1-mavzu: “Pedagogika” fanining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 314,6 Kb.
səhifə1/12
tarix28.04.2023
ölçüsü314,6 Kb.
#107506
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma\'ruza matni (3)


1-MAVZU: “Pedagogika” fanining maqsad va vazifalari
Reja:
1.“Pedagogika nazariysi” tushunchasi mazmuni.
2. Ta’limga oid huquqiy-me’yoriy hujjalar
3.O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi.
4.Pedagogika nazariyasini o’rganish zaruriyati.
5.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch iboralar: pedagogika, maqsad, vazifa, ob’yekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
Adabiyotlar:
1.Sh.Mardonov., U.Zokirova.Pedagogika nazariyasi va tarixi.-T: “Ishonch hamkor”,2021.
2.R.A.Mavlonova va boshq. Umumiy pedagiguka.Darslik-T.: “Fan va texnologiya”, 2018.
3. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik – T.:Sano-standart, 2017.

1. “Pedagogika nazariysi” tushunchasi mazmuni. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida - «bola» va gogike - «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.


Pedagogika- ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan sohasi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’limnazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Pedagogika fanining ob’yekti - yaxlit pedagogik jarayon. Pedagogika fanining predmeti - ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim katego riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish.




Yüklə 314,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə