1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja


Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix09.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1-Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o qituvchi

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 
(973 - 1048) SHarq 
Uyg‗onish davrining qomusiy olimlaridan biri, tarbiyashunos olim, umumjahon 
3
Форобий.
Фозил одамлар шаҳари. – Т.:, ―А.Қодирий номидаги Халқ мероси нашри‖, 1993, 122-бет. 


tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga ulkan ta‘sir ko‗rsatgan buyuk aql zakovat 
sohibidir. Alloma asarlarida ta‘lim-tarbiya birligi va axloq masalalariga etuk 
tarbiyashunos olim sifatida yondashgan, chunonchi, ―Minerologiya‖, ―Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, ―Hindiston‖ kabi asarlarida pedagogika va 
psixologiyaga oid noyob fikr mulohazalarini va ma‘rifiy-didaktik qarashlarini 
bayon etdi. Bolalarni maktabda o‗qitish va tarbiyalash jarayonida dunyoviy 
fanlarni bir-biri bilan bog‗lab turli mavzularda mulohazalar yuritishni ta‘kidlab: 
―Bizning maqsadimiz o‗quvchilarni toliqtirib qo‗ymaslikdir, bir mavzuni qayta-
qayta takrorlab o‗qib berish o‗quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi. Agar 
o‗quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o‗tib tursa, u xuddi turli-tuman 
bog‗larda sayr qilgandek bo‗ladi, bir bog‗dan o‗tar-o‗tmas, boshqa bir bog‗ 
boshlanadi. Bola ularning hammasini ko‗rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir 
yangi narsa bolaga rohat bag‗ishlaydi, deb behuda aytilmagan‖
 
4
,– deydi. 
Beruniy mamlakatning obodonligi ilm–fanning ravnaqi tufayli deb aytadi, 
yoshlarning baxt–saodati va kamoloti esa ularga bilim va ma‘rifat beruvchi 
mudarrislarga bog‗liq deb ta‘kidlaydi. Ilm va ma‘rifat sari intiluvchi tolib va 
mudarrislarga deydiki: ―Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi 
illatlardan, odamni ko‗r qilib qo‗yadigan nafs va turli buzg‗unchi holatlardan, qotib 
qolgan turli eski urf–odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko‗zlikni quli bo‗lishdan 
ozod bo‗lmog‗i darkor‖
5

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə