1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix09.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o qituvchi

SHaxsiy sifatlar tizimida:
milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, 
farosat, nozik didlik, o‗z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, 
bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qat‘iylik, 
har qanday vaziyatda o‗zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati, 
kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi 
fazilatlarga ega bo‗lishi kerak. 
Kasbiy sifatlar tizimida:
pedagogik ziyraklik, O‗zbekistonning o‗z istiqlol 
va taraqqiyot yo‗li mohiyati, beshta tamoyil rivojlanishining ma‘naviy – axloqiy 
negizlarini bilishi, milliy tarbiya mohiyati va mazmunini chuqur anglash, chuqur 
ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, o‗z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarini 
mukammal bilish, pedagogik bilimlarni takomillashtirishga intilish, mamlakatimiz 
Prezidentining ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o‗zbek xalqining an‘analari, 
qadriyatlari, urf – odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, ma‘naviyat, 
adabiyot va san‘at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, o‗lkashunoslik, 
texnikaga oid ma‘lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid 
bilimlarga ega bo‗lish va hokazo. 
Bo‗lajak o‗qituvchilarda yuqorida qayd qilingan milliy pedagogikaning 
faoliyatga tayyorlovchi shaxsiy va kasbiy sifatlariga ega qilish lozim. Bu hol 
kasbiy mahorat egasi bo‗lish va kadrlar tayyorlashning milliy dastur talablarini 
bajarishga yordam beradi. 
“Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so„zi, axloqu-
odobidadir,
– degan edi taniqli murabbiy, maktabshunos olim Hikmatulla 
Abdullaev o‗zining ―YAshil daftar hikmati‖ asarida. – 
O„qituvchining yuz 
qarashlari ham, gapirishlari ham, qalbi ham, ko„rinishi ham, yurish-turishi 
ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat namunasi bo„lsin. Ayniqsa, uning nutqi 
tushunarli, ravon, ta‟sirli bo„lishi darkor. U muloqotda bamisoli so„z zargari 
ekanligini ko„rsata olishi muhimdir. SHunga erishish kerakki, odamlar, ayniqsa, 
2
Очилов М. , Очилова Н. ―Ўқитувчи одоби‖. – Т.: ―Ўқитувчи‖, 1997, 6-бет. 


ota-onalar va o„qituvchilar uni rostgo„y, halol, pokiza, sog„lom fikrli, 
shafqatli va muruvvatli, insonparvar kishi sifatida e‟tirof etsinlar”. 
O‗qituvchi «Sog‗lom avlod uchun» kurashchi, bor bilimi va tajribasini 
ta‘lim-tarbiya ishiga bag‗ishlagan, o‗z qadrini, o‗z hurmati, o‗z obro‗sini 
saqlaydigan inson. SHuning uchun vaqt oltindan, duru-gavhardan qimmatlidir. U 
har bir daqiqa vaqtni to‗g‗ri taqsimlaydigan, bajariladigan vazifalarni hisobga 
oluvchi, 
darsga tayyorlanishi, dars o‗tkazishni rejalashtiradigan, ta‘lim 
muassasasining umumiy qo‗shimcha topshiriqlarini tez va sifatli bajaradigan 
hamda vaqtida ovqatlanish, vaqtida dam olishni biladigan intizomli shaxsdir. 
Ta‘lim va tarbiya jarayoni har bir o‗qituvchidan ulkan aql-zakovat, sabr-
toqat, matonat, o‗quvchilarga va o‗z kasbiga yuksak mehr-muxabbatli bo‗lishni 
talab etadi. O‗qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib 
borishi, o‗quvchilarni chuqur tushunish, ularning ic hki d unyo s ini p ayq ay 
o lis hi, o ‗ s is h va rivo jlanis h darajalarini nazorat qilib borishi na zarur paytda 
so‗z, ish yoki amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta‘lim va 
tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta‘minlovchi omillardir. 
Pedagogik kasb – bu barkamol inson sifatida xarakterlanuvchi ijtimoiy 
ahamiyatga molik fazilatlarning barqaror tizimidir. O‗qituvchi o‗z kasbiga ixlos 
qo‗yishi va uning ijtimoiy ahamiyatini tushunib etishi, bolalarga ta‘sir 
o‗tkazishi va ular bilan hamdardligini namoyon qila olishi shunday fazilatlar 
majmuasidirki, ular o‗qituvchi faoliyati va muloqoti bilan uyg‗unlashganda 
o‗qituvchi mehnatining bir butunligiga erishiladi. 
O‗qitish va tarbiyalash – bular bir-biridan ancha farqli 
tushunchalardir. O‗qituvchi o‗z kasbining to‗la ma‘nodagi egasi bo‗lishi 
uchun atrof muhitidagi odamlar orasida hurmat–e‘tibor qozona olishi kerak. 
O‗qituvchi hamma joyda madaniyatli murabbiy, ezgu fazilatlar egasi sifatida 
namuna bo‗lishi zarur.
O‗qituvchining mahorati pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida bilim va 
malakalarni egallash davridayoq, shakllanib boradi. Pedagogik kadrlar 
tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi kasbga 
moslashishi, tanlangan kasb ichidagi uzluksiz taraqqiyotga moslasha 
oladigan, keng ma‘nodagi o‗qituvchining shakllanishiga bo‗lgan talabga 
muvofiq, 
holda 
bilimlarning 
pedagogik-psixologik 
va 
umummilliy 
mavqeining o‗sib borishida aks etmog‗i lozim. 
Ayniqsa, o‗qituvchilarning qobiliyatida notiqlik san‘ati qanchalik kuchli 
va ta‘sirchan bo‗lsa, o‗quvchilar uning so‗zini zo‗r ishtiyoq bilan tinglaydi. 
O‗qituvchi o‗z kasbiga ixlos qo‗yib, o‗zining pedagogik iste‘dodini, samimiy 
munosabatini o‗quvchilar orasida namoyon etsa, o‗qituvchi bilan o‗quvchilar 
orasidagi o‗zaro muloqot yuksak darajada mustahkamlanib boraveradi. _
O‗qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit va 
qizlardagi qobiliyat va iste‘dodning barcha qirralarini ishga solishga majbur 
qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, 
“jamoada 40 ta qobiliyatsiz o„qituvchi 
o„rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o„qituvchi bo„lgani ma‟qul”
ligi haqida 
gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyatsiz kishilar ta‘lim-tarbiya ishiga katta 
zarar etkazishi mumkinligini alohida uqtiradi. 


Avvalo, o‗qituvchilar – ta‘lim muassasasidagi ta‘lim va tarbiyaviy 
jarayonining asosiy tashkilotchilaridir. Yigit va qizlarning ma‘lumot jihatidan 
umumiy tayyorgarlik darajasi hamda mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiyoti, 
tarbiyalangan 
darajasi 
dastur 
va 
darsliklargagina 
emas, 
balki 
o‗qituvchilarga, ularning mahorati hamda fuqarolik hislatlariga ham taalluqli 
bo‗ladi. SHu boisdan ham pedagogika oliy ta‘lim muassasalariga 
o‗qituvchilik kasbini sevgan, unga chin ko‗ngildan qiziqqan va moyilligi 
bo‗lgan iqtidorli yoshlargina qabul qilinishi lozim. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə