1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix09.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o qituvchi

Abu 
Nasr 
Forobiy
(873-930) O‗rta Osiyo xalqlari madaniyatini 
rivojlantirishga ulkan hissa qo‗shgan olimdir. Forobiy arifmetika, geometriya, 
astronomiya va musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni 
o‗rgatuvchi o‗qituvchini har tomonlama mukammal bilimga va tajribaga ega 
bo‗lishi lozimligini ta‘kidlaydi. Forobiy ta‘limotiga ko‗ra, ta‘lim-tarbiya jarayoni 
tajribali va bilimli o‗qituvchilar tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va 
ma‘lum maqsadlarga yo‗naltirilgan bo‗lishi lozim, chunki ―har bir bola o‗zicha 
narsa va hodisalarni bila olmaydi hamda baxtga erisholmaydi. Unga buning uchun 
o‗qituvchi lozim‖ 
3
. Ta‘lim va tarbiya berishda ―...ustoz shogirdlariga qattiq zulm 
ham, haddan tashqari ko‗ngilchanlik ham qilmasligi lozim. CHunki ortiqcha zulm
shogird dilida ustozga nisbatan nafrat uyg‗otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq 
ko‗ngilli bo‗lsa, shogird uni mensimay qo‗yadi va u beradigan bilimdan sovib 
qoladi. SHuning uchun o‗qituvchi bolalarning fe‘l-atvoriga qarab ta‘lim-
tarbiyaning ―qattiq‖ yoki ―yumshoq‖ usullaridan foydalanishi mumkin‖ deydi. 
Bunda ustoz mudarrisga quyidagi talablarni qo‗yadi: 
-
Birinchi yo„l:
tarbiyalanuvchilar o‗qish va o‗rganishga ishtiyoqmand 
bo‗lsalar ta‘lim-tarbiya jarayonida mudarris tomonidan yumshoq usullar 
qo‗llaniladi. Bunda u qanoatbaxsh so‗zlardan foydalanadi, chorlovchi 
ilhomlantiruvchi gaplar aytib o‗quvchiga ko‗nikma va malakalarni vujudga 
keltiradi, natijada o‗quvchining iqtidori uyg‗onib, g‗ayrat-shijoati bilan bilim 
olishga, kasb egallashga intiladi; 
-
Ikkinchi yo„l:
tarbiyalanuvchilar o‗zboshimcha, itoatsiz bo‗lsalar, mudarris 
tomonidan qattiq, ya‘ni majburlovchi usullar qo‗llaniladi. Bu asosan gapga 
ko‗nmovchi ba‘zi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan 
ishlatiladi. Ushbu usul natijasida o‗quvchi nazariy bilimlarni o‗rganishga astoydil 
kirishadi, fazilati yaxshi bo‗lib, kasb-hunarlarni va juz‘iy san‘atlarni egallashga 
intiladi. Maqsad ularni fazilat egasi qilish va kasb hunar ahillariga aylantirishdir 
(o‗sha kitob, 198 bet).

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə