1. Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja


Mavzu : Pedagogik – psixologik fanlarni o'qitish mazmuni



Yüklə 187,99 Kb.
səhifə7/11
tarix02.04.2022
ölçüsü187,99 Kb.
#84996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (1)

5.Mavzu : Pedagogik – psixologik fanlarni o'qitish mazmuni.

Reja:

1.Ta'lim nazariya (konsepsiya)lari mazmuni.

2. Milliy umumiy o’rta ta’lim maktabi hozirgi zamon sharoitlarida rivojlanishi

An’anaviy pedagogi-psixologikda formal va moddiy ta’lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o’rta ta’lim mazmuniga qanday ta’sir etadiq

Formal ta’lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotstsi, Kant va Gerbart (XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (kontseptsiyasi) vujudga keldi (bu nom E.SHmit va A.A.Nemeyerning «Printso’pi vospitaniya i obucheniya» asarida tilga olinadi). Kontseptsiya tarafdorlari ta’limni o’quvchilarning itidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g’oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko’p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g’oyani I.Kant va I.G.Pestalotstsilar rivojlantirishdi. Ular o’qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o’quvchining iqtidorini rivojlantirish, o’quvchining to’g’ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo’lishi shart deb hisoblaydilar.

Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbai aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug’iladi, shu bois ta’lim o’quvchilarning ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o’stirish, ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o’rganish lozim. Formal ta’lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda ushbu nazariya g’oyalari asosida ish ko’riladi.

XVII asr oxiri – XIX asr boshlarida moddiy ta’lim nazariyasi jadal rivojladi. Nazariyaning paydo bo’lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos bo’lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Pedagogi-psixologik tarixida bu nazariya (kontseptsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni “entsiklopedistlar” deb ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarga bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o’zlari o’qitadigan fanga iloji boricha ko’proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirishga bunday yondoshishning samarasi kam bo’lib chiqdi, chunki o’quvchilarga juda ko’p axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o’zlashtiriladi.

Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g’oyalarini ilgari suradilar (lotincha «empiria» - tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan chiqa olmaydi va bilim manbai fag’at tajriba hisoblanadi, deya ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chihariladi: o’quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak, ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda o’quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan bilimlarga murojaat qilish kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi real yo’nalish deb ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Rossiya, va Turkistonda real gimnaziya va real bilim yurtlarida o’qitish qadimgi va g’arbiy YEvropa tillarini o’rganishga emas, balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o’zlashtirishga asoslangan.

Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy va A.Avloniylar juda asosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni o’zlashtirishdan uzoq bo’lgan formal deb ataluvchi rivojlanish o’ylab topilgan yolg’on deb aytadi. Har bir fan biror-bir boshqa narsa bilan emas, odamni o’zining mazmuni bilan rivojlantirishini ta’kidlaydi. SHunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida foydali bo’ladigan bilimlarni ham berishi kerak. O’zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o’zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida “... bilim bizning aqlimizni va bizninng xotiramizni qilich kabi o’tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o’xshaydi” deb yozadi. SHu bilan bir vaqtda A.Avloniy fanni o’zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan yondoshish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib bo’lmaydi, lekin uni o’rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o’quvchvilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoharashni shakllantiradi.

XX asr boshlarida chet el va ayniqsa amerika pedagogi-psixologiksida maktab ta’limi masalalari bo’yicha pragmatik (yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) g’oyasi keng tarqaldi. Pedagogi-psixologikda mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyun (1869-1952 yillar) maktab ta’limining o’z kontseptsiyasini yaratishga ko’p urindi. Bu yo’nalishlar vakillari (Dj.Dyun, G.Kershenshteyner) o’qitish bu o’quvchining “tajribasini qayta tashkil etish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.

O’qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang’ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o’quv kurslari kerak emas”, “O’qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola o’qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish yordamida o’qitish – maktabda asosiy metod”. SHunday qilib, Dyun maktabda ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o’qishni tor hamda o’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat hisoblaydi.

Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-yillarda “o’qitishning loyihali tizimi” (yoki loyihalar metodi)ni ishlab chiqdi, uning mazmuni o’z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar o’qituvchi bilan birga qandaydir amaliy masalaning yechimini loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o’yinchoq uychaning qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va uning davomida til, matematika, boshqa fanlari bo’yicha u yoki bu ma’lumotlarni bilib oladilar. Bu nazariya ommaviy maktabda ta’lim darajasini pasaytirishi mumkinligini tushunish qiyin emas.

Amerikalik pedagoglar I.Adler, Dj.Brunner va boshqalar Dyun nazariyasi amerika maktablari rivojlanishini ortga tortganini aytadilar va ta’limni modernizatsiyalashtirish hamda takomillashtirish yo’llarini izlaydilar.

Ko’plab pedagoglar - A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, M.Behbudiy va A.Avloniylar maktab ta’limiga taalluqli ko’plab qimmatli g’oyalarni ilgari surganlar. Ular xalq maktablari, yangi usulli maktabda ta’lim darajasini oshirish, tabiiy-ilmiy fanlar va gumanitar fanlar birligi tarafdori edilar.

Bugungi kunda turli ta’lim kontseptsiyalari mavjud. Kontseptsiyalardan biri ta’lim mazmunini ta’lim muassasalarida o’rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan asoslari sifatida talqin qiladilar. Bu yerda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni amalga oshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo’lishi kabi sifatlari chetda qolib ketadi. Ushbu yondoshish o’quvchilarni fan va ishlab chiharishga jalb etishga haratilgan, lekin demokratik jamiyatda mustaqil hayotga yo’naltirishga emas. Amalda odam bu yerda ishlab chiharish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm).

Boshqa bir kontseptsiya ta’lim mazmunini o’quvchi o’zlashtirishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar majmui sifatida haraydi. Bu kontseptsiya mualliflari bilim va malakalarni egallab olish odamga zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot kechirishga imkon beradi deb hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajara olishini talab etish yetarli. Bunday holatda ta’limga talablar ham quyidagicha bo’ladi: o’sib kelayotgan avlodga ona tili. matematika, fizika va boshqa fanlar bo’yicha bilim va malakalar berish zarur.

Milliy umumiy o’rta ta’lim maktabi hozirgi zamon sharoitlarida rivojlanishi uchun bu yetarli emas. Jamiyatning o’quvchilardan faqat ma’lum o’quv fanlari mazmunini emas, balki ularda iroda kuchi, o’z harakatlari uchun, jamiyat va mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatli, atrof-muhitni himoya qilish; millatchilik va diniy aqidaparastlikka yo’l qo’ymaslik va shu kabi sifatlarni rivojlantirishni talab etadi. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997)da zamonaviy ta’lim mazmuni ijodiy, mustaqil fikrlovchi demokratik jamiyat fuharosini shakllantirish vazifalariga mos kelishi kerak deb yozib qo’yilgan.

Rossiya ta’lim akademiyasi (RAO) haqiqiy a’zosi V.V.Krayevskiy tomonidan ilgari surilgan kontseptsiyada qayd etilishicha, ta’limning asosiy ijtimoiy vazifasi ajdodlar tomonidan to’plagan tajribalarni avlodlvrga uzatish hisoblanadi.

Mazkur kontseptsiya mazmunida ta’lim mazmuni quyidagi to’rtta tashkiliy elementlardan iborat bo’ladi:

idrok etish faoliyatini amalga oshirish usullari qayd etilgan shaklidagi idrok etish faoliyati (bilimlar);

amaliy faoliyatni amalga oshirish usullari shaklida qayd etilgan amaliy faoliyat tajribasi (ko’nikma va malakalar);

muammoli vaziyatlar, nostandart vaziyatlarda yangi masalalarni hal etish shaklida (ijodiy faoliyat tajribasi);

atrof-muhitga, bir-biriga, emotsional qadriyatli munosabatlar tajribasi, ya’ni, emotsional, axloqiy, estetik tarbiyalash.

Mazkur elementlar o’zaro bog’liq va bir-biriga asoslangandir. Mamlakalar bilimlarsiz bo’lishi mumkin emas. Odamning ijodiy faoliyati bilimlar va ko’nikmalar mazmunli ma’lum materialida amalga oshiriladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalilik odam yashaydigan jamiyatining xulq ko’nikma va malakalarini egallab olganligini ko’zda tutadi. Ijtimoiy tajribaning bu elementlarini o’zlashtirish odamga jamiyatda muvaffaqiyatli yashash, yaxshi bajaruvchi bo’lish bilan birga mustaqil harakat qilish, jamiyatni o’zgartira olish, ijtimoiy taraqqiyotga o’z hissasini qo’sha olishga imkon beradi. SHuning uchun umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi birinchi navbatda, hayotga tayyorlaydi, ikkinchidan, inson ushbu tartibga o’z hissasini qo’shish, xatto uni qayta tuzishga ham qodir bo’ladi. Akademik V.V.Krayevskiyning kontseptsiyasi o’qituvchini o’quvchilar ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar tizimi, odamlarga insonparvarlik munosabatini shakllantirish, erkin fikrlovchi, barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishga haratilgan maxsus faoliyatga yo’naltiradi.

Ta'lim nazariya (koncepciya)lari mazmuni.

2.Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi muhim g’oyalar (asoslar). Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo’yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.

Ijtimoiy tajriba quyidagi to’rt element bilan tavsiflanadi:

- inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari

- faoliyatning ko’nikma, malaka va usullari;

- yangi vazifalarni hal etish bo’yicha ijodiy faoliyat tajribasi;

- atrofdagilar bilan o’zaro emotsional (hissiy) – qadriyatli munosabatlar tajribasi.

SHularga muvofiq zamonaviy didaktika g’oyalariga ko’ra ta’lim mazmunining tarkibida quyidagilar o’z aksini topadi: 1) olam haqidagi bilimlar; 2) faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy faoliyat tajribasi; 4) atrof-muhitga emotsional (hissiy) qadriyatli munosabat tajribasi.

Bilim va ko’nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo’lib qolishi mumkin, lekin unga tayyorlikka kafolat bo’la olmaydi. Ijodga, ta’limning o’ziga xos turi sifatida maxsus o’qitish kerak bo’ladi. Atrof-muhitga emotsional-umumiy munosabatda bo’lish u haqida bilish, lekin ularga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmaslikni nazarda tutadi. Uni rivojlantirish uchun o’qitish jarayonida maxsus ishlash olib berish zarur.

Ilmiy asoslangan ta’lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? Ta’lim mazmuniga nima ta’sir ko’rsatadi? U nimaga bog’liq bo’ladi?

Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo’ladi:

• fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;

• ta’limning maqsad va vazifalari;

• o’quvchilarning yoshi xususiyatlari;

• o’quvchi shaxsining ehtiyojlari.

Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim mazmuni o’quvchilarda atrof-muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o’zlarining amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan bilimlarni izlashg va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo’llashga o’rgatishi kerak. Ta’lim mazmuni o’quv rejalari, o’quv dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi,

XX asr 80-yillarida amaliy qo’llanilgan o’rta umumta’lim maktabi namunaviy o’quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga, o’quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi zamon talablari asosida tashkil qilishga mos kelmas edi. Bu o’quv rejasining eng asosiy kamchiligi – uni shakllantirishning haddan tashhari markazlashtirilishidir, bu esa maktablarning hammasi bir xil bo’lishi, taklif etilayotgan ta’lim idealining bir xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning turli ta’limiy talablari hisobga olinmaydi; ko’p predmetlilik, o’quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og’irlik qiladi va ta’lim mazmunining sun’iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu ta’limning texnokratik yo’nalishi uning insonparvarlik va madaniy, badiiy-yaratuvchilik rolini yo’qotishiga olib keladi. O’quv rejasining ana shu va boshqa ko’plab kamchiliklari didakt olimlar va amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.

1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtishrishga kirishildi. Bunday sharoitlarda ta’lim, yangi demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma’naviy tiklanish, demokratik jamiyat va bozor munosbaatlari shakllanishi, milliy fan va texnikaning rivojlanishini dunyo standartlari talablari darajasiga ko’tarishning asosi bo’lib qolishi kerak.

Umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuniga talablar ta’limni rivojlantirish davlat strategiyasi bilan belgilanadi. Bu strategiya respublikaning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan (1997 yil), ta’limni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy tizimni yaratish hisoblanadi. Ta’lim mazmunida quyidagi ikki jihat ko’zga tashlanadi: milliylik va umuminsoniylik.

Hozirgi sharoitda o’rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ta’lim mazmuni (o’quv rejalari)ni ishlab chiqishda ta’lim mazmunida quyidagi g’oyalar yetakchi o’rin tutadi:

1. insonparvarlashtirish;

2. integratsiya;

3. standartlashtirish;

4. ko’p bosqichlilik;

5. axborotlashtirish;

6. individuallashtirish;

7. ketma-ketlik.

Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish ta’lim muassasasining o’quvchiga e’tibor haratishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilishi, birinchi navbatda o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning mustaqil hayotda o’z yo’llarini topib olishlari uchun sharoit yaratishni ko’zda tutadi. Insonparvarlashtirish gumanitar va tabiiy fanlarni optimal nisbatlarda bo’lishi, matematik, biologik, texnik kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni ko’zda tutadi. Ta’lim mazmunida insonparvarlik g’oyalarining aks etishi o’quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam beradi.

Ta’limni insonparvarlashtirish bu ta’lim tizimi va butun ta’lim jarayonini har bir inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o’rtasida o’zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ularning sog’liqlarini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy qadr-qimmatlarining his etishlarini ta’minlash va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta’limni insonparvar (gumanitar)lashtirish yangi tayanch o’quv rejasining ikkinchi muhim g’oyasidir. Ta’limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch o’quv rejasida gumanitar fanlar hajmini oshirishda o’z ifodasini topadi (50 % dan ko’proq). Bu xususan estetik tarbiyani tashkil etishga o’quv vaqtini ikki barobar ko’paytirishga imkon beradi. Gumanitarlashtirish – bu ta’limning bosqichi va turidan qat’iy nazar asosiy ijtimoiy muammo - inson farovonligi muammosini hal etishga imkon beruvchi ta’lim mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirishdir.

Ta’lim yangi mazmunini ishlab chiqishning uchinchi g’oyasi – ta’limni differentsiyalashtirish. Bu yo’nalish majburiy kurslar bilan birga katta sinflarda chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan o’qitish, fanlarni tanlash asosida olib borishni ko’zda tutadi. Sinfda, sinflar o’rtasida hamda turli yoshdagi o’quv guruhlarida fakultativ kurslarni individual, guruhli mashg’ulotlar hamda qiziqishlariga ko’ra to’garaklarni rivojlantirish ham ko’zda tutiladi. Differentsatsiyalash – bu zamonaviy sharoitda ta’limni rivojlantirish umumiy yo’nalishi hisoblanadi. Respublikada o’tgan asrning 90-yillarida ta’limni differentsatsiyalash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar (fizika, ximiya, matematika, chet tillarini chuqur o’rganish bilan) litseylar, gimnaziyalar ochildi.

1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’lim tizimini rivojlantirishda yangi bosqich bo’ldi. Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib ta’lim dasturlarining yangi avlodi ishlab chiqildi.

Kurslarni integratsiyalashtirish ta’limning yangi mazmunini ishlab chiqishga haratilgan yana bir g’oya o’quvchilarda dunyoni yaxlit tasavvur qilish layoqatini rivojlantirishda umumlashtiruvchi, dunyoharashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

YAngi yagona (tayanch) o’quv rejasida integratsiyalash hisobiga o’quv fanlari soni kamaytirildi, soatlarning umumiy hajmi ixchamlashtirildi. Xususan, “Tarix” fani umumiy tarix va O’zbekiston xalqlari tarixiga asoslanadi.

Standartlashtirish – bu majburiy o’quv fanlari to’plamini soatlari aniq belgilangan hajmini belgilash. Ta’lim standartlari yordamida ta’lim muassasalarida o’quv ishlarining normativlari moslashtiriladi, o’quvchilar bilimlarini baholashning yagona mezonlari ishlab chiqiladi.

Ko’p bosqichlilik – bu ta’limning har bir bosqichida o’quvchining imkoniyat va qiziqishlari darajasiga javob bera oladigan bilim darajasiga erishish imkonini beruvchi ko’p bosqichli ta’lim jarayonini tashkil etishdan iborat. Turli bosqichlarning har birida o’qitishning yakuniy holati ta’limning sifatli yakunlanganligi hisoblanadi.

Fundamentallashtirish – shaxs (o’quvchi)ni ijtimoiy faoliyatiga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashni kuchaytirish. Bu yerda maktab bo’lsa ham, litsey, kollej yoki oliy o’quv yurtining ta’lim tizimi, o’quv rejasi, barcha fanlar bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur va tizimli o’zlashtirishga alohida ahamiyat beriladi.

Ta’limni axborotlashtirish o’quvchilarni o’qitish jarayonida hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng foydalanish bilan bog’liq bo’ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o’n yillikda keng tarqaldi, buning boisi shuki, zamonaviy video-radiotexnika va kompyuterlarning ta’lim tizimida qo’llanilishi mumkin bo’lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir.

Individuallashtirish ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchi va o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning hamma turlaridan foydalangan holda ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va rivojlantirish demakdir.

Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o’zgarib borishi odamni doimiy ravishda ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi jarayon mohiyatini anglatadi.

3.Pedagogik –psixologiya fanlari mazmunini tanlab olish tamoyil va mezonlari.

Maktab ta’limi mazmunini shakllantirish quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:

1. Ta’lim mazmunining barcha elementlari barcha bosqichlarda jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo’lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.

2. Ta’limning yagona mazmunli va protsessual tomoni tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama ilmiy yo’nalishni rad etadi. U aniq bir o’quv jarayonini amalga oshirish bilan bog’liq pedagogik haqiqatni hisobga olishni ko’zda tutadi. Bu umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim mazmunini loyihalashtirishda uni berish va o’zlashtirish tamoyillari hamda texnologiyasi, o’zlashtirish darajasi va u bilan bog’liq harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.

3. Ta’lim mazmunining yaxlit tuzilishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o’quv fani, o’quv materiali, pedagogik faoliyat, o’quvchi shaxsi kabi tashkil etuvchilarining o’zaro mosligini ko’zda tutadi.

Oxirgi yillarda ta’lim mazmunini tanlash gumanitarlashtirish va fundamentallashtirish kabi tamoyillar yetakchi o’rin egallamoqda. Bu umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim shaxsning insonparvarlik madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishini anglatadi. Insonparvarlik madaniyati birinchi navbatda bilim, hissiyotlar madaniyati, muomala va ijodiy harakatlar uyg’unligidir.

4. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda o’quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o’zlashtirishlari uchun sharoitlar yaratish bilan bog’liqdir. Buning uchun gumanitar g’oyalar umumiy ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o’z navbatida gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o’zaro bog’liqligi va o’zaro munosabatlari tamoyilining o’zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga e’tibor haratish tashkil etishi zarur.

5. Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili ta’limni gumanitarlashtirishdagi to’siqlarni yo’qotishga imkon beradi (an’anaviy pedagogi-psixologikda uni ilmiylik, tushunarlilik va tarixiylik tamoyili sifatida haraladi). U gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o’rnatish va fanlararo aloqalarni o’quvchilarning idrok etish va amaliy faoliyat metodologiyasi mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.

6. Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili, bu tamoyil ta’lim mazmunini o’sib boruvchi yo’nalishda rejalashtirishdan iborat bo’lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.

7. Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili, ushbu tamoyil o’rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalarni yagona tizimdagi o’rni, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim, barcha o’quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimiga kiruvchi tizim sifatida ko’rishni ko’zda tutadi.

8. Ta’lim mazmunining o’quvchilar yoshlari imkoniyatlariga mosligi tamoyili o’quvchilarning yosh darajasi va tayyorgarligini ko’zda tutadi. Ularga o’zlashtirish uchun u yoki bu bilimlar va malakalar tizimi o’zlashtirish uchun taklif etiladi.

Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limning mazmunini shakllantirish ko’rib chiqilgan tamoyillarini zamonaviy o’rta maktablar va akademik litseylari uchun tanlab olish quyidagi mezonlar bo’yicha amalga oshiriladi:

• erkin fikrlovchi shaxsning rivojlanishi va uning madaniyatini shakllantirish masalalari mazmunini yaxlit aks ettirish;

• ilmiy va amaliy ahamiyati;

• ta’lim mazmunining murakkabligi, o’quvchilar imkoniyatlarining mavjud o’quv dasturlariga mosligi;

• ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;

• maktab hamda litseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;

• umumiy o’rta ta’lim mazmunini qurishda xalharo tajribalarni hisobga olish.



Yüklə 187,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə