1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix09.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o qituvchi



1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari 
Reja: 
1.
Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.
O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi‖da pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo‘yilgan talablar. 
3.
Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‘qituvchi mahorati masalalari. 
Adabiyotlar: 
1.
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: 
Ma‘naviyat, 2008. 
2.
Azizxo‗jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – 
Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. 
3.
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, 
N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: ―IQTISOD-MOLIYa‖, 2009. 
4.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYa, 2011. 
5.
Hikmatnoma. //To‗plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‗lpon, 1992. 
6.Alex Moore Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture.. 
USA, 2012 
 
“Pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyat”ga doir blits-so‟rov savollari 
1.
Pedagoglik kasbiga qanday talablar qo‘yiladi? 
2.
Pedagogik jarayon deganda nimani tushunasiz? 
3.
Pedagoglik kasbi haqida Sharq mutafakkirlari qanday fikrlarni bayon 
etishgan? 
4.
Abu Ali ibn Sinoning mudarrislarga tavsiyalari? 
5.
Alisher Navoiy asarlarida mudarrislar faoliyati haqida? 
6.
O‗qituvchi o‗quvchilar bilan o‗zaro hamkorlik qilishi uchun nimalarga 
e‘tibor berishi lozim? 
Pedagogik faoliyat va uning o‟ziga xos xususiyatlari 
Pedagogik faoliyat bu mazmunini o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash
rivojlantirish tashkil qilgan faoliyatdir.
Shuni yodda tutish kerakki, pedagogik faoliyat bu bir tomonlama emas, 
balki ikkitomonlama (hamkorlikdagi) faoliyatdir. Unda ikkita faol tomon ishtirok 
etadi: o‘qituvchi – o‘quvchi. Maqsad – o‘quvchi shaxsini rivojlantiriishdir.
Pedagogik faoliyatning maqsadi asrlar davomida yuksak ma‘naviyatli 
shaxsni shakllantirishning umuminsoniy g‘oyasi sifatida xizmat qilib kelayotgan 
tarbiyaviy ishni amalga oshirish bilan bog‘liq.
 
Pedagogik faoliyatning asosiy 
turlari sifatida tarbiyaviy ish va o‘qitish aks etadi. 
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biri bilan aloqador quyidagi 
uch tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatadi: konstruktiv, tashkilotchilikka doir va 
kommunikativ. Konstruktiv faoliyat mazmunli (o‘quv materialini tanlash va 
tizimlashtirish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv 
operativ (o‘zining va o‘quvchilarning harakatlarini rejalashtirish); konstruktiv-


moddiy (pedagogik jarayonning o‘quv-moddiy bazasini loyihalash) jihatlarni 
o‘zida aks ettiradi. Tashkilotchilik faoliyati – o‘quvchilarni faoliyatning xilma-xil 
turlariga jalb etish. Kommunikativ faoliyat – pedagogning ta‘lim oluvchilar, 
o‘qituvchilar jamoasi, jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan munosabatini 
yo‘lga qo‘yish. 
Pedagogik faoliyatning o‗ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi. 
1.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‗zining alohida 
xususiyatlari, ro‗y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o‗zicha baho 
beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta‘kidlanganidek, 
har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o‗z maqsadi, ishtiyoqi va 
shaxsiy xulqqa ega bo‗lgan ishtirokchisi hamdir. 
2.
Pedagog doimo o‗sib-o‗zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga 
yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish 
mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 
3.
O‗quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan 
o‗qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta‘sir etadi. 
SHuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‗zida jamiki ta‘sirlarga va 
o‗quvchilarning o‗zida paydo bo‗lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda 
tutadi. 
Pedagogik maqsadning o‗ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin: 
1.
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya‘ni 
pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog`liqdir. Uning mehnati 
yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‗naltirilgan. Pedagogik 
faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta‘minlaydi. Bir avlod 
tajribasini, ikkinchi avlodga o‗tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi 
tabiiy imkoniyatlarni ro‗yobga chiqaradi.
2.
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog`liq. Bunda 
pedagogik maqsad o‗quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o‗z faoliyati 
maqsadini va unga erishish yo‗llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish 
o‗quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote 
ta‘kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so‗z ham, tinglovchilarni 
mahliyo qilish ham o‗z-o‗zidan kelaveradi». 
3.
Pedagogik (ta‘lim-tarbiya) jarayonda o‗quvchi faoliyatini boshqarish 
shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‗quvchi kelajagi tomon 
yo‗naltirilgan bo‗ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‗z faoliyatini 
mantiqan o‗quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik 
pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat. 
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‗ziga xosligi o‗qituvchidan 
quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‗la anglab, o‗z shaxsiga qabul qilishi. 
Jamiyat maqsadlarini «o‗sib» uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi; 
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi
- o‗quvchilar qiziqishlarini e‘tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning 
belgilangan maqsadlariga aylantirish. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə