1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja


Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix09.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126502
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1-Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o qituvchi

Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy
(1075-1144) jahon ilm-
fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo‗shgan mashhur olim va adibdir. U o‗z 
asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muxabbatni, mardlik va olijanoblikni 
ulug‗laydi. Ulug‗ mutafakkir ―Navobig‗ ul-kalim‖ (―Nozik iboralar‖) asarida 
kishilar ilmli bo‗lish, o‗qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo‗ladi, olim kishi 
oqil, bilimdon va chiroyli xushxat yozuvga ega bo‗lsa, bu uning kamolotga 
etganligidan dalolatdir, deydi. Asarda mudarrislar to‗g‗risida noyob fikrlar 
bildirilgan: 
“Murabbiy o„qib tursagina murabbiy bo„la oladi, agar o„qishni 
to„xtatib qo„yar ekan, unda murabbiylik o„ladi”
 6

SHayx Muslihiddin Sa‟diy SHeroziy
XIII asrda Eronda yashab ijod qilgan 
yirik shoir va mutafakkirdir. U faylasuf-shoir bo‗lishi bilan birga tajribali murabbiy 
ham bo‗lgan. SHoir ―Guliston‖ asarida o‗z davri mudarrislarini turli toifaga bo‗lib, 
ularni ta‘riflaydi. Qattiqqo‗l o‗qituvchilarni 
“..basharasi tirishgan, tili zahar, 
yomon xulqli, odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko„z, uni ko„rishi bilan 
shogirdlarining kayfiyati uchar”,
shogirdlar undan bilim va tarbiya ololmaydilar. 
YAna bir toifadagi o‗qituvchilar 
“...sodda, yaxshi va yumshoq ko„ngilli odam. 
Unar-unmasga so„zlamas edi va bolalarni ranjitadigan so„zlar og„zidan chiqmas 
edi. Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ko„rgan bolalar murabbiyni 
mensimay qo„ydilar. Uning yumshoq tabiatlik ekanligini bilishib, ilmni ham 
o„rganmadilar. Alqissa bolalar o„yin va to„polonga berilib vaqtni bekorga 
o„tkazdilar”.
6
Абул-Қосим Маҳмуд аз-Замаҳшарий. ―Нозик иборалар‖. – Т.: ―Камалак‖, 1992, 16-бет. 


Bayt: 
Ustod muallim bo‗lsa beozor, 
Go‗dak eli bozorda xarsang o‗ynar.
Bu holatga SHayx Sa‘diy SHeroziy ikki xil ta‘rif beradi. Birinchidan, Sa‘diy 
yashagan davrda ham, undan keyingi davrlarda ham maktabda o‗quvchilarni 
qattiqqo‗llik bilan o‗qitganlar. Ikkinchidan, SHayx Sa‘diy bu holatni o‗z ko‗zi 
bilan ko‗rgan va qattiqqo‗l o‗qituvchiga nisbatan norozilik bildirmagan, ilm va 
tarbiya berishda qattiqqo‗llikni afzal ko‗rgan: ―jabr ustod boz mehr padar‖ deb 
ta‘kidlaydi, ya‘ni o‗qituvchining jabri va jazosi ota mehridan ham afzalligini 
aytadi.
Buyuk mutafakkir 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə