1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja


O„qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o„rni



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix09.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o qituvchi

 
O„qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o„rni 
XV asrda yashab, ijod etgan mutafakkir, Alisher Navoiyning yaqin do‗sti 
Kamoliddin Husayn Voiz al–Koshifiy (taxm. 1440–1505 y.) bola tarbiyasida 
maktab va muallimning alohida o‗rni borligi haqida gapirib, muallimlar dono, 
bilimli, shirinsuxan, adolatli bo‗lishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar 
to‗g‗risida ―Axloqi Muhsiniy‖ asarida shunday yozadi: 
“Murabbiy (bolaga) 
nasihat va ta‟lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. 
Jamoatchilik joylarida o„quvchiga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda 
bolaga nasihat qilish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati 
kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning 
zamonamizda muloyim va xushfe‟l bo„lish maqsadga muvofiqdir”.
Buyuk 
allomalardan 
Abdurahmon 
Jomiy 
o‗z 
asarlarida 
tarbiyachi-muallim 
foaliyatiga quyidagicha ta‘rif beradi: 
“muallim 
bilimli, aqlli, adolatli, o„zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan 


bo„lishi kerak. O„zini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va 
odob bera olmaydi”. 
Hozirgi zamon o‗qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo‗lishi lozim. 
Avvalo zamonaviy bilimlar, ilg‗or tajribalar hamda pedagogik mahoratni yuqori 
darajada egallaganligi, pedagogik izlanish vazifasiga mos tadqiqotlar metodlari 
majmuasini shakllantira olishi, nazariy tadqiqot va amaliy tajriba-sinov ishlarini 
o‗tkazish malakasiga ega bo‗lishi, o‗qitadigan o‗quv fanidan o‗quv dasturi, DTS, 
darsliklar va o‗quv-metodik qo‗llanmalar, elektron darsliklarni yarata olishi va 
amalda qo‗llay olishi lozim. O‗zining pedagogik faoliyatini doimiy 
takomillashtirib borishi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi, o‗z-o‗zini nazorat qilish 
va baholash malakasiga egallashi, yangi pedagogik g‗oyalarni ishlab chiqa olish, 
zamonaviy axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo‗llash ko‗nikmalariga ega 
bo‗lishi, o‗qitishning istiqbolli yo‗nalishlari talablari asosida metod, shakl va 
vositalarni yaratish va ularni ta‘lim jarayonida uzviy qo‗llash malakalarini bilishi 
kerak. 
O‗qituvchi — odobli, adolatli hamda «bola kalbining injeneri»dir. 
Bolaning ijobiy va salbiy xususiyatlari ba‘zan murabbiydan o‗tishini psixolog 
olimlar ta‘kidlab o‗tishgan. CHunki o‗quvchi o‗qituvchining yurish-turishi, 
kiyinishiga, gapirishiga taqlid qiladilar. Bola garchi yosh bo‗lsa-da, uning inson 
ekanligini 
yoddan 
chiqarmaslik 
kerak, 
uni 
ko‗pchilik 
oldida 
obro‗sizlantirmaslik, g‗ururini toptamaslik kerak. 
Pedagog olim Komil Zaripov o‗qituvchining kasbiy mahorati mazmun va 
mohiyatini ―Ilg‗or o‗qituvchi‖, ―Ijodkor o‗qituvchi‖, ―Novator o‗qituvchi‖ 
timsolida asoslaydi va shunday ta‘riflaydi: 
―Ilg‗or o‗qituvchi‖ avvalo boshqa o‗qituvchilarga qaraganda o‗z ishiga 
mas‘uliyat bilan qaraydi. SHu sohadagi ijobiy tajribalarni o‗rganib, o‗z darslarida, 
ta‘lim muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo‗llaydi. SHu 
orqali u ta‘lim va tarbiya sohasida muayyan yutuqlarni qo‗lga kiritadi.
―Ijodkor o‗qituvchi‖da ham ―Ilg‗or o‗qituvchi‖dagi xususiyatlar bo‗lishi 
mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg‗or o‗qituvchi mavjud manbalarni 
o‗rganib, shular asosida ta‘lim - tarbiya bo‗yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, 
ijodkor o‗qituvchi bor manbalarga tanqidiy ko‗z bilan qaraydi. Ko‗p hollarda 
mavjud metodik yo‗l – yo‗riqlarga o‗z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat 
taqozosiga, o‗zining imkoniyatlariga qarab mavjud tartiblardan farqli zamonaviy 
metodik usullardan foydalanadi‖
1

―Novator o‗qituvchi‖, o‗zining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi 
bilan farqlanib turadi. SHu bilan birga novator o‗qituvchilarda ilmiy tahlil, o‗ziga 
tanqidiy ko‗z bilan qaray bilish xususiyatlari ham ega bo‗ladi. Ularning 
ko‗pchiligida g‗oyat murakkab, boshqalar o‗ziga ishonmaydigan sharoitlarda ham 
o‗z ishlarining to‗g‗ri ekanligiga ishonch bo‗ladi.
Demak, pedagogik mahorat egasi bo‗lish uchun o‗qituvchi o‗zida ham 
ilg‗orlikni, ham novatorlikni (yangilikka intilish), ham ijodkorlikni tarbiyalashi 
lozim. O‗qituvchi pedagogik mahoratini ―O‗qituvchilarning axloqiy shakllanishi‖ 
1
Зарипов К. Ўқитувчилар малакасини оширишда мактаб раҳбарининг роли. – Т.: ―Ўқитувчи‖, 1993, 97 – бет. 


yo‗nalishida o‗rgangan professor Malla Ochilov pedagogik mahoratni egallashning 
muhim manbasi axloq deb ta‘kidlab, kasbga oid axloq normalarini shunday 
ta‘riflaydi 
“Faoliyatning ma‟lum bir sohasi bilan shug„ullanuvchi kishilarga 
taalluqli axloqiy normalar, talablar ham bor. Bunday axloq kasb (professional) 
axloqi deyiladi. Har bir jamiyatda hukmron bo„lgan axloq bilan kasb axloqi 
o„rtasida ma‟lum bir munosabat mavjud. Bu umumiylik bilan xususiylik 
o„rtasidagi munosabatdir. Kasb axloqi umuminsoniy axloq nazariyasining 
qoidalari va kamchiliklarini o„zida mujassamlashtiradi, oydinlashtiradi va 
rivojlantiradi”.
2
Pedagogik mahoratning o‗ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning 
o‗qituvchi shaxsi va kasbi to‗g‗risida mukammal ma‘lumot va tushunchalarga ega 
ekanligidadir. O‗qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarga ega bo‗lishi bilan 
birga, kasbiy, ya‘ni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo‗lishi lozimligini tajriba 
ko‗rsatmoqda. Buni yuqorida kasb axloqi to‗g‗risida bildirilgan fikrlar misolida 
ham ko‗rdik.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə