1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix09.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126502
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o qituvchi

2.4. Hozirgi davrda o„qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish 
“Ta‟lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga 
ko„tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun 
barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta‟lim to„g„risida”gi 
Qonun va kadrlar tayyorlash bo„yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari 
davlat siyosatining ustuvor yo„nalishi deb hisoblansin”
deyiladi ―Ta‘lim-tarbiya va 
kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish‖ 
to‗g‗risidagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrda qabul 
qilgan Farmonida. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha 


fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‗lgan yuksak malakali kadrlarga bog‗liq. 
Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o‗qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. 
SHu sababli, chuqur bilimga ega bo‗lgan, zamonaviy o‗qituvchi-kadrlar 
taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O‗qituvchilarimiz 
bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta‘lim mazmunini 
egallagan bo‗lishlari kerak. O‗qituvchi xodimlar o‗zlarining kasb-ko‗nikmalari va 
muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‗oyalarini amaliyotga tatbiq etish Respublika 
ta‘lim 
tizimida 
olib 
borilayotgan 
islohotlarning 
muvaffaqiyatini 
ta‘minlash, 
ta‘lim 
muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‗qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining 
ma‘naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog‗liqdir. 
SHaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‗lib, juda qadimdan 
ushbu faoliyatga jamiyatning etuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod 
tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini 
ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. 
O‗zbekiston Respublikasida o‗qituvchi kadrlarning ma‘naviy qiyofasi, aqliy salohiyati 
hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‗yilmoqda. CHunonchi, bu borada 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: 
«Tarbiyachi – 
ustoz bo„lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o„stirishi, ma‟rifat ziyosidan bahramand 
qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining 
o„zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega 
bo„lishi kerak»
1

YUqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o‗qituvchisi shaxsiga 
nisbatan qo‗yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‗qituvchi qanday bo‗lishi 
zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‗yicha ko‗plab pedagog va 
psixolog olimlar o‗z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O‗qituvchilarning kasbiy 
mahoratlarini milliy an‘ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada 
takomillashtirish, 
ularning 
pedagogik 
faoliyatini 
hozirgi 
zamon 
talablari 
darajasida 
shakllantirish uchun metodik qo‗llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo‗ldi. Hozirgi kunda ham 
ushbu muammo bo‗yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
XXI asrga kelib o‗qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda 
global o‗zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin 
rivojlanib borishi o‗qituvchidan yuksak mahoratni, o‗tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur 
bilim va mulohazali bo‗lishni talab qiladi.
Hozirgi zamon o‗qituvchisi o‗z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va 
psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo‗nalishlari bo‗yicha maxsus bilimlarga ega bo‗lgan, 
kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta‘lim muassasalarida faoliyat 
ko‗rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas‘uliyatlar 
o‗qituvchilardan talab qilinadi: 
1. O‗qituvchi eng avvalo mas‘uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat 
va ma‘rifat targ‗ibotchisidir.
2. O‗qituvchi tabiatan o‗quvchilarni seva olishi, o‗z mehrini, his-tuyg‗ularini har 
lahzada o‗quvchilar ichki dunyosi bilan bog‗lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga 
sazovor bo‗lishi kerak. 
1
Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. – Тошкент, Шарқ нашриѐт-
матбаа концерни Бош таҳририяти, 1993, 27-28-бет.


3. O‗qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‗y berayotgan o‗zgarishlar, olib borilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho berib, bu 
borada o‗quvchilarga to‗g‗ri, asosli ma‘lumotlarni doimiy bera olishi lozim. 
4. 
Zamonaviy 
o‗qituvchining 
ilm-fan, 
texnika 
va 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‗lib borishi talab etiladi. 
5. O‗qituvchi o‗z mutaxassisligi bo‗yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‗lishi, barcha 
fanlar integratsiyasini o‗zlashtirib borishi, bunda o‗z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib 
borishi. 
6. O‗qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o‗quvchilarning 
yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta‘lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi 
kerak. 
7. O‗qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta‘lim va tarbiyaning eng samarali 
zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‗lmog‗i 
lozim. 
8. O‗qituvchi ijodkor, ta‘lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi 
uchun javobgar shaxsdir. 
9. O‗qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, 
kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‗l-oyoq va gavda harakatlari, 
mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o‗zlashtirib borishi shart.
10. O‗qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‗lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni 
o‗zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‗zlardan holi bo‗lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; 
o‗qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‗lishi; hikmatli so‗zlar, ibora va maqollar, 
matallar hamda ko‗chirma gaplardan o‗rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb 
yoki soha mutaxassisliklariga xos so‗zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon 
etilayotgan nutqda o‗zga millatlarga xos so‗zlarni noo‗rin qo‗llanilishi), vulgarizm (haqorat 
qilish, so‗kishda qo‗llaniladigan so‗zlar) hamda konselyarizm (o‗rni bo‗lmagan vaziyatlarda 
rasmiy so‗zlardan foydalanish) kabi norasmiy so‗zlardan holi bo‗lishi.
11. O‗qituvchining kiyinish madaniyati o‗ziga xos bo‗lishi, ya‘ni sodda, ozoda, bejirim 
kiyinishi, ta‘lim-tarbiya jarayonida o‗quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar 
(oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, 
hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi. 
12. O‗qituvchi ta‘lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta‘lim 
sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. O‗qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi 
shart. SHuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz 
tarkib toptirib borishi zarur. 
14. O‗qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‗g‗ri 
baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan 
chiqa olishi kerak.
O‗qituvchilar unutmasliklari kerakki, o‗quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan 
muloqot jarayonida fikrini aniq va lo‗nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga 
muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‗zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni 
keltirishdan 
boshlamasligi, 
aksincha, 
o‗quvchilarning 
(yoki 
hamkasbi, 
ota-onalar) 
muvaffaqiyatlarini e‘tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan 
muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o‗qituvchining so‗zlaridan suhbatdoshiga 
nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‗stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.


O‗qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‗quvchilar, 
hamkasblari hamda ota-onalar o‗rtasida obro‗-e‘tibor qozonishini ta‘minlaydi. 
 
Hozirgi sharoitda jamiyatning o‗qituvchilik kasbiga nisbatan 
qo‗yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda 
to‗g‗ri tashkil qilish vazifasi o‗qituvchiga bog‗liq. Zamonaviy maktab 
o‗qituvchisi
qator vazifalarni bajaradi. O‗qituvchi avvalo sinfdagi tarbiyaviy 
jarayonning tashkilotchisidir. O‗qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni 
bilishi lozim: 
-
shaxsni ma‘naviy va ma‘rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‗onish 
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni 
mustaqillik g‗oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‗z Vataniga, tabiatga va 
oilasiga bo‗lgan muxabbati; 
-
kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‗lishi; 
-
yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi,

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə