1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix09.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126502
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o qituvchi

 
tarbiyaviy ish metodikasi,
 
maktab gigienasidan o‗z kasbiga oid bilimlarni 
mukammal bilishi; 
-
o‗z kasbi bo‗yicha jahon fanida erishilayotgan so‗nggi yutuqlar, tarbiya 
texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy 
xabardor bo‗lib borishi; 
-
ta‘lim-tarbiya metodikasidan ko‗nikma va malakalarini oshirib borishi; 
-
o‗z kasbiga ijodiy yondashishi; 
-
pedagogik texnika (mantiq, nutq ta‘limining ifodali vositalari) va pedagogik 
taktga ega bo‗lishi; 
-
o‗z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. 
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‗qituvchi pedagogik mahoratga ega 
bo‗lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, 
ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‗ladi. Pedagogik 
faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste‘dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari 
shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o‗z mohiyatiga ko‗ra ijodiy xapakterga 
ega. O‗qituvchi o‗quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda 
mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni echadi, o‗quv 
jarayonini 
mustaqil 
boshqaradi. 
Bularning 
hammasi 
ijodkorlikning 
tub 
mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog‗liq. 
O‗quvchilar 
bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma‘lum 
maqsadga erishmoq uchun o‗qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga 
tortishi zarur. O‗qituvchi o‗quvchilarni o‗zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta 
olishda quyidagi vazifalarni bajaradi: 

hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‗lgan 
faoliyat o‗quvchilar uchun qiziqarli bo‗lishi, o‗quvchilarning yosh 
xususiyatlariga va qiziqishlariga to‗g‗ri kelishi lozim; 

o‗quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‗qituvchi ularga
pedagogik va psixologik jihatdan to‗g‗ri vazifa qo‗yishi, yo‗l yo‗riq
ko‗rsatishi shart; 

o‗quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida


o‗qituvchi bir vaqtning o‗zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi
vazifasini bajaradi. 
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‗qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli 
o‗qitish va tarbiyalash, ilg‗or o‗qituvchilar ish tajribalarini o‗rganish bilangina 
cheklanib kolmasdan, tadqiqotchilik ko‗nikma va malakalariga ham ega bo‗lishi 
zarur. Hozirgi zamon o‗qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‗nggi 
yutuqlaridan 
foydalanishi, 
o‗z 
kasbiy 
faoliyatida 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalarni unumli qo‗llay olishi taqozo etiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə