik qiladi, u o’z fani bo’yicha o’qish natijalari, har bir o’quvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida o’quvchini keyingi sinfga o’tishi haqida haror qabul qiladi.

Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog’langan quyidagi uchta qismini ajratib ko’ratadi:


1. ilgari o’rganilgan bilimlar asosida yangi bililarni anglashni amalga oshirish va o’quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli ko’rsatmani yaratishga haratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go’yoki “eshik” hisoblanadi.

2. asosiy masalani hal etishga yo’naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisobalanadi.

3. amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga haratiladi.
Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham katta hissa qo’shdi. U o’qituvchi va o’quvchining faoliyatiga taalluqli o’qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, o’quvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab berdi.

Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko’rsatib berdi.

Afzalliklari: yaxlit o’quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim; jarayonlarning oddiy boshharilishi: muammoning jamoa bo’lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida bolalar o’rtasida o’zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; o’qituvchining o’quvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta’sir ko’rsatishi; ta’limning emotsionalligi (zero, o’qituvchi bir vaqtning o’zida o’quvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o’quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.

Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun mo’ljallanganligi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o’zlashtiruvchi o’quvchilar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o’qituvchi uchun o’qitish mazmuni va o’qitish sur’atlari hamda metodlari bo’yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishdga qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarning haror topmasligi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat haratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. SHunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga keldi (AQSHda Batov, YEvropada Maingeyms tizimi).

Evropa va AQSHda XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga haratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi YElena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogi-psixologik va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.

Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o’quv faoliyatining muvaffaqiyati maktabda ishlash sur’atining har bir o’quvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog’liq: ta’lim faoliyati ustun turadigan o’qishni an’anaviy tashkil etish o’quvchining mustaqil o’quv faoliyatining markaziy hisoblanishi, o’qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi, sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, darslarning bekor qilinishi, o’qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, o’quvchining laboratoriya yoki ustaxonalarda o’qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug’ullanishlari va zarur bo’lgan paytda o’qituvchidan yordam so’rashlari.

Mazkur tizim bir qator kamchiliklariga ko’ra keskin tanqi dga uchragan.

XX asr 20-yillarida maktab ishlari Ilmiy tekshirish instituti ta’limning loyihali tizimini targ’ib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kilpatrik ishlab chiqqan. O’qitish bu tizimining mazmuni o’quvchilarning o’zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog’langan bo’lishi va o’quv guruhi ixtisoslashishlariga harab (yo’nalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xo’jalik-ishlab chiharish yoki madaniy-turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo’lgan.

60-yillarda Tramk rejasi juda mashhur bo’ldi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqan. O’qitishni tashkil etishning bu shakli katta auditoriyalarda (100-150 odam) mashg’ulotlarni, 10-15 kishilik guruhlarda va o’quvchilarning individual ishlarini birgalikda olib borishni taklif etadi. Turli xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma’ruzalarni olib borishga o’quv vaqtining 40 % iajratiladi. Kichik guruhlarda mashg’ulotlarga (seminarlar) – 20 % i kabinet va laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga 40 % i ajratiladi.

70-yillarda o’qishni tashkil etish noan’anaviy shakllarini izlash davom ettiriladi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini modernizatsiyalashtirish fikri bilan bog’liq bo’lgan. Izlanishlar asosiy masalasi – o’qishni individuallashtirish edi.

Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri xali deyarli hech bir katta o’zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha lektsion-seminar tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Lektsion-seminar tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi. O’zbekistonda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tadbiq etilishi bilan lektsion-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida foydalanila boshlandi. Oxirgi paytlarda lektsion-seminar tizimi elementlaridan o’rta maktab katta sinflarida ham qo’llanila boshlandi.

Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi hisoblanadi.

Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.

Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).

Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog’liq..

Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:

• aralash darslar;

• yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;

• bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;

• o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;

• malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;

• bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;

• o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar yoshlarini hisobga olib o’quv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o’rganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to’g’ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu yerda ko’pincha ishlar boshqa turlarini o’z ichiga oladi: materialni og’zaki yetkazish. qiziharli hikoyani o’qish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinatsiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-javob, yangi materialni o’rganish, o’zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o’rganilganlarni suhbat ko’rinishida takrorlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.

O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o’rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o’z ichiga olgan va uni o’rganishga ko’p vaqtini talab qiluvchi, o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi material uning mazmuni bo’lgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va o’quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga harab ba’zi hollarda yangi materialni o’zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa – o’qituvchi rahbarligi ostida o’quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda – unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. YAngi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni takrorlash. o’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.

Bilimlarni mustahkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o’zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.

O’quvchilar o’z bilimlarini yangi manbalar bo’yicha anglab oladilar va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo’lgan qoidaga yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og’zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o’rganganlarini yanada chuqurroq va mustahkam o’zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo’yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo’yicha bunday darslar quyidagi bosqichlardan o’tishni ko’zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og’zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.

Ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog’liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o’rganishda davom ettiriladi. SHu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o’qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo’llanilishini o’quvchilarning o’zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko’nikmalarini qo’llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo’llashni o’zlashtirib olishlari kerak.

Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o’tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o’quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to’ldiriladigan va o’rganilayotgan kursning muhim g’oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o’quv kurslarining yakunida o’tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o’zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o’qib berish yoki o’qituvchining o’quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o’tkazilishi mumkin.

Tekshirish (nazorat) darslari o’qituvchiga o’quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko’nikmalari shakllanganlik darajasi, o’quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo’llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o’quvchidan ushbu mavzu bo’yicha uning hamma bilim, ko’nikma va malakalarini qo’llashini talab etadi. Tekshirish og’zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

YUqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo’yish va ularni o’quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o’quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko’rsatmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o’quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.

Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.

Dars rivojlanishining asosiy tendentsiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi.

Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

• fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;

• darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

• o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

• o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;

• ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

• shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;

• o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;

• pedagogik vositalardan samarali foydalanish;

• zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;

• mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;

• har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.

Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.

Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshharuvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.

Darsga nisbatan qo’yilavdigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.

Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.

Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o’rtalarida milliy maktablarda o’quvchilarning mashg’ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor haratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o’quv mashg’ulotidir.

Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o’nlab turlari mavjudligini ko’rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy o’yinlar, matbuot konferentsiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o’yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auktsionlar, dialoglar va boshqalar ko’zga tashlanadi.

13 – mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish shakllari

Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish shakllari.

Reja :

Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllari.



Tayanch tushunchalar: ma`ruza,seminar, amaliy ,laborotoriya, mustaqil ta`lim.
Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllari.

Pedagogik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllarilariga quyidagilar kiradi:

1. Ma`ruza.

2. Seminar.

3. Amaliy

4. Laborotoriya

5. Mustaqil ta`lim.

Ma'ruza o’qish va uni o'tkazishga quyiladigan talablar

1. Ma'ruza va ma'ruzaning ahamiyati. Ma'ruza. «Ma'ruza» (lekciya) so'zi lotincha bo'lib, ruscha tarjimada «o'qitish» deyilgan.

Ma'ruza - bu, o’qituvchi tomonidan bilimni bayon etish. Ma'ruzada keng hajmli bilim monologik yo'l bilan bayon qilinadi. Qoidaga ko'ra, ma'ruza metodi yuqori sinflarda qo’llanadi. Ma'ruzaning mohiyati shundaki, u o’quvchilarning bilimni to'liq va tugallangan, mantiqan, o'zaro bog`liq holda o'zlashtirishiga yordam beradi.Hozirgi davr pedagogik tajribada ham, ma'ruza bahs metodi qullanilmoqda. Bu metod o’quvchilarning mustaqil fikrlash, o'z mulohazalarini isbotlash, asoslashni bilishlarida muhim omil bo'layapti. Zero, puhta tayyorgarlik bilan uyushtirilgan bahs o'kuvchilarning ta'lim va tarbiyada muammoni chuqur tushunish yo'llarini, unga nisbatan bo'lgan o'z fikr-mulohazalarini himoya qilishni, boshqalar fikri bilan hisoblashish odobini egallashlarida alohida ahamiyatga ega.

Ma'ruza metodida ko'zlangan asosiy maqsad - o’quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir.Ma'ruza yangi bilimni o'tishda uning qism larini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o'rganishda, o’quv fanlari o'rtasidagi o'zaro alohani o'rganishda qo’llaniladi.

Ma'ruzaning mazmunli, samarali bo'lishi uchun:

- aniq , o'ylab tuzilgan rejani o’quvchilarga tanishtirish;

- rejaning harbir qism i bo'yicha berilgan ma'lumotni yakunlash;

- bayon o’quvchilarga tushunarli va ko'rgazmali, yorqin bo'lishi;

- bayon o’quvchilarda muhim o'rinlarni bilib olishga qiziqish uyg`otadigan bo'lishi kerak.

Ma'ruzani shunday o’qish lozimki, buning ta'sirida tinglovchilarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e'tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor shunday ekan, o’qituvchi ma'ruza o’qish jarayonida tinglovchilarning tarkibini hisobga olgan holda, uning ilmiy tomoniga alohida e'tibor berishi va tinglovchilarning qiziqishi va intilishlariga quloq solishi lozim.

O'qilayotgan ma'ruzalarning tarbiyaviy ta'sirining ya'nada yuksak bo'lishi o’qituvchining yoshlar oldidagi obro'siga, shahsiy sifatlariga, ilmiy iste'dodiga, ta'lim sohasidagi tajribasi, mahoratiga va tinglovchilar bilan o'rnatilgan do'stona munosabatlariga bog`liqdir.

Bundan tashqari dars va ma'ruzaning samarali natijasi o’quvchi va tinglovchilarning o’quv jarayondagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog`liq. Shunday ekan, ta'limni samarali tashkil etish, uning dars, ma'ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida o'rinli foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagoglik madaniyati, o'z predmetini puhta bilishligi va o’quvchi tinglovchilar bilan umumiy til topa olishligi g`oyat katta ahamiyatga egadir.

2. Ma'ruza va ma'ruzachiga quyiladigan pedagogik talablar. Ma'ruzani muvaffaqiyatli o'qish, ma'ruzani ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, ko'p jihatdan ma'ruzachi va tinglovchilar auditoriyasi o'rtasidagi muloqatga bog`liq bo'ladi.

Ma'ruzachi va tinglovchilar o'rtasidagi muloqatni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir.

Birinchi guruh sharti ma'ruza mazmuni va tuzilishiga bog`liq bo'ladi. Bularga quyidagilar kiradi.

Ma'ruzalarga ularni o'tkazishga qat'iy talablar quyiladi:

1. Ma'ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo'lishi kerak.

2. Ma'ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.

3. Ma'ruza ilmiy faktlar va ma'lum otlarga boy bo'lishi kerak.

4. Ma'ruzada fan-tehnikaning eng so'nggi yangiliklari yoritilishi zarur.

5. Ma'ruza uchun materiallar chu?ur o'rganilgan holda tanlanishi kerak.

6. Ma'ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bo'lishi kerak.

7. Ma'ruzada ilmiy adabiyotlar ta?lili, o'tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga ob'ektiv baho berish zarur.

Ikkinchi guruh shartlari ma'ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:

1. Ma'ruzachi aniq g`oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo'lishi.

2. Ma'ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bo'lishi kerak.

3. Ma'ruzachi ma'ruzadagi ma'lumotlarni erkin holda o'zlashtirgan bo'lishi zarur.

4. Ma'ruzachi o'z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ihodga qiziquvgan bo'lishi zarur.

5. Ma'ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog`liqligi (o’quvchi tinglovchilar diqqatini o'ziga jalb etish, tinglovchilarni fikrlash faoliyatlarni yo'lga solish va boshqalar) mavjud bo'lishi kerak.

6. Ma'ruzachida muloqatga kiritish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bo'lishi kerak.

7. Ma'ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodhon va to'g`ri bo'lishi, uning nutqi aniq , ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bo'lishi zarur.

8. Ma'ruzachini nutq sur'ati (tempi) tinglovchilarga ma'ruzani tushunishlari va asosiy mazmunni yozib olishlari uchun mos bo'lishi kerak.

9. Ma'ruzachi tinglovchilar bilan hushmuomila vash u bilan birga talabchan munosabatda bo'lishi lozim.

Uchinchi guruh shartlariga quyidagilar kiradi:

1. Ma'ruza soatlarini to'g`ri taqsimlanishi.

2. O’quv jarayonini o'z vaqtida, sifatli materiallar bilan ta'minlash.

YUqorida sanab o'tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina, hamma talablarga javob beradigan ma'ruzani o'tish mumkin bo'ladi.

Ma'ruza, asosan ijtimoiy fanlarni o’qitish jarayonida qullanmoqda. Ma'ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma'ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma'ruzadan faqat fan, o’quv predmeti asoslari borasidagi ma'lumotlar berib qolmasdan, balki o'kuvchilarni ijtimoiy-g`oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma'ruza jarayonida asosiy e'tibor o'kuvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan.

Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma'ruza-hikoya, mahruza-suhbat, ma'ruza-munozara hamda ommaviy ma'ruza. Ma'ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma'ruzachi-o’qituvchida ma'ruza mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo'lishi lozim.

Ma'ruza umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda yangi turdagi o’quv muassasalarida 45 daqiqalik bir akademik soatdan iborat bo'ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma'ruza bir dars davomila ohiriga etkazilmay holgan bo'lsa, u yangi mashg`ulotda davom ettiriladi. harbir mavzu bo'yicha ma'ruza materiallari tushuntirib bo'lingach, o’quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. harbir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yhati taqdim etiladi.

Maruzalar mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi

quyidagi turlarga bo`linadi:

1.Muammoli ma`ruza.

2.Binar ma`ruza.

3.Vizual ma`ruza.

4.SHarhlovchi ma`ruza.

5.Ahborotli ma`ruza.

6.Munozara ma`ruza.

7.Kirish ma`ruza.

2.Seminar mashg`ulotlarining vazifasi - darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, o’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni o'rganish ko'nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultaciyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og`zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir.

Seminar mashg`ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda etarli darajada to'liq yoritilgan va o'kuvchilarning o'zlari mustaqil ravishda o'rgana olishlari mumkin bo'lgan masalalar tanlab olinadi.

Seminarning harbir temasi bo'yicha o’quvchilarga adabiyotlar ro'yhatini berish, topshiriqning harakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko'rsatish kerak. Adabiyotlarni o'rganayotganda o’quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultaciyalarning tekstlarini tuzadilar.

Seminar mashg`ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo o’qituvchi seminarning vazifasi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi. So'ngra nutq so'zlash uchun o'kuvchilarga so'z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so'zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o'quvchilar nutq mazmuniga haratkeristika berib, uni to'ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko'rsatiladi). O’qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, ifoda formasi ko'rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar) dan foydalanish darajasiga harakteristika beradi, shuningdek, boshqa o'kuvchilarning nutqlari to'g`risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg`ulot so'ngida qo'yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib o'tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim.

Ma'ruza mavzu bo'yicha qilinadigan suhbat, seminar bo'lib, bu o’qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan amaliy mashg`ulot o’quvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko'rsatish, darslik bilan mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoj topishiga yordam beradigan darajada bo'lishi lozim.

Seminarlarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad o'kuvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasi dan keng va chuqur ma'lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.

Seminar mashg`uloti o'kuvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo'yicha ma'ruzalar tayyorlash hamda uni sinf o’quvchilari bilan muhokama qilish yo'li bilan olib boriladi.

Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko'riladi. O’quvchilar adabiyotlarni o'rganadilar, material yig`adilar, turli kuzatishlar o'tkazadilar, o'z ahborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.

Seminar mashg`uloti o’qituvchi rahbarligida o'tkaziladi. U o’quvchilar ishini yo'naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan mu?okamani yakunlaydi. Zarur qo'shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o’quvchilar faoliyati baholanib boriladi.

Seminar mashg`uloti o'kuvchilar e'tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o'rgatish, darsni faollashtirish hamda o’quvchilar a?liy ?obiliyatlarini o'stirishda muhim o'rin tutadi.

Seminar mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi:

1. Seminar trening.

2. Seminar bahs-munozara.

3. Intensiv seminar.

4. Interaktiv seminar.

5. Seminar loyiha

3.Amaliy mashg`ulotlar

Amaliy mashg`ulotlar o'kuvchi-tinglovchilarni biror-bir mavzu bo'yicha bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun o'tkaziladi.

Amaliy mashg`ulotlar - pedagogi-psixologikdagi mustaqil ta'lim shaklidir. Amaliy mashg`ulotlarni o'ziga hos hususiyatlari shundaki quyiladigan vazifa, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini tashkil etishni birgalikda amalga oshirishni ko'zda tutadi.Amaliy mashg`ulotlarda tor doiradagi amaliy harakterga ega bo'lgan masalalar hal etiladi.O’qituvchi amaliy mashg`ulotlarda o’quvchilar faoliyatini tashkil etish, ularga topshiriqlarni bajarishga yordam berishdan iborat bo'ladi.Amaliy mashg`ulotlarda o’quvchilarni tashkil etishning frontal, guruhli, yakka holda, juftli ishlash shakllaridan foydalaniladi. Bu esa o’qituvchiga alohida o’quvchilarda turli malaka va ko'nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Amaliy mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi:

1.Taqdimot.

2.Mustakil ijodiy ishlar loyihasi.

3. Amaliy mashklar.

4.Virtual tehnik takdimot.

Laboratoriya mashg`ulotlari

Laboratoriya mashg`ulotlari - bu o’qituvchi rahbarligida va belgilangan reja asosida yangi bilim bo'yicha tajriba o'tkazish jarayonida amalga oshiriladigan aniq amaliy vazifalardir.

Yangi bilimni egallash bo'yicha o'tkaziladigan laboratoriya mashg`uloti quyidagi metodik priyomlar orqali amalga oshiriladi:

- mashg`ulot mavzuini va amalga oshiriladigan vazifalarni aniqlash;

- mashg`ulot tajriba-bosqichlarini aniqlab olish;

- mashg`ulotning borishini, ishning tehnik havfsizlikka rioya qilingan holda bajarilishini kuzatib borish;

- mashg`ulotni yakunlash, asosiy hulosani bayon etish.

Laboratoriyada o'tkaziladigan mashg`ulot-tajriba o'kuvchilarning hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini, tajribada qo’llanadigan asboblarga ongli munosabatda bo'lish ko'nikmasini, tehnik bilimni egallab olishlariga zamin yaratadi.Bu mashg`ulotda o’quvchilar o’qituvchining topshirig`i bo'yicha asboblardan foydalanib, biror hodisani reja asosida tadqiq etadilar. Amaliy mashg`ulotlarda mavzuning yirik qism lari o'rganiladi. Bu - umumlashtiruvchi tarzda bo'ladi. Mazkur ish faqat sinfda emas, balki sinfdan tashqarida ham amalga oshiriladi.

Laboratoriya mashg`uloti quyidagi priyomlardan tashkil topadi:

- mashg`ulot maqsadini belgilash;

- bajariladigan ishni, unga rahbarlik qilish tartibini belgilab olish;

- ish tugagach, uni yakunlash.

Laboratoriya mashg`uloti jarayonida o’quvchilar darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalanishlari, o’qituvchi bilan maslahatlashishlari mumkin.Bu metod o’quvchilarning bilim, bili shva ko'nikmalarini tekshirish, ya'ni ta'limiy jarayon tarkibi va principlari bilan bog`liq holda qo’llanadi. Shu asosda bilimni tekshirish va baholashning turlari belgilanadi. Masalan:

- kundalik o’quv mashg`uloti davomida bilimni tekshirish va baholash;

- harbir chorak ohirida bilimni tekshirish va baholash;

- yil ohirida o’quvchining yil davomida egallagan bilimini tekshirish va baholash.

harbir o’qitish shakllaridan foydalanish o’qituvchidan yuksak pedagogik bilim va mahoratni talab etadi.

Laboratoriya mashg`uloti quyidagi turlarga bo`linadi:

1.Ijtimoiy loyiha ishi

2. Tehnik laboratoriya.

3.Mahsus laboratoriya ishi.

Mustaqil ta'lim belgilangan o`quv topshiriqlarini tinglovchilar tomonidan mustaqil va ijodiy (yoki professor - o`qituvchining ko`rsatmasiga muvofiq) bajarish maqsadiga yo`naltirilgan o`quv faoliyatidir. Mustaqil ta'lim negizini ta'lim oluvchining mustaqil ishlari tashkil etadi. Mustaqil ishlar o`quv - biluv faoliyatining bir turi, o`quv faoliyatining tashkiliy shakl - usuli, bilim o`zlashtirish yo`li, vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Shuningdek tinglovchilarning mustaqil ishlari didaktik maqsadi, mustaqil o`quv faoliyatining darajasi, yakka kishiga yoki guruhga mo`ljallanganligi, axborot manbai, bilim olish metodlari, shakli va bajarish o`rniga ko`ra ham tasniflanadi, farqlanadi


Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish shakllari.
Reja :

Pedagogik fanlarni o'qitishning yordamchi shakllari


Tayanch tushunchalar: kolleklium,tugarak,kurs ishi,bitiruv malaka ishi.
Pedagogik –psixologik fanlarni o'qitishning yordamchi shakllari

Ta'limning yordamchi shakllari: to'garak, kolleklium,kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi fakultativ mashg'ulot, o'quv ekskursiyalari va boshqalar sanaladi.

Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o’qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari, o’quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O’quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. CHunonchi, darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o’quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko’nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o’quv qo’llanmalarini to’plash va tayyorlash va boshqalar.

Darslarda pedagogning o’quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga uninmasliklari, yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchilarni rag’batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko’pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda o’quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko’rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo’lini esa ko’rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo’lib qoldi.

Fan to’garaklari yo’nalishi, mazmuni, ish metodi, o’qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.. To’garaklar o’qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog’liqlikni rivojlantiradi. Fan to’garaklarida o’quvchilarning ishlari o’quv jarayonini faollashtiradi, o’qish sifatini oshirishga yordam beradi.

Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo’lishi mumkin. O’quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo’yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o’tkazish uchun o’qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to’la rejani ishlab chiqishi, o’quvchilarni bo’lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o’quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko’rsatiladi. Ekskursiyani o’tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o’quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog’liq bo’ladi.

Maktab o’quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo’yicha kurslarni tashkil etishni ko’zda tutadi. Ular o’quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o’rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro’yxatini aniqlashda faqat o’quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo’yicha mashg’ulotlar majburiy va umumiy o’rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o’tkazilishi kerak.
Maslahat (konsultatsiya - o’quv suhbati)ga talablar ko’pincha o’quvchilarning ma’lum o’quv materiali yoki topshirig’i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko’proq o’quvchi savol beradi. To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarga o’quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to’g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o’rganadigan qilib yo’naltiradi. Konsultatsiya o’qituvchiga o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarda o’zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko’z bilan qarashni tarbiyalaydi. O’qimishlilik darajasini to’g’ri aniqlashga yordam beradi.
Kurs ishining asosiy talab va shartlari

«Pedagogi-psixologik fanlarini o’qitish metodikasi» fanidan yoziladigan kurs ishlari ham o‘qituvchi–ilmiy rahbar tomonidan ma’qullangan reja asosida qo‘lyozma tarzida tayyorlanadi. Kurs ishi rejasi mazmunni to‘liq qamragan bo‘lib, bo‘lim va boblar mantiqan bog‘langan tarzda tuziladi. Mavzu matnlari tinglovchining o‘z so‘zi bilan mustaqil yoritilishi talab etiladi. Kurs ishidagi majburiy elementlardan biri bu iqtisodiy karta-sxema, turli jadval, diagramma, chizma va boshqa shunga o‘xshash bezakli jihozlardir. Ularning nomlari, manbalari, qaysi tartibdagi rasm yoki jadval ekanligining tartibi (1-rasm, 5-jadval va h.k.) ko‘rsatilishi shart karta–chizma va boshqa ko‘rgazmali jihozlar toza, tartibli, sifatli bajarilishi va matn mazmuni bilan uzviy bog‘lanishi lozim chizmalardagi yozuvlar aniq did bilan chiroyli yozilishi va chizilishi, shartli belgilari esa umumkartografik talablarga to‘liq javob berishi darkor. Chizmalar tush yoki qora rangli ruchkada qo‘lda chizilib, matnga bevosita bog‘langan tarzda yoki kurs ishi oxirida ilova tarzida tartib bilan berilishi mumkin. Karta-chizmasiz, tegishli jadval yoki chizmalarsiz, hamda talab darajasida tayyorlanmagan chizma, jadvalli kurs ishlari qoniqarsiz baholanadi.

Ayrim hollarda ba’zi noyob karta-chizma yoki boshqa bezakli jihozlarni mustaqil, ilmiy rahbar roziligi bilan kurs ishiga ilova qilish tavsiya etiladi.

Bezakli jihozlardagi (karta-chizma, jadval va b.) ma’lumotlar tinglovchi tomonidan tahlil qilingan bo‘lsa kurs ishi mavqeini oshiradi.

Kurs ishi qog‘ozning bir betiga (tomoniga), chetidan xoshiya qoldirib (chapdan 3,0 sm., o‘ngdan 1,5 sm, yuqoridan 2.5 sm, va pastdan 2,0 sm.dan) yoziladi. Kurs ishining hajmi 30 varaq atrofida bo‘lishi mumkin. Bu raqam andoza emas, albatta. Ishning mazmuniga qarab hajm bir necha varaqqa ko‘payishi va kamayishi ham mumkin. Faqat mavzuning to‘liq yoritishi va yozuv qoidalariga rioya qilish tartibi buzilmasa bas.

Kurs ishi matni mavzu rejasiga mos tarzda yoziladi. Rejadagi har bir bo‘lim nomi matnda ham alohida boshqa rangda berilib so‘ng bo‘lim matni beriladi. Kurs ishi sahifa (bet)lari pastda o‘rtadan belgilangani ma’qul.

Kurs ishi quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:
1.

Kurs ishining birinchi betidagi titul varag‘i (1-ilova).

2.

Kurs ishining ikkinchi betida qoldirilgan bir varaq toza oq qog‘oz (takrizchining fikr- mulohazasi uchun).



3.

Kurs ishining rejasi (yoki mundarija).

4.

«Kirish» qismidan boshlangan mavzu matni bayonnomasi (3-betdan boshlanadi).



5.

Bezakli jihozlar matnda berilmagan bo‘lsa, alohida «Ilovalar» tarzida beriladi.

6.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.



Mavzu tanlash

Kurs ishini bajarish avvalo mavzu tanlashdan boshlanadi. Tinglovchilar tavsiya etilgan (2-ilova) kurs ishlari mavzularidan birini o‘z xohishlari bilan tanlaydilar. Kurs ishlari mavzulari alifbo tarzida berilgan bo‘lib, tinglovchi o‘z familiyasining bosh harfida bo‘limdagi 6ta mavzudan birini tanlab oladi. Ayrim hollarda tinglovchidagi kurs ishini yozish manbalarining mo‘lligi va uning ushbu mavzuni yozishga ishtiyoqidan kelib chiqib, mavzular ilmiy rahbar tomonidan kafedra mudiri bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin. Kurs ishiga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchi tinglovchiga ilmiy va uslubiy maslahatlar beradi.

Tinglovchi adabiyotlar, kartografik va statistik materiallar to‘plashi, ularning mazmuni bilan puxta tanishib chiqishi darkor. To‘plangan ma’lumotlar haqida ilmiy rahbar bilan fikrlashib olingach, mustaqil ravishda ish rejasini tuzishga kirishadi va uni o‘qituvchi bilan muhokama qiladi. Tuzilgan rejada rahbarning fikrlari e’tiborga olinishi maqsadga muvofiq.

Bulardan tashqari yo‘nalishlardagi ayrim kurs ishlari soni unchalik ko‘p bo‘lmay, ularni yozish chog‘ida uslubiy ko‘rsatmalar berilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu qo‘llanmada faqat yuqoridagi yo‘nalishga mansub kurs ishlariga reja tuzish va matn mazmunini yoritishga oid maslahatlar berish lozim deb topildi.


Adabiyotlar, kartografik va boshqa manbalardan foydalanish

Kurs ishini yozish avvalo tavsiya etilgan tegishli adabiyotlar, ekologik statistik ma’lumotlar bilan tanishishdan boshlanadi. Tavsiya etilayotgan adabiyotlarning (oxirgi betda) aksariyat qismini universitet kutubxonasidan topish mumkin. Ayrimlarini shahardagi boshqa kutubxonalardan izlash lozim. Adabiyotlar bilan tanishilganda kurs ishiga taalluqli bo‘lgan qismlar konspekt tarzida maxsus daftarga qayd etilib borilgani ma’qul.

Manbalardan shuningdek internetdan olingan ma’lumotlar ham kiritiladi. Foydalanishning asosan ikki usuli mavjud:

So‘zma-so‘z olingan jumlalar (fikrlar) yoki sitata keltirish. Bu usul ko‘proq oldinga surilayot holatga yoki noto‘g‘ri ekanligini isbotlashda qo‘llaniladi. Sitata qo‘shtirnoq ichida foydalanib, kimning fikri ekanligi (muallif, ish nomi, nashr joyi, nashriyot nomi, yili, beti) ko‘rsatilishi shart. Sitata keltirishni suiste’mol qilgan holda butun kurs ishini sitatalar majmuasiga aylantirish ham o‘ta mantiqsizlikdir. Ularni faqat o‘rni kelganda qo‘llash lozim.

Manbalar mazmunini o‘z so‘zi bilan bayon etish (yozish). Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda ham ma’lum qabul qilingan tartib va qoidalar borligini unutmaslik lozim.

Avvalo kitob yoki muallifning familiyasi va ismi- sharifi (bosh harfi), kitob yoki maqola (ish), nomi, nashr etilgan joyi, nashriyot nomi va nashr yili ko‘rsatiladi. Agar ish maqola bo‘lib, biror ilmiy to‘plamda, jurnalda nashr etilgan bo‘lsa, maqola nomidan so‘ng drob chizig‘i (//) qo‘yiladi (bu chiziq «Ilmiy to‘plam, jurnal, gazeta» degan ma’nolarni bildiradi) va to‘plam, jurnal, gazeta nomi, yili, soni va betlari ko‘rsatilishi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxati tuzilayotganda foydalanilgan bo‘lsa, kurs ishi mavzusiga taalluqli bo‘lgani holda avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, so‘ng hukumat qonunlari va Prezident farmonlari, Prezident asarlari hamda nutqlari tartibini berilgani ma’qul. Kurs ishida qonun, farmon va Prezident asarlarining bir nechtasiga murojat etilgan bo‘lsa, ular nashr yili bo‘yicha tartiblanadi, so‘ng boshqa mualliflar familiyasi alifbo tarzida davom etadi. Masalan:

1.


«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» T.: O‘zbekiston, 1992.

2.


O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni. 1992 y. 9 dekabr.

3.


Karimov I.A. «O‘zbekiston XX1 asrga intilmoqda» -T.: O‘zbekiston, 1998.
Kurs ishlari mavzularini keng yoritishda dunyo va O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy geografik atlaslaridan foydalanishni bilish lozim. Kartalarni puxta o‘qib olish tinglovchiga kurs ishini talab darajasida yoritishga katta yordam beradi. Chunki karta va ilmiy izlanishlar o‘zida juda ko‘p natijalarni mujassamlashtirgan. Ulardan foydalanish, turli bezakli chizma, diagramma va jadvallar ishlanishi mumkin. Bu tinglovchining kartadan foydalanish mahorati va ilmiy dunyoqarashi ko‘lamiga bog‘liqdir.

Kurs ishi himoyasi va uni reyting tizimi asosida baholash

Kurs ishi yozib bo‘lingach, uni belgilangan muddatgacha kafedraga topshiriladi. Taqrizga jo‘natilganligi to‘g‘risida maxsus daftarga qayd etiladi. Taqrizga yuborilgan kundan boshlab kurs ishiga 2 hafta mobaynida taqriz yozilib, tinglovchiga qaytarilishi lozim.

Taqrizlar asosan 3 yo‘nalishda ifodalanishi mumkin:

1.

Kurs ishini talabga javob berishi ta’kidlanadi.



2.

Kurs ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatilib, uni tuzatishga uslubiy maslahatlar beriladi.

3.

Bajarilgan kurs ishi talabga javob bermasligi qayd etilishi mumkin.


Har uchala holda ham kurs ishlari tinglovchilarga qaytariladi. Taqriz bilan tanishgach: birinchi yo‘nalishdagi taqrizga ega tinglovchilar kurs ishi mazmunini puxta o‘rganib, himoyaga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadilar. Ikkinchi yo‘nalishdagilar kamchiliklarni to‘g‘rilab, himoyaga tayyorgarlik ko‘rish payida bo‘ladilar. Uchinchi yo‘nalishdagi taqrizga tinglovchilar esa kurs ishini qayta yozish va uni o‘zlashtirishlari lozim bo‘ladi. Kurs ishlari ikkinchi marta taqriz uchun qabul qilinmaydi.

Kurs ishlari himoyasi fakultet dekanatlari tomonidan belgilangan kunda o‘tkaziladi. Kurs ishlari himoyasi kafedrada tuzilgan maxsus komissiya huzurida (kafedra mudiri- komissiya raisi va a’zolari ikkita professor-o‘qituvchilar) amalga oshiriladi. Himoya jarayonida komissiya a’zolari kurs ishi bilan tanishib, taqrizchining fikrini inobatga olinganlik darajalari bilan qiziqadilar va aynan kurs ishi mavzusi yuzasidan tinglovchiga savollar bilan murojat etadilar. Bunda tinglovchining mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi, fikrlash qobiliyati, nutq madaniyatiga katta e’tibor beriladi.

Taqrizchi kurs ishini himoyaga tavsiya etishi yoki rad etishi mumkin. Kurs ishini faqat komissiya a’zolarigina baholash huquqiga egadirlar. Kurs ishlari «reyting» balli tizimda baholanadi. Kurs ishi natijalari reyting daftarchasining maxsus ajratilgan joyiga qayd etiladi va komissiya a’zolarining imzolari bilan tasdiqlanadi.

Kurs ishi mazmunini tinglovchining mustaqil fikrlari sezilib turgan, ifodalari aniq va ravon bo‘lgan, nazarda tutilgan masalalar batafsil yoritilgan, bezakli jihozlarga boy kurs ishlari e’tiborga loyiq, hamda namunali ish hisoblanadi. Masalan, umumiy ko‘rinishlari bejirim va toza saqlangan kurs ishi yuqori bahoga sazovor bo‘ladi.

Kurs ishlarini belgilangan muddatgacha taqrizga topshirmagan, hamda tinglovchining o‘z mehnati natijasi hisoblanmagan kurs ishlari baholanmaydi.

Kurs ishi rejasini tuzish va matnini yozish

Kurs ishiga puxta reja tuzish ishning eng asosiy yutuqlaridan hisoblanadi. Chunki ishning talabga javob beradigan tarzda yozilishi bevosita tuzilgan rejaga bog‘liqligi ayon. Shu bois, rejadagi ju’ziy kamchiliklar ham ishning saviyasi pasayishiga va mazmuni atroflicha, to‘liq yoritilmaganligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kurs ishlari mavzulari rejasidagi asosiy savollar 5-7 tadan iborat bo‘lishi lozim. Rejadagi har bir bandga o‘ziga xos yondashuv asosida javob yozish talab etiladi (namunadagi rejalarga ilova qilingan). Shuningdek har kurs ishi uchun taalluqli ko‘rgazmali jihozlar tavsiya etilgan bo‘lib, tinglovchi ularga e’tibor berishi lozim.

Kurs ishlarining kirish va xulosa qismlarida yoritilishi kerak bo‘lgan masalalar quyida keltirilgan.
Kirish

«Pedagogi-psixologik fanlarini o’qitish metodikasi» fanidan kurs ishi yozishning ahamiyati, mavzuning dolzarbligi, maqsadi va asosiy vazifalari. Tanlangan mavzuning tinglovchi uchun ahamiyati. Kurs ishi tuzilmasi va h.k.

Xulosa

Mavzu yuzasidan umumiy jamlama, ya’ni xulosa chiqariladi. Mavzuning o‘ziga xos tarzda yoritilishi tinglovchida qator umumiy tushunchalar–xulosalarni yuzaga chiqarishi mumkin.



Kurs ishlari (loyixalari) bo‘yicha ko‘rsatmalar.

Kurs ishlari (loyixalarining) kengaytirilgan mavzulari va ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar alohida ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Malakaviy bitiruv ish.

. Tinglovchining malakaviy bitiruv ishi ta‘limining yakuniy bosqichidir. Malakaviy ishni bajarishdan maqsad-tinglovchining ta‘lim dasturi bo`yicha egallagan nazariy bilim hamda amaliy ko`nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni amaliyotda muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, ta‘lim va boshqa sohalarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llay olishga o`rgatishdir. Malakaviy bitiruv ishining mavzular ro`yxatini ixtisoslik kafedrasi tuzadi, oliy o`quv yurti yoki fakultet ilmiy kengashi tasdiqlaydi. Tinglovchining malakaviy ishi mavzusi va rahbari rektorning buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi.

Malakaviy ishga rahbarlar oliy o`quv yurtining o`ituvchisidan yoki boshqa korxona, muassasalarning yuqori malakali mutaxassislaridan tayinlanadi. Malakaviy ishi rahbarining vazifalari - tinglovchiga topshiriq berish; malakaviy ish rejasini tuzishga ko`maklashish; asosiy adabiyotlar, arxiv va boshqa manbalarni tavsiya etish; tinglovchiga maslahatlar berish, malakaviy ishni bajarish jarayonini nazorat qilish; malakaviy ishning sifati va tinglovchi o`zi bajarganiga kafolat berish, mavzuning, ishning aynan qaytarilishi, ko`chirilishiga yo`l qo`ymaslik, zarur hollarda maslahatchilarni taklif etishdan iborat.

Ixtisoslik kafedrasi malakaviy ishga qo`yiladigan talablarni, hajmini belgilaydi, ishni bajarish bo`yicha metodik qo`llanmalar ishlab chiqib, tinglovchilarni ta‘minlaydi.

Malakaviy ishni shaxsan tinglovchining o`zi bajaradi.Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning ishlari (ilmiy ma‘ruza, maqola, hisob-grafik ishlar, kurs ishlari, loyihalari), albatta, manbai ko`rsatilgan holda aks etdirilishi mumkin.

Malakaviy bitiruv ishi oliy o`quv yurti belgilagan tartibda bajariladi, ilmiy ishlarga qo`yiladigan talablar asosida rasmiylashtiriladi. Ish rahbarning tavsiyasi bilan kafedra mudiriga taqdim etiladi, kafedraning ishni himoya qilishga tavsiya qilish haqidagi qarori va tashqi taqriz bilan himoyaga taqdim etiladi, himoyadan so`ng oliy o`quv yurtida saqlanadi.


15 – mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitishda Pedagogik-psixologik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
Pedagogik –psixologik fanlarni o'qitishda pedagogik tehnologiyalardan foydalanishning o'ziga hosliklari.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib boromoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-tinglovchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsan, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiharishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshharuvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi-tinglovchi asosiy figuraga aylanadi.

Shuning uchun oliy o’quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egallarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-tinglovchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va tinglovchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’lik foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-tinglovchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:

- o’quvchi-tinglovchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- o’quvchi-tinglovchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;

- o’quvchi-tinglovchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;

- pedagog va o’quvchi-tinglovchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va o’quvchi-tinglovchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchi – tinglovchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, anna shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’kuvchi-tinglovchining extiyojidan kelib chikkanholda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga haratilgan pedagogik jarayondir.

Oqituvchi

O’quvchi talaba

Mazmun

Метод
SHakl


Vоsita
Maqsad
Natija
YUqoridagi chizmadan ko’rinib turibdiki, maqasadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq.

O’qituvchi va o’quvchi-tinglovchining maqsadli natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga haratilgan, bunda o’quvchi-tinglovchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga harab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, massalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’kituvchi va o’quvchi-tinglovchiga bog’liq.

SHu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu darayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, TSOni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va extiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchi-tinglovchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak.

O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’quvchi-tinglovchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogi-psixologik, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlar. Usullarni bilishi kerak bo’ladi. Xar bir darsni rang-barang, qiziharli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq.

Darsning texnologik kartasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi o’qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi.
Texnologik karta
Mavzu:

Maqsad, vazifalar

O’quv jarayonining mazmuni

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Og’zaki bayon qilish, suhbat-munozara.

Forma: Amaliy mashg’ulot, kichik guruhlarda va jamoada ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar: matnlar, ariza, ma’lumotnoma, xabarnoma blankalari.

Usul: Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida.

Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli sistema asosida.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi:

- Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilar tomonidan o’zlashtirilishga erishadi. Tinglovchilar faolligini oshiradi. Tinglovchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir vaqtning o’pchilik tinglovchilarni baholaydi. Uz oldinga qo’ygan maqsadlariga erishadi.

O’quvchi-tinglovchi:

YAngi bilimlarni egallaydi. YAkka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi:

YAngi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi-tinglovchi:

Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganish. O’z fikrini ravon bayon qila olish. SHu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topish, ularni o’rganish. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.


O’qituvchi tommonidan o’zi o’qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik karta unga fani, predmetni yaxlit xolda tasavvur etib yondoshishga, tushunishiga (bir semestr, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasiga ko’ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik kartani o’quvchi-tinglovchining imkoniyati, extiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o’qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

2. Ta’limning interfaol metodlari. Inter ingliz tilidagi «inter» old qo’shimchasidan iborat bo’lib, u tom ma’noda o’zaro ta’sir, yo’nalganlik ma’nosini anglatadi. Bu yerda inter so’zi keng doirada, xalharo miqyosdagi ta’sir, harakat, yo’nalganlik mazmuniga ega. Interfaol atamasiga kelsak, u «interactive» ya’ni keng xalharo miqyosdagi harakat faolligini bildiradi. Lotincha inter so’zining ma’nosi – ichki potentsial imkoniy quvvat degani.

Ma’lumki, har bir inson o’z ichki imkoniy quvvatiga va o’zgalarda qaytarilmas fazilatga ega.

Interaktiv usul tarbiya nuqtai nazaridan, har bir kishini ruhiy, ilohiy tavsifini ko’zda tutgan hoda, xalharo miqyosdagi ta’lim – tarbiya yangiliklarni hamda ma’naviy manbalarimizdagi aks ettirilgan intellektual salohiyatimiz ko’nikmalari asoslanib komil farzand tarbiyalash demakdir.

G’arbda pedagogi-psixologikning interfaol metodlari bilan shug’ullanadigan qismini interaktiv pedagogi-psixologik deb ham yuritiladi.

Interaktiv pedagogi-psixologik yoshlarni tinglovchilarni faolliklari xilma-xilligini hamkorligi, hayrihohligi asosida ularni yangi faollika, bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka undovchi pedagogi-psixologik bo’lib, tinglovchilarga bunday sifatlar ular erkin fikrlash asoslarini egallaganlaridan keyin shakllana boshlaydi, rivojlanadi.

Interaktiv pedagogi-psixologik yangi ta’lim asosida ta’lim – tarbiyaning hamma shakllarida joriy etilmoqda. Masalan, ma’ruzalarda, interaktiv pedagogi-psixologikning munozara, muomalalar muhokamasi, aqliy xujum, baxslar kabi usullaridan keng foydalaniladi.

Amaliy mashg’ulotlarda esa seminar, og’zaki, yozma kolokviumlar, referatlar muhokamasi, faol eksperiment, amaliy o’inlar metodlaridan keng foydalanilmoqda. Ammo shunga haramay. G’arb davlatlaridan bizga interaktiv pedagogi-psixologikning bir qancha karorlar shajarasi. Ajurli arra, Snejnyy kom, tajribalar, tadbirlar hamkorligi kabi metodlari kabi metodlari kirib keldi.

Inson imkoniyatlarining yana bir mo’’jizaviy tomoni shundan iboratki, har bir kishi nodir va betakror bo’lishi bilan birga u ijtimoiylikka muxtoj qilib yaratilgan. YA’ni xatto har bir qobiliyatli kishi o’z aqliy – amaliy imkoniyatlaridan optimal foydalanganda ham intellektual imkoniyatlarini faqat – 4-5% ini ishga sola oladi. SHuning uchun kishilarning qiziqishi, qobiliyatlar yo’nalishi turlicha bo’lib ular jamoalashganda aqliy imkoniyatlarning foydali ish koefitsenti ko’payadi.

Interaktiv pedagogi-psixologik tinglovchilarda ijobiy hamkorlikning har bir kishi uchun qanday katta manfaat kasb etishini amalda ko’rsatadi. SHunda tinglovchilar fikrlari hilma – hilligidan cho’chimaydilar, balki undan o’zaro manfaatdor bo’ladilar va atrofdagi ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarga ongli munosabatda bo’ladilar. Interaktiv pedagogi-psixologik tashkiliy shakli, metodlari, tinglovchilarning o’zaro munosabatlari, tinglovchi va o’qituvchi munosabatlari bilan paternalistik (nasihat va o’ktirishga asoslangan) pedagogi-psixologikdan tubdan farq qiladi.

Masalan, interaktiv pedagogi-psixologikning «munozara» shaklidagi mashg’uloti ikki bosqichli qilib o’tkaziladi. Agar guruhdagi 20 ta tinglovchi bo’lsa, ular 4 tadan yoki 5 kishidan iborat kichik guruhlar shaklida o’tkaziladila. YA’ni har bir stolga davra qilib o’tiriladi. SHunday qilib, guruhda 4 yoki 5 ta davra hosil bo’ladi. Bugungi mashg’ulotda hal qilinishi kerak bo’lgan muammo 4 yoki 5 ta masalaga bo’linadi. O’qituvchi guruhlar hal qilish lozim bo’lgan masalalarni alohida qog’ozlarga yozib keladi.

Har bir guruhga turli savollar tarqtiladi. Agar muammo yangi bo’lsa, har bir kartochka – qog’ozda savollarga qisqacha yordamchi izohlar berilishi kerak. YOki muammoni hal qilish uchun zarur bo’lgan materiallar bilan tanishish tinglovchilarga oldindan topshirilapdi. Har bir guruhga o’zlari olgan masalalarni kichik guruhlarda o’zaro ijodiy hamkorlikni yo’lga qo’yib munozarani tashkil qilish va tegishli javob hozirlash uchun 5-10 minut beriladi (qiyinlik darajasiga harab). Keyin munozaraning ikkinchi bisqichi boshlanadi. Unda har bir kichik guruh vakili o’zlari hal qilgan masalani bugun guruhga, jamoaga gapirib, isbotlay berishi kerak. Bu vakilning javobi boshqa guruh a’zolari tomonidan umumiy munozaraga olinadi va umumiy yakuniy xulosa chihariladi. Bunda professor-o’kituvchi munozaraga ijodiy hamkor sifatida, eng zarur paytlarda ishtiroq qilish kerak.

Fikrlarni to’g’ri, noto’g’ri deb tasdiqlamasligi kerak. CHunki u erkin fikrlashga to’siq bo’ladi. Albatga, professor-o’qituvchi xulosaviy fikrlarda agar bo’lsa, yordamga kelishi kerak. Xuddi shunday beshta guruhlarning javoblari munozarada hal qilingach, (5-10 minutdan) umumiy qo’yilgan muammo muhokamasiga hamma qatnashadi. YAkuniy xulosalar doskaga yoziladi. Tinglovchilarga tegishli reyting ballari munozara davomida va munozara yakunida quyila boradi.

Interaktiv pedagogi-psixologik tinglovchilarni amaliy va nazariy faollikka yangi g’oyalar izlashga, o’z fikrlari, g’oyalarini himoya qilishga, o’z g’oya fikrlarini isbotlashga, boshqalarni fikrlariga hurmat va tanqidiy harashga, muloqot, munozara olib borish sifatlarini o’stirishga, mustaqil ishlanishga, amaliy ijodkorlikka, amaliy sifatlarga ega bo’lishga o’rgatadi.

Interaktiv pedagogi-psixologik professor-o’qituvchilarga o’zlari o’qitayotgan fanlarini zamonaviy ta’limiy, ijodiy-amaliy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funktsiyalarini aniq belgilab olib milliy ta’lim modelidagi uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiharish integratsiyasi asosida interaktiv pedagogi-psixologikdan o’rinli foydalanib zamon talabi darajasidagi yetuk mutaxassislarni tayyorlashdagi o’zlarining sharafli vazifalarini bajarishlari kerak.

Professor-o’qituvchilar interaktiv pedagogi-psixologik yordamida internetdan, masofadan turib o’qitish, axborot texnologiyalari asosida ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiharish, ularni hayotga joriy qila bilishlari kerak.


3. O’qitish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarni turlari. O’qitish jarayonida o’quvchi-tinglovchilarga shaxs sifatida haralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qullanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas’uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga pedagoga va o’zi tanlangan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.

Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilari haqida to’xtalib o’tamiz va ularni o’tkazish tartibi haqida qo’llanma beramiz. Ushbu metodik qo’llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’kuvchi-tinglovchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tankidiy, mustakil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, yetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

O’qitish jarayonida turli texnologiyalardan foydalanish mumkin. Bularga quyidagilar karadi.

«Aqliy hujum» metodi – o’qituvchi o’quvchi egallashi kerak bo’lgan mavzuni oddiydan – murakkabga tomon bosqichma bosqich loyihalab beradi.

«Tarmoklar» metodi – o’quvchi-tinglovchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga haratilgan.

«3CH4» metodi – o’quvchi-tinglovchilarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chihara olishi, ta’rif bera olishiga haratilgan.

«Blits-o’yin» metodi – harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga haratilgan.

«Intervyu» texnikasi – o’quvchi-tinglovchi savol berish, eshita olish, to’g’ri javb berish, savolni to’g’ri tuzishni o’rgatishga haratilgan.

«Ierarxiya» texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o’tish usullarini qo’llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatishga haratilgan.

«Bumerang» texnikasi – o’quvchi-tinglovchilarni dars jarayonida, darsdan tashharida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchi-tinglovchilarni baholay olishga haratilgan.

«Tinglovchi» treningi – o’quvchi-tinglovchilar bilan individual holda ishlash o’qituvchi va tinglovchi o’rtasidagi to’siqni yo’q qilish, hamkorlikda ishlash yo’llarini o’rgatishga haratilgan.

«O’qituvchi shaxsi» treningi – o’qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan tinglovchilar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga haratilgan.

«Muloqot» texnikasi o’qituvchilarni auditoriya diqqatini o’ziga jalb etish, dars jarayonidahamkorlikda faoliyat ko’rsatishga, uni tashkil etishni o’rgatishga haratilgan.

«Boshharuv» texnikasi o’qituvchilarni auditoriyani boshharishdagi usullari hamda o’quvchi-tinglovchilarni ish jarayonida boshharish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o’rgatishga haratilgan.

«Tarmoqlar» metodi (Klaster)

Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi.

Bu metod biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadlashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. SHuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
«Bumerang» texnologiyasi

Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriklarni bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida bo’lishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi.

«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:

- jamoa bilan ishlash mahorati;

- muomalalik;

- xushfe’llik;

- ko’nikuvchanlik;

- o’zlarga fikriga hurmat;

- faollik;

- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;

- ishga ijodiy yondashish;

- o’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish;

- o’zini xolis baholash.

Asosiy tushunchalar quyidagilar:

Ochiq savollar – bu savollar muomala, so’zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.

YOpiq savollar – bu savollar oldindan «ha»yoki «yo’q» tipidagi to’g’ri, ochiq, javoblarni berishni ko’zda tutadi.

Ko’ndalang so’roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib, bu o’ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan harorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ko’ndalang so’roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar berila«Skarabey» texnologiyasi

«Skarabey» interaktiv texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyatyaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.

«Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:

- boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida («Aqliy hujum»);

- mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;

- oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.

«Skarabey» texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.

Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin.

«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanishi mumkin.

Ta’limdan tashhari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:

- o’zgalar fikriga hurmat;

- jamoa bilan ishlash mahorati;

- faollik;

- xushmuomalalik;

- ishga ijodiy yondashish;

- imkoniyatlarini ko’rsatish ehtiyoji;

- o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;

- «men»ligini ifodalashga imkon beradi;

- o’z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg’otadi.

Asosiy tushunchalari quyidagilar:

- Assotsiatsiya – mantiqiy bog’liqlik bo’lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g’oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.

- Ranjirlash (muayyan tartib) – ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga harab tartiblash.

«Veer» texnologiyasi

Bu texnologiya murakkab, ko’ntarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o’rganishga haratilgan.

Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.

Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.

«Veer» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining, guruhning faol ishlashiga haratilgan.

«Veer» texnologiyasi mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin:

- boshida: o’z bilimlarini erkin faollashtirish;

- mavzuni o’rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;

- yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.

Asosiy tushunchalar quyidagilar:

Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.

Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.

Fazilat – ijobiy sifat.

Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.

Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo’yicha dalildan natijaga kelish.

Ta’limdan tashhari «Elpig’ich» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:

- jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;

- muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;

- murosali harorlarni topa olish mahorati;

- o’zgalar fikriga hurmat;

- xushmuomalalik;

- ishga ijodiy yondashish;

- faollik;

- muammoga diqqatini jamlay olish mahorati.

Aqliy hujum

Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo’llaniladigan, ko’plab g’oyalarni ishlab chiqish mumkin bo’lgan metoddir. Bu haqiqatan ham tinglovchilarning o’quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g’oyalarni bayon qilish chog’ida boshqalarni ham qizg’in ishga yo’llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag’batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g’oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o’ziga tortib oladi.

O’qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o’kuv faolligi 5-10 daqiqa oralig’idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi.

Aqliy hujum turli tarzda qo’llanishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun, yangi savol qo’yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun.


Asosiy qoidalari quyidagilar:

1. Aytilayotgan barcha g’oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir.

2. Kiritilayotgan g’larga nisbatan tanqidning mavjud emas.

3. G’oyani taqdim etayotgan paytda so’zlovchining gapini bo’lmaslik.

4. So’zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.

Metodni ishlatishga kirishmoq…

1-metod – guruhning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qo’yiladi.

1. O’qituvchi o’quv jarayonida tashabbusni o’z qo’liga shunday tarzda oladi: u auditoriyadagi barcha tinglovchilarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga daxldor barcha mumkin bo’lgan fikrlarni aytishni so’raydi.

2. Barcha, hatto, axmoqona g’oyalarni ham aytishga ruxsat beriladi. Aytilayotgan fikrlar ichida birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart.

3. Birortasining ham fikri sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi.

4. Asosiy fikrlarni o’qituvchi flip-karta, doskaga yozib oladi yoki ekranda ko’rsatadi.

5. Aqliy hujum tugagach, barcha g’oyalar to’planishi, guruhlarga ajratilishi yoki kategoriyalarga bo’linishi mumkin.

2-metod – barcha mavzu va savollar umumiy yo’nalishi saqlangan holda katta guruh tarkibidagi guruhchalarga takdim etiladi.

1. O’qituvchi umumiy mavzu bo’yicha bir necha, balki 4-6ta savol tayyorlashi mumkin.

2. Katta guruh kichik guruhchalarga ajratiladi va har bir guruhchaga aqliy hujum o’tkazish uchun alohida savol beriladi.

3. Har bir guruhcha aqliy hujum mahsulotini yozib olish uchun bittadan kishi ajratadi, keyinchalik, jarayon tugashi bilan uni guruhning barcha a’zolariga taqdim etadi.

4. G’oyalar har bir guruhcha tomonidan katta sahifaga markerdan foydalanib yozib olinishi mumkin. SHunday sahifa – plakatning yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qo’yiladi. Sahifa – plakat jarayonning oxirida har bir xohlovchi nima yozilgan va jamlanganligini ko’rishi uchun osib qo’yiladi.

5. Aqliy hujumning bu metodi vaqtning qisqacha davrida bir savolning bir necha jihati ishlab chiqilishi zarur bo’lgan joyda, ayniqsa, foydalidir.

6. O’qituvchi rahbar-yordamchi sifatida harakat qiladi va bir guruhdan ikkinchi guruhga aqliy hujum amalga oshirilayotgan paytda o’tib turadi.


Muhim g’oyalar aqliy hujum paytida ishlab chiqilgan bo’lishi va munozaralarda muhokama etilgan bo’lishi kerak.di, munozaraga kirishilmaydi.

16-Mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitishda Pedagogik-psixologik va axborot texnologiyalaridan foydalanish

Bugungi kunda ahborot tehnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Ahborot tehnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lib, hozirgi zamon ahborotlashgan jamiyatning o'ziga hos hususiyati shundaki, ahborot tehnologiyalari barcha mavjud tehnologiyalar, hususan yangi tehnologiyalar orasida etakchi o'rin egallamoqda.

Ahborot tehnologiyalari - bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning tehnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo'yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va tehnik vositalaridir. Yana shuningdek, ahborot tehnologiyalari deganda, ma'lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Agar tehnologik zanjirni tashkil etuvchi jarayonlar, ular orasidagi ahborot almashinuvini tashkil etish va ularni uyg`unlashtirishda kompyuterlardan foydalanish imkoniyati yaratilsa, har qanday tehnologiyaning samaradorligi ortadi. Albatta, buning uchun mazkur tehnologiyani sinchiklab o'rganish, jarayonlardagi va ular o'rtasidagi ahborot almashinuvini, shuningdek, jarayonlar zanjirini (ya'ni tehnologiyani) boshqarishning ahborot ta'minotini tahlil etish zaruriyati paydo bo'ladi.

hozirgi zamon ahborot tehnologiyalarining asosini quyidagi uchta tehnika yutuqi tashkil etadi:

1. Ahborotning mashina o'qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo bo'lishi (magnit, lentalar, kinofilmlar, )

2. Ahborotni er sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo'yicha muhim cheklashlarsiz etkazishini ta'minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aqolining aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televidenie, ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo'ldosh aloqa, telefon tarmoqi va h);

3. Ahborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo'yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va ?.) oshirish.

Ahborot tehnologiyalari, birinchidan, ahborotning cirkulyaciyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.

Ahborot tehnologiyalari ta'lim jarayonida muhim o'rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:

- harbir odamga hos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o'qitilayotgan o’quvchi va tinglovchilarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, o'zini o'zi kamolotga etkazishga intilishni shakllantirish;

- voqea va hodisalarni kompleks o'rganishni, aniq , tabiiy-ilmiy,tehnikaviy, ijtimoiy, gumanitar fanlar va san'at orasidagi o'zaro bog`liqlikning chambarchasligini ta'minlash;

- o’quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy tarzda va dinamik ravishda yangilash.

Ta'lim tizimi nuqtai nazaridan ahborot tehnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir:

1. Tehnik muammolar - bular ta'lim tizimida foydalaniladigan elektron-hisoblash va mikroprocessor tehnikasiga qo'yiladigan talablarni, ularni amalda qo’llash hususiyatlarini belgilaydi;

2. Dastur muammolari - bular ta'lim tizimida foydalanish uchun dastur ta'minotining tarkibi va turlarini, ularning qo’llanish tarkibi va hususiyatlarini belgilaydi;

3. Tayyorgarlik muammolari - bular o’qituvchi va o’quvchi, pedagog va tinglovchilarning ahborot-kommunikaciya tehnologiyalaridan, shu jumladan, hisoblash tehnikasidan ham foydalanish uquvi bilan bog`liqdir.

Bugungi kunda ta'limni ahborotlashtirishda asosiy yo'nalish turli o’quv fanlari bo'yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bo'lib qoldi. Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter tehnikasi bazasidagi pedagogik dastur vositalari o’qitish nuqtai nazaridan ta'lim sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri-kompyuter tehnologiyalari an'anaviy tashkil etilgan o’qitish jarayonida joriy etila boshlanganligidir. U o'zining asosiy mazmuni va metodlari bo'yicha bu tehnologiyalarga yo'naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi.

Ta'lim tehnologiyalari doimo ahborotli bo'lgan, chunki ular ko'p hil ahborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga etkazish bilan bog`liq edi. Kompyuter tehnikasi va kommunikaciya vositalari paydo bo'lishi bilan o’qitish tehnologiyalari tubdan o'zgardi. Ta'lim jarayonida ahborot tehnologiyalarini amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo'lishini taqozo etadi:

- ta'limning tehnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikaciya vositalari;

- ta'lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy dastur ta'minoti;

- ta'lim-tarbiya jarayonida yangi o’quv-tehnika vositalarini tatbiq etish bo'yicha mos metodik ishlanmalar.

Keyingi vaqtlarda «o'qitishning kompyuter tehnologiyalari» tushunchasi tarqalib, bunda kompyuterlar bazasida amalga oshirilgan o’qitish tehnologiyalari tushuniladi. Biroq ahborot tehnologiyalari tushunchasi o'qitishning kompyuter tehnologiyalari tushunchasidan kengroqdir, chunki kompyuterlar ahborot tehnologiyalari tehnik vositalarining tarkibiy qismidir.

Bugungi kunda turli optik hotirlovchi qurilmalar (videodisklar, optik disklar) keng tarqaldi. Ulardan foydalanish matnli grafik ahborotni bir vaqtda birgalikda yozish imkonini beradi, shu bilan birga uni qayta tiklashda yuqori sifatli tasvir paydo bo'ladi. Magnit yozuvdan farqli o'laroq, optik disklardagi yozuv istalgan sondagi qayta tiklashlarda ham yomonlashmaydi. Kompyuterlar ishining dasturiy-matematik ta'minoti yuqori tehnologik ishlab chiqarish taraqqiyotining muhim yo'nalishi bo'lmoqda.

Shuningdek, tehnik va dasturli ahborot tehnologiyalari ham mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

EHM tarmoqlari. hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EHM yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoqlari keng tarqalgan. EHM lokal tarmoqlari uncha katta bo'lmagan fazoda amalga oshiriladi va ahborot hizmati turli tarmoqlarining integratori bo'ladi. Ular tashkilotlardagi barcha ahborot tehnologiyalari vositalarini birlashtiradi hamda ularning samaradorligini oshiradi. EHM global tarmoqlari esa, ahborotni katta masofalarga uzatilishini amalga oshirish imkonini beradi.

Yo'ldoshli aloqa tizimlari. Ko'plab er ustidagi stanciyalarni va er sun'iy yo'ldoshidagi retrenslyatorlarni o'z ichiga oladi. Bugungi kunga kelib, bu tizimlar kompyuterlar orasidagi aloqani amalga oshirish uchun ma'lumotlar to'plash hamda televidenie dasturini uzatish uchun ishlatilmoqda.

Sun'iy intellekt tizimlari. Sun'iy intellekt elementli AKTning boshqalaridan farqi shundaki, oddiy AKTlari faqat statistik ma'lumotlarni, sun'iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi. Informatikaning aloqida yo'nalishi-sun'iy intellektdir. Odam aqliy faoliyatining ba'zi turlarini amalga oshiruvchi dasturli-tehnika vositalari ishlab chiqilmoqda.

Elektron pochta. «Elektron pochta» - bu korrespondenciyalar almashishi uchun pochtaga o'hshash ahborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan foydalanish, ya'ni bosma materiallar, jadvallar va jurnallarni uzatish hamda elektron pochta yoki qog`ozsiz pochta aloqalari hizmatidan iborat bo'lib, u habarlarni to'plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari tizimidir.

Elektron pochta asosida aqoliga elektron gazeta va jurnallar kabi ahborot hizmati ko'rsatish amalga oshirilgan. So'nggi yillarda jahon bozorida elektron nashrlar borgan sari ko'p o'rin egallamoqda. Bu jarayon kompakt optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi.

Telekonferenciyalar. Telekonferenciyalar zamonaviy ahborot tehnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bo'la oladi. Telekonferenciyalarni o'tkazish uchun quyidagi apparaturalardan foydalaniladi: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari. Shuningdek, telekonferenciyalar orqali dolzarb masalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutahassislar doirasini kengaytirish, halqaro ma'lumotlar banklaridagi istalgan ahborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.

O'qitishning zamonaviy ahborot tehnologiyalari o’quvchi-tinglovchining emas, u eng avvalo, o’qituvchi(pedagog)ning tehnologiyasidir. O’quvchi-tinglovchi zamonaviy ahborot tehnologiyasini o'rganmaydi, balki uning mahsulotidan o'qitishning tehnik vositasi sifatida foydalanadi. O’qituvchi (pedagog) zamonaviy tehnologiyalarni qo'llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, o’quvchi- tinglovchilar bilimini nazorat qiladi va uning vazifasi ta'lim mazmunini takomillashtirish uchun kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasidagi ahborot tehnologiyalarini ta'lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo'ladi. Ahborot tehnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini ahborot bilan ta'minlashni rivojlantirish omillari kompyuterlashtirishning harikkala yo'nalishini ham rivojlantirib borish zaruriyatiga bog`lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta'lim tizimining hamma bosqichlarida «kompyuterlashtirishning koncepciyasi» yaratilishi lozim. Kompyuterli tehnologiyalar dasturli o’qitish g`oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikaciyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog`liq ta'limning hali tadqiq qilinmagan yangi tehnologik variantlarini ochadi. Ta'limning kompyuterli (yangi ahborot) tehnologiyalari - bu ahborotni tayyorlash va uni ta'lim oluvchiga uzatish jarayoni bo'lib, uning amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya'ni:

- o’quvchi-tinglovchilarda ahborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;

- «ahborotli jamiyat» shahsini tayyorlash;

- ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish imkoni darajasidagi va etarli miqdorda ahborot bilan ta'minlash;

- o’quvchi-tinglovchilarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.

Kompyuterli tehnologiya mazmuni bir qancha shakllantirilgan modelni qo'llashga asoslangan bo'lib, bu model kompyuter hotirasiga yozib qo'yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikaciya tarmog`ining imkoniyatlari orqali namoyon bo'ladi.

Ahborot tehnologiyalaridan faqat o’quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarni ilmiy-tehnik va mahsus ahborot bilan ta'minlaydigan ahborot ishida, ta'lim tizimini boshqarishda va kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimida ham foydalanish mumkin.

Rivojlangan mamlakatlarda ahborot tehnologiyalarini ta'limga joriy etishda ularning tehnik vositalarini integraciyalash asosiy yo'nalish bo'lmo?da. Shu munosabat bilan, hatto «multimedia» tushunchasi paydo bo'ldiki, u o'qitishda ko'pchilik tehnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani qo'llagan holda eng muhim narsa o’quvchi-tinglovchilarni kerakli ahborotni tanlab olishga o'rgatishdan iborat bo'ladi. O’qituvchi(pedagog)ning vazifasi ahborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat bo'ladi, o’qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yo'l ko'rsatuvchi hamdir.

Bu kabi o’qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda o’quvchi-tinglovchiga ta'sir ko'rsatish birgina ahborot kanallari (ko'rish, eshitish va h.k.) orqali amalga oshiriladi. Bu esa ta'lim samaradorligini oshiradi. Ta'lim jarayonida ahborot tehnologiyalaridan foydalanilganda o’quvchi-tinglovchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini tiklash muammosi yangicha hal etilishi lozim. Agar an'anaviy ta'lim sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng ko'p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar bo'ladigan bo'lsa, ahborot tehnologiyalaridan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir va?tda foydalanish mumkin. Shuningdek, ta'lim jarayoniga ahborot tehnologiyalarining joriy etilishi o’qituvchi (pedagog) vazifasining o'zgarishiga sabab bo'ladi, ya'ni pedagog ta'lim-tarbiya berishdan ko'ra ko'proq tadqiqotchi, tashkilotchi, maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi. Bularning hammasi esa o’qituvchi(pedagog)larni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o'zgartirishni talab qiladi. Tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, o’qituvchi (pedagog)larning ahborot madaniyati asoslari metodologik, umumta'limiy, umummadaniy harakterda bo'lib, pedagog hodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida barcha o’quv fanlari kompleksini o'rganishda shakllanishi lozim.

Keyingi yillarda Oliy va o'rta mahsus o’quv yurtlarini ahborot tehnologiyalari bilan jihozlash, ta'lim tizimi mazmuni, uni tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi va bermoqda. Ma'lumki, o’qituvchi(pedagog)larning an'anaviy o’qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar o'tkazilishiga ko'p vaqt ajratiladi. Bu mutahassis tayyorlashning juda muhim tarkibiy qism idir. U nafaqat o’quvchi-tinglovchining nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o’quv materialini o'zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga ham ko'mak beradi. Biroq bunday mashg`ulotlar to'laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi - laboratoriya jihozlari etarli darajada emasligi hamda ko'pgina laboratoriya va o’quv honalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati ma'naviy eskirib qolganligi va bugungi kun talablariga to'liq javob bera olmasligidadir. Tehnologiyalar tez sur'atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg`ulotlar uchun laboratoriya va stendlarni harbir o’quv yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa qo'shimcha sarf-harajatlar qilish kerak. Boshqa yana bir muhim omil shundaki, ba'zi laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta'lim oluvchilar takror tahlil yohud sinovlar o'tkazishga qiynalishadi, holbuki, ma'lum bir sohada etarlicha ish ko'nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg`ulotlarni qayta-qayta takrorlash zarur. Afsuski, an'anaviy ish olib borish sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va shu bilan bog`liq ashyolarga qo'shimcha sarflar qilinishi bois hardoim ham bunday qilinavermaydi. YUqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim mutahassis kadrlarini tayyorlash uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug`ildi, deb ayta olamiz. Buning uchun laboratoriya stendlari va o’quv ustahonalaridagi mashg`ulotlar barcha tinglovchilar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo'lishiga erishmoq lozim. Mashg`ulotlar o'ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo'shqin tarzda namoyon etishi, mashg`ulotlar o'tkazish va o'qitilayotgan fanni o'zlashtirishni, umuman butun o’qitish samarasini oshirishi, egallangan bilimlar hususida o'ziga-o'zi baho berish imkonini ta'minlamog`i zarur. Aynan shu nuqtai nazardan zamonaviy ahborot tehnologiyalarining tadbiq etilishi yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni maqbul tarzda hal qilish va an'anaviy o’qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko'mak beradi.

Bugungi kunga kelib, Oliy va o'rta mahsus o’quv yurtlarida virtual stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ho'sh, virtual stend deganda nimani tushunamiz? Virtual stend - o’quv amaliy stendi yoki o’quv-malaka ustahonasi bo'lib, o’quvchi-tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va tehnologiyalari orqali ma'lum yo'nalishda zaruriy ko'nikmalarni hosil qilishga yordam beradi.

Virtual stendlar harbir o’quvchi-tinglovchi uchun tehnikaga o'zining kirish parametrlarini «buyurishga», o'z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini o'tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog`liq vaqtdan yo'qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi.

Bunda, ayniqsa, zamonaviy jihozlar va apparatlarni harid hilish, ularni barcha ta'lim muassasalarida taqsimlash bilan bog`liq ulkan moliya zahiralarining tejab qolinishi muhimdir. Zamonaviy ahborot tehnologiyasi bo'lgan oddiy kompakt diskka o'nlab, ba'zan esa, yuzlab laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi esa bir dona shunday virtual laboratoriya stendi necha marta arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga ta'lim muassasalarini yalpi ta'minlash mumkin. Agar ularda Internetga ulangan kompyuter tarmog`i bo'lsa, undan ham yahshi bo'ladi. Bundan shuni ko'rish mumkinki, virtual stendlar ko'proq qo’llansa, shunday sarflarning oldini olish mumkin bo'ladi.

Internet tizimining halqaro ahborot tizimi orqali masofali usullar yordamida mutahassis kadrlar tayyorlash va pedagog kadrlar malakasini oshirish imkoniyati respublika Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktyabrda e'lon qilingan mahsus qarorida ko'zda tutilgan. Tahsil olayotganlar ham, ta'lim muassasalari ham virtual stendlardan foydalanishdan manfaat ko'radilar.

Ularning joriy qilinishi natijasida, an'anaviy ta'limga qiyoslaganda, mutahassislarni tayyorlash bo'yicha ta'lim jarayonining yanada yuqori sifati ta'minlanadi. Bunga avtomatlashtirilgan o’qituvchi (pedagog) va test o'tkazuvchi, tizimlar, test topshiriqlari va o'z-o'zini tekshirish uchun savollarni o'z ichiga olgan ihtisoslashgan o’quv-uslubiy qo’llanmalardan foydalanish, o’quv jarayonining uslubiy negizini tezkor yangilash hisobiga erishiladi. Biz o'qitishning tashkiliy shakllari, zamonaviy ahborot tehnologiyalari hamda turli ta'lim maskanlarining o’quv imkoniga ega bo'lamiz. Bu esa ma'lum darajada turli muassasalar mutahassislari diplomlarining qadri teng bo'lishini ta'minlaydi.

Demak, ta'lim jarayonida virtual stendlardan samarali foydalanish ta'lim sifatini oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zahiralarini tejashga imkon beradi hamda havfsiz, ekologik toza muhitni yaratadi. Virtual stendlar joriy etilishi ta'lim, ishlab chiqarish, boshqa davlat muassasalarining umumiy yondashuvini talab qiladi. Virtual o’qitish stendlarini, aynisa, qimmatbaho jihozni harid qilishdan oldin diqqat bilan o'rganib chiqish zarur. Bu hodimlarni mahalliy sharoitda o'qitishga, ta'lim oluvchilarni horij mamlakatlariga guruh-guruh bo'lib jo'nashining oldini olishga imkon yaratadi.

Shunday qilib, ta'lim jarayoniga zamonaviy ahborot tehnologiyalarining joriy etilishi quyidagilarga olib keladi:

- ta'lim jarayonini, o’quvchi-tinglovchilarning aniq tayyorgarlik darajasini, qobiliyatlarini, yangi materialni o'zlashtirish sur'atini, qiziqish va mayllarini hisobga olib ko'proq individual ravishda yordam berish;

- o’quvchi-tinglovchilarning bilish faoliyatlarini kuchaytirish, ularning o'z- o'zini takomillashtirish, ta'lim va kasbga qiziqishlari hamda intilishlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish;

- ta'lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, borliq hodisalarini kompleks o'rganish;

- ta'lim jarayonining moslashuvchanligi, omilkorligi, tashkil topish shakllari va usullarini takomillashtirish hisobiga uni doimiy va dinamik yangilash;

16.Mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish jarayonida o’quvchilarni bilim, malaka, ko’nikmalarini tashxis etish

1.Ta'lim olganlikni tashhis etishning mohiyati..

2. O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funkciyalari.

Tayanch tushunchalar: Tashhis, o’zlashtirish darajasi, nazorat va hisobga olish, tekshirish, oraliq tekshirish davriy tekshirish, yakuniy tekshirish


1.Ta'lim olganlikni tashhis etishning mohiyati.

Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshharish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.

Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. SHuningdek, ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham haraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o’quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog’liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.

YUqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, tashhis ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashhis natijalarini ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi:

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo’lib kelgan. SHunga haramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg’in munozaralar davom etmoqda. Avval bo’lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ularning fikrlaricha, bahoning:

1.


ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat ko’rsatkichi, yoki;

2.


u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko’rsatuvchi ko’rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur.
Ta’limni baholashda ziddiyatli harashlarning tug’ilishini buyuk pedagog YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o’tgan edi. U pedagoglarni o’zlari ega bo’lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo’lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo’lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta’limning o’ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo’lishi o’z-o’zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o’zi uchun zarur va foydali bo’lishi lozim.

Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o’qishga undashning murakkab shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O’quvchilarning o’quv mehnatini rag’batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to’plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashhislash tizimida baho rag’batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo’llanishi mumkin bo’lgan tashhislash natijalari shaxsning yetuklik darajasini belgilashga ko’maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o’tmishda o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning jamiyatdagi mavqei ko’rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.
2. O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funkciyalari.

. Ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.

Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.

Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o’quv yilining o’rtasida yangi bo’lim (kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi mumkin va o’rinli.

Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o’zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashhislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o’rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular o’quv materiali mazmuni, murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.
Oraliq tekshirish bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bosqichi sanalib, o’quvchilarning o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. YAngi mavzuni o’rganish bilan birga o’quvchilar avval o’zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko’maklashadi, biroq o’quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo’llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi.

Tizimning to’rtinchi bosqichi –o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o’rganilgan o’quv materialining strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’zlashtirish sifatini tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish.

Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O’zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o’quv yili oxirida o’tkaziladi. U olingan baholarni qo’shib, o’rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiharishdangina iborat bo’lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi (sifati)ni tashhislashdir.

Tekshirishdan tashhari nazorat o’z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida) ham oladi. O’zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko’rinishida qayd etiladi. O’quvchining o’zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko’rsatkichlari ko’proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko’rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniharli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko’rsatkich (masalan, o’rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o’lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo’llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.

Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bilan davlat ta’lim standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi BqA/T yuz foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:

B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;

A – amalda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi;

T – o’zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarning to’liq hajmi.

Ko’rinib turibdiki, o’zlashtirish ko’rsatkichi (baho) bu o’rinda 100 foiz – axborotni to’liq o’zlashtirish va 0 foiz – uning umuman mavjud emasligi o’rtasida bo’ladi. Ma’dlumki, baholash funktsiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida o’quvchilarda adekvat o’z-o’zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. SHu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o’quvchilar o’quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko’rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi.
Hisobga olish ta’limning muayyan davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash demakdir.

O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni haratish lozim:

1.

o’quv dasturi asosida mavzu va bulimni o’rganishda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;



2.

har bir yakunlangan mavzu bo’yicha o’quvchilarning faoliyati to’g’risida xulosa chiharish;

3.

o’rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholamaslik;



4.

o’quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o’quv yilidagi statistik o’zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.


Demak, o’zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:

Nazorat qilishning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o’quv materiallarini o’rganishning keyingi bosqichiga o’tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi va o’qituvchining o’quv metod hamda usullarini to’g’ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o’quv materiallarini o’rganishning maqbul yo’llarini topish bilan bog’liqdir.

Ta’lim vazifasi o’quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko’rinadi. YAngi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o’quvchilarning o’tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo’lgan ma’lumotlarni bilish olishlariga imkon tug’iladi. CHunki guruhdagi boshqa o’quvchilar javob berayotgan o’quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi. O’rtoqlarining javoblariga qo’shimcha qilishga yoki yeilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o’rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.

Nazoratning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, o’quvchilar tekshirishga tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydilar,bo’sh vaqtlaridan unumli foydavlanishga harakat qiladilar, intizomga o’rganadilar.

SHuningdek, tekshirish va baholash o’quvchining o’z bilimlari va qobiliyatlarini o’zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O’zidagi kamchiliklarni ko’ra olishga va uni tugatish yo’llarini izlashga ko’maklashadi. Lekin o’quvchining bilimini baholashda o’qituvchi nohaqlikka yo’l qo’ysa, o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko’p bo’lishi ham o’quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.

Eng asosiysi o’zlashtirishni hisobga olish shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirish, yaxshi o’qishga xohish uyg’otish, o’quv ishlariga vijdonan yogdashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo’lish hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga yo’naltirilmog’i lozim.

Agar nazoratning o’qitish va tarbiyalash vazifalari to’g’ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg’ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug’iladi. Bu o’z-o’zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.

O’qituvchi mazkur vazifalardan xabardor bo’lish asosida o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini hisobga olishni to’g’ri tashkil etadi.

18.Mavzu Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish jarayonida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish

Ta'lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari.

O’quvchilarning ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan pedagog talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta’rifida berishni ma’qul deb topdik) ta’lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan:

1.


har bir o’quvchining o’quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki guruhning o’quv ishi natijalari o’quvchining shaxsiy natijalarining o’rnini almashtirishga yo’l bermaydigan nazoratning individual tavsifi;

2.


nazoratni ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang’ich idrok etishdan to bilimlarni amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida o’quvchilarning o’quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi;

3.


nazoratning o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga o’quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;

4.


o’quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, o’quvchilarning nazariy bilimlari, intellektual hamda amaliy ko’nikma va malakalarini tekshirishdan iborat nazoratning keng ko’lamliligi;

5.


o’quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o’qituvchining xato xulosalar chiharish, sub’ektiv munosabatda bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, shuningdek, o’zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi (ob’ektivligi);

6.


har bir fan, uning bo’limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek, o’quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat metodlarini tanlashning tabaqalashganligi;

7.


muayyan sinf (guruh) o’quvchilarining o’quv ishlarini nazorat qilishda barcha o’qituvchilar tomonidan qo’yiladigan talablarning bir xil bo’lishi.
YUqorida ko’rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va yoquv jarayonida o’z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi.

O'quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari.

Pedagogi-psixologik fani bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:

1.


O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga harab davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.

2.


Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o’quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.

3.


Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko’rsatadi, ularda ko’tarinki ruh, o’z kuchiga bo’lgan ishonch va qiziqish paydo bo’ladi. SHuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib o’quvchilar o’quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.

Har bir fan bo’yicha o’quvchining o’quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:

joriy nazorat;



oraliq nazorat;

yakuniy nazorat.


Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o’zlashtirilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o’qituvchi tomonidan o’tkazilib, o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o’quvchilar tomonidan o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
YAkuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o’quv materiallari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo’lib, o’rganilgan mavzular bo’yicha yozma, og’zaki, test shaklida o’tkaziladi.

O’quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og’zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo’lishi mumkin.

Og’zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.

Og’zaki tekshirishning mohiyati shunda ko’rinadiki, o’qituvchi o’quvchilarga o’rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o’zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og’zaki tekshirish o’quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og’zaki tekshirishda o’qituvchi o’rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o’quvchilarga savollar beradi. Biroq, o’quvchilarning nutqini o’stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo’lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko’pgina fanlarda og’zaki tekshirish o’quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida to’ldirib boriladi. Masalan, o’quvchilarning «Qo’shma gaplar» mavzusini qanday o’zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo’l tutish mumkin. Ular o’z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og’zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko’nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga haramay o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og’zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. CHunonchi, uni qo’llash jarayonida:

nisbatan ko’p mehnat sarflanadi;



dars mobaynida 3-4 nafar o’quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.


SHu bois o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.
Og’zaki ommaviy tekshirish o’quvchilardan og’zaki so’rash bo’lib, ular guruhga haratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo’ladi. Mazkur so’rash ko’pchilik o’quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo o’quvchilarning nutqini o’stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so’rashda ko’zga tashlanmaydi. Ammo so’rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o’quvchilarning to’laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin.
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o’qituvchi bir necha o’quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og’zaki javob beradi, 3-4 nafar o’quvchi esa kartochkalar bo’yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo’lib, o’qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi hamma o’quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
YOzma tekshirish – o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo’lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o’qituvchi alohida mavzu yoki o’quv dasturining ma’lum bo’limini o’tib bo’lganidan so’ng o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. YOzma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o’qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko’p mehnat va vaqt sarflanadi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to’g’riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo’lishi mumkin.

O’quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo’lib, u o’quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo’yish bilan yakunlanadi. Bu o’quvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi.

Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash tushuniladi.
SHkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o’zgarishlarga aylantirishga yordam beradi.

Reyting nazorati asosida o’quvchilarning o’quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so’rovidan nafaqat o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.

Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.

Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko’zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:

1.

nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;


2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;

3) bir vaqtning o’zida ko’p sonli o’quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;

4) bilim natijalarining o’qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;

5) barcha o’quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.

Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.

Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o’quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo’yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o’quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko’zga tashlanayotgan bir vaqtda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.

O’quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. SHu o’rinda «Qanday sabablarga ko’ra besh balli baholash mezoni o’zini oqlamadiq» degan savolga javob berish o’rinlidir:

Birinchidan, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo’llik, o’qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.

Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi.

Ikkinchidan, baholash mezoni o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ixtiloflarni keltirib chiharishga emas, aksincha, o’zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.

Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o’quvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, balki ta’limni tashhis etishning faol ko’makchisiga aylanishi zarur.

Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo’yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o’rtasida yig’indisining o’rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat.

Masalan, o’quvchi biror o’quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo’yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo’lsa, unga chorak uchun «4» baho qo’yiladi. Bu esa o’quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko’rib, ijobiy baholanishiga, chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi.
«Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash. Reyting tizimi o’quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida o’quvchilarning o’quv fanlari bo’yicha ta’lim standartida belgilangan barcha talablar bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.

Reyting tizimida o’zlashtirish natijasi nazoratning ko’rsatilgan barcha shakllardan o’tish jarayonida to’plangan ballarni qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o’quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo’yilsa, o’quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to’plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting ballini to’plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o’tmagancha attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o’rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.

Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:

ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;

o’quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;



ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;

ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan o’quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy mavzularning to’laligicha o’zlashtirilishi;



o’quvchilarda o’z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;

o’quvchilarda yomon baho olishga bo’lgan qo’rquv yo’qolib, uning o’rniga bilimlarni ixtiyoriy o’zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yo’lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo’rquv o’rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug’iladi, o’rganishga nisbatan qiziqish ortadi.


Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning rag’batlantiruvchi rolini oshirish yo’llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda. Xususan:
1.

baholarni qo’shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo’llashga imkon bermaydi. SHu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo’yadi, plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;

2.

raqamni balli baho (qo’shimcha baho) bilan to’ldirishi. Bu usul instruktiv ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo’llaniladi, zero, bu usul dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko’proq sarflashni talab etadi;



3.

o’qituvchining kundalik daftarga baho qo’yish bilan birga ota-onalar uchun qaydlarni yozishi. Bu usul o’quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g’ayri oddiylik yo’q. Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy mazmunda ekanligini ko’rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, 5-6-sinf o’quvchilarida ta’lim olishga bo’lgan rag’batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir.

4.

kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O’quvchilar tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo’la olmaydilar. Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo’lgan: o’quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.



5.

kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o’rinda o’quvchilarni o’z sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga yordam ko’rsatishga o’rgatishdan iborat;

6.

o’zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo’yilib, unda o’quvchilarning barcha baho ko’rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi a’lochilarda kibrlanish, past o’zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish uchun o’quvchilarni axborotni to’g’ri qabul qilishga o’rgatib borish zarur.



7.

o’z-o’zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o’quvchi o’z faolitini tahlil etadi. YAkunlangan haftada o’zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo’lib qolaversa ham o’quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o’quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g’olib chiqqan hisoblanadi. O’z-o’zi bilan musobaqada barcha o’quvchilar teng sharoitda bo’ladilar, ya’ni, past o’zlashtiruvchi o’quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o’quvchi esa bitta a’lo bahoni kam olgan bo’lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o’zlashtirish uchun emas, balki o’zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi.


19.Mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish jarayonida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish.

Bilim, ko'nikma va malakalarni baholash mezonlari.

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo’lib kelgan. SHu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud harashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. SHuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o’quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko’nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o’quvchilarning og’zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og’zaki javob berish jarayonida «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:

1.


o’rganilayotgan mavzu yuzasidan to’g’ri javoblar berilsa;

2.


material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa;

3.


o’qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan xatolar yo’l qo’yilsa yoki to’liq bo’lmagan javob aytilsa.
YOzma topshiriqni bajarishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:
1.

masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo’lmasa;

2.

topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmagan bir-ikki xatoga yo’l qo’yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo’lsa.


Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:
1.

ishni to’liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chihara olmasa;

2.

ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo’lmagan xatolarga yo’l qo’yilsa.


Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiharish mumkin: o’quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda qo’yiladi:
1.

«5» baho: a) o’quvchi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda, o’zma ishlarda xatolarga qo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo’yiladi.

2.

«4» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olsa; g) og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan, o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa;



3.

«3» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o’qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o’zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo’lsa.

4.

«2» baho: o’quvchi o’rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o’zlashtirmagan, yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa.



O’quv protsessida tinglovchilarni mustaqil ruhda tarbiyalash asosan ijtimoiy-siyosiy fanlar tsikli zimmasiga, ularni tarbiyaviy ishga tayyorlash esa psixologik-pedagogik fanlar va xususiy metodlar zimmasiga yuklatiladi. O’qituvchining yoshlarning ma’naviy murabbiysi roli ortib borishi bilan uning o’ziga g’oyaviy e’tiqodi va uni tarbiyachisi sifatida tayyorlash xarakteriga yuksak talablar qo’yiladi. SHuning uchun o’qituvchi – tarbiyachining tayyorgarligiga yuqorida ko’rsatilganidek yondashish yetarli emas, chunki bo’lajak o’qituvchilarda tarbiyaviy funktsiyalarni tarkib toptirishda tabiiy – matematik ixtisosni beruvchi fanlarning tarbiyaviy imkoniyatlarni hisobga olinmagan.

Vaholanki, mutaxassisligiga doir bilim beruvchi mashg’ulotlarda bo’lajak o’qituvchi bir tomondan, o’zining kelgusi faoliyati uchun zarur bo’lgan ilmiy bilimlar majmuini egallab oladi, ikkinchi tomondan, ana shu konkret bilimlar asosida ularda shaxsiy sifatlar: duneharash, ma’naviy qiyofa shakllanadi.

«….Hozir har bir o’qituvchi har qachongidan ham ko’proq darajada, tarbiyachi bo’lishi kerak» degan so’zlar hozirgi sharoitda ayniqsa aktual jaranglaydi.

Bo’lajak o’qituvchi pedagogi-psixologik oliy o’quv yurtida tabiat va bilish nazariyasiga, jamiyatga ta’lluqli ikkita parallel va o’zaro bir-birini to’ldiradigan juda ko’p bilimlarni egallab va ularni o’zining amaliy faoliyatida qo’llab, o’quvchilarda voqelikka dialektik – materialistik yondashish hamda tabiat va jamiyat hodisalarini ular nuqtai nazaridan analiz qilish malakalarini tarkib toptirishi kerak.

O’quv programmalarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan yanada keng foydalanish maqsadida ijtimoiy fanlarni kasbiga doir bilim beruvchi kurslar bilan bog’lanish zarur. Bu faqat yuqori kurs tinglovchilarida emas, balki kurs tinglovchilarida ham ijtimoiy fanlarning qonuniyatlarini o’z ixtisosligida ixtisoslik beruvchi fan problemalarida ijodiy qo’llash ko’nikmalari hosil qiladi, ularni chuquroq o’rganish shtiyoqini oshiradi. Bunday aloqani amalga oshirish bo’lajak o’qituvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishiga tayyorlashda ham foydali, chunki ma’lum bir fan doirasida tinglovchilarga o’qituvchilarni kasb tanlashga yo’llashdek murakkab prolemaning hamma tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, tabiiy-ilmiy tsikldagi fanlarni o’qitishda ishlab chiharishning ilmiy, ilmiy-texnik asoslarini, turli kasblarning mazmuni va ishlash sharoitlarini yaqqol yoritish mumkin bo’lsa, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini ochib berish zarur. Ijtimoiy fanlarning kasbiga doir bilim beruvchi fanlar bilan aloqasini amalda ro’yobga chiharish tegishli kafedra o’qituvchilarining birgalikdagi ishlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. Buning uchun esa tegishli tayyorgarlik zarur, ya’ni ijtimoiy kafedra o’qituvilari kasbiga doir bilim beruvchi fanlar haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishi, aksincha, bu fanlar o’qituvchilari o’rganilayotgan hodisalarga dialektik yondashish ko’nikma va malakalarini egallashi, bu malakalarni bo’lajak o’qituvchilarga singdira bilishi kerak.

Bo’lajak o’qituvchining yuksak darajadagi siyosiy ongliligi, uning kelgusida o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishi samaradorligini belgilab beradi. O’quv rejasiga muvofiq pedagogi-psixologik Binobarin, qo’yi kurs tinglovchilari yetarli darajadagi maxsus bilimlar zapasiga ega bo’lmagan va ixtisosligi bo’yicha yetarli nazariy tayyorgarlik ko’rmagan holda shu fanni o’rganishga kirishadilar. Vaholanki, dialektik materializm o’quv programmasining mazmuni ularning tayyorgarligi ko’rgan bo’lishini taqazo qiladi. Masalan inkorni inkor qonunni o’rganishda bo’lajak matematika o’qituvchilariga evklid va noevklid geometriya mohiyatini tushunishda dialektrik materializmning metodologik vazifasini ko’rsatib berish muhimdir. Tinglovchilarning o’z ixtisosligi bo’yicha bilim beruvchi fanlardan tegishli misollarni o’rganishdan oldin ularga inkorni inkor qonunni mazmunini qanday qilib ochib berish mumkin. Ko’pchilik o’qituvchilar bu qonunni tahlil qilishda evklid geometriya fani rivojlanishining yangi mazmun bilan boyitadi va chuqurlashtiradi, bo’lajak matematik o’qituvchilarni juda murakkab, ba’zan xato harama-harshi fakt, xodisalarni ilmiy tahlil qilish va ularga dialektik yondoshish metodlari bilan qurollantiradi.

Ko’nikma va malakalarning tushunchasi.

Bo’lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi pedagogi-psixologik oliy yurti partasidanoq, umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi, sinf rahbari, to’garak rahbari va maktab rahbarlaridan biri sifatida o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash bo’yicha tayyorgarlik olishi kerak.

Bo’lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisini kasb tanlashga yo’llash bo’yicha faoliyatga tayyorlash Oliy maktabda o’qitilayotgan barcha o’quv fanlarini kasbiy-pedagogik ta’lim-tarbiya sari haratish bilan bog’liq didaktik ta’minoti taqazo etadi.

Didaktika – (grekcha «didaktisos») so’zidan olingan bo’lib o’rnak, saboq bo’lishlilik kabi mazmunlarni anglatadi:

Bo’lajak o’qituvchi – pedagogni maktabda o’quvchilarni kasb tanlash ishiga tayyorlashning samarasi ko’p jihatdan uni qay darajada politexnizm tamoyillari asosida amalga oshirishga bog’liqdir, ya’ni:

- onglilik tamoyili;

- kasb tanlashda faollik tamoyili;

- mos kelish tamoyili;

- rivojlantirish tamoyili;

Kasb tanlashga yo’llash o’quvchilarga politexik ta’lim tarbiya berish masalasi bilan chambarchas bog’liq.

Ma’lumki, politexnik ta’lim xalq xo’jaligining rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy asoslarini tahlil qilish, ishlab chiharish tarmoqlarining istiqboli yo’nalishlarini aniqlashni, bu yo’nalishlarni belgilovchi yangi pedagogik va axborotli texnologiyalarning ilmiy asoslarini o’rganishni nazarda tutadi.

Kasbini to’g’ri tanlash insonga o’z mehnatidan moddiy va ma’naviy qoniqish olish bilan birga, uning ijtimoiy mavqeining yuksak bo’lishini ta’minlaydi (10-shakl)da ifodalangan.

Kasb tanlashga yo’llash – umumiy o’rta ta’lim maktablarining eng muhim vazifalaridan biridir. Lekin boshqa vazifalar, ya’ni politexnika ta’limi, dunyoharash asoslarini tarkib toptirish, mehnat tarbiyasi va boshqalar xam u bilan yonma-yon turadi. SHuning uchun kasb tanlashga yo’llash sistemasi bir sistemachasi sifatida harab chiqilishi mumkinki, undan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning xamma asosiy vazifalari hal etiladi. Masalaga bunday yondashish kasb tanlashga yo’llashning boshqa sistemalari bilan aloqa o’rnatishni ularning bir-biriga ta’sirini hamda mazkur sistema uchun o’ziga xos tomonlarini aniqlashni nazarda tutadiki, buning butun sistemasi vazifasiga ma’lum xissa bo’lib qo’shilishini ta’minlaydi.

Kasb tanlashga yo’llash ishi barcha pedagoglar kollektivi: maktab raxbarlari, sinf rahbari, fan o’qituvchilari va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi. SHuning uchun bo’lajak o’qituvchi oliy o’quv yurtida qanday ixtisoslik bo’yicha tayyorgarlik ko’rishidan qat’i nazar, kasb tanlashga yo’llash ishlarini olib borishi kerak.

Ana shu tayyorgarlikni u kelgusida turli yunalishda, ya’ni:

- fan o’qituvchisi sifatida;

- sinf raxbari sifatida;

- maktab raxbaridan biri (direktor, ilmiy bo’lim mudiri yoki maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari) sifatida qullashi mumkin.

Pedagogi-psixologik, ilmiy-metodik adabiyotlarni xalk maorifi organlarining direktiv hujjatlarini tahlil qilish ma’lumot olish maqsadida anketalar tarqatish, darslarni, o’qituvchilar, sinf rahbarlarining sinfdan tashharii tadbirlarini kuzatish va ularni tahlili va hakazolar ularning o’qituvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishlarning juda xilma-xil va murakkabligini ko’rsatdi. Bu ishlar qo’yidagilar bilan ta’riflanishi mumkin:

Kasb tanlashning ahamiyati to’g’risida, iste’dod haqida qisqacha suhbatlar o’tkazadi, kursning programma metarialini o’rganish, masalalar yechish, individual topshiriqlarni laboratoriya-amaliy ishlarni bajarish protsessida kasblarga qiziqish uyg’otadi:

- kasb tanlashga yo’llash maqsadida o’quvchilarni o’rganadi (kuzatishlar, suhbatlar, o’tkazadi, anketa savollar tarqatib o’zini qiziqtirgan savollarga javob oladi, insho yozdiradi, kasb tanlashga yo’llash kartochkalarini to’ldiradi va hakazo);

- o’quvchilarni ishlab chiharish mehnatiga jalb qiladi, ularning mehnat natijalirini tahlil qiladi:

- o’quvchilarni to’garak mashg’ulotlariga jalb qiladi va ular uchun doklad mavzularini tanlaydi. Bu esa mazkur iqtisodiy rayondagi zarur kasblar bilan tanishtirishga imkon beradi;

- o’qituvchilarni mutaxassislar, ishlab chiharish ilg’orlari bilan uchrashuvlarni tashkil etadi;



- ishlab chiharish obe’ktlariga ekskursiyalar uyushtiradi;

- kasb tanlashga yo’llash mazmuni bilan boyitilgan maktab kechalari, olimpiadalar, konkurslar tashkil etadi va hakazo.
Yüklə 187,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə