1-mavzu: “Pedagogika” fanining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 314,6 Kb.
səhifə4/12
tarix28.04.2023
ölçüsü314,6 Kb.
#107506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma\'ruza matni (3)

Tayanch doktorantura - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
Doktorantura - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
Mustaqil izlanuvchilik - ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq oliy ta’limmuassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining o‘qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar tarkibining sifat darajasini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 242-son qarori bilan «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori bilan mazkur Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi - yangi kasbiy bilimlar, mahoratlar, zamonaviy ko‘nikmalar hamda boshqaruv va pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur hajmda va yetarli darajada hamda davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv- ta’lim jarayoniga talab qilinadigan sifatni ta’minlaydigan darajada vakolatlarni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi o‘qitish shakli.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan hujjatlarga asosan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi o‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soat hajmdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ikki oy davomida, ishdan ajragan holda amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘ qishni tugatgandan keyin attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tishlari kerak. Attestatsiya komissiyasi tegishli sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, ilmiy kengash a’zolari, o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislar safidan kamida 7 kishidan iborat bo‘lgan oliy
ta’lim muassasasi rektori yoki fan doktori ilmiy unvoni berish bo‘yicha ilmiy kengash raisi boshchiligida shakllantiriladi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga qat’iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari bir yil mobaynida pulli asosda o‘qishning tegishli yoki turdosh yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakunida attestatsiyadan o‘tishadi.
Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran o‘zlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda yoki masofadan o‘ qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari bo‘yicha tayyorlanib kelgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Yakuniy attestatsiya tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda bo‘sh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qat’i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Bunda ular o‘z pedagogik faoliyatini boshqa ta’limmuassasalarida (oliy ta’limmuassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda o‘zining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni qabul qilindi.
Unga muvofiq, O‘zbekistonda professional ta'lim dasturlari nufuzli xalqaro tashkilot – YuNeSKO tomonidan qabul qilingan Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashgan holda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtiriladi. Xususan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab mamlakatda yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta'lim dasturlari joriy etiladigan ta'lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi. Bu orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlanib, ish beruvchilar keng jalb qilinadi.
Farmonga asosan, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim muassasalariga Xalqaro tasniflagich bo‘yicha asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta'lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqi berildi. Unga ko‘ra, tizimda mos ravishda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta'lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
Kasb-hunar maktablari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasidagi Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari hamda mazkurfarmon asosida amalga oshirilish belgilandi. Kasb-hunar maktablarining asosiy maqsadi:
1). umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni amalga oshirish;
2). o’quvchilarni tanlagan mutaxassisligi bo’yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko’nikma va malakaga hamda yuksak ma’naviy – axloqiy sifatlarga ega bo’lgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni qabul qilindi.
Kollejlar - Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o’rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari hisoblanadi. Kollejda ta’lim berish 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Kollejning asosiy maqsadi:
1). kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan hayot davomida ta’lim olish printsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash ;
2). o’quvchilarni tanlagan mutaxassisligi bo’yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko’nikma va malakaga hamda yuksak ma’naviy–axloqiy sifatlarga ega bo’lgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.
Texnikumlarning asosiy maqsadi:
1). Kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan hayot davomida ta’lim olish printsipi asosida shakllantirilgan guruxlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo’lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash;
2).o’rta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhba orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o’qishini davom ettirishiga imkon yaratish;
3).o’quvchilarnitanlaganmutaxassisligibo’yichazamonaviytalablargajavobberuvchi, puxtabilim, amaliyko’nikmavamalakagahamdayuksakma’naviy–axloqiysifatlargaegabo’lgan, intellektualjihatdan yetukkadrlaretibtayyorlashdaniborat.
Texnikumlar kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. O‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. Texnikumlar moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari tegishli vazirlik, idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”ga ko’ra Respublikadagi OTMlar 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tishi rejalashtirilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi “2020-2021 o’quv yilidan ta’lim jarayonini kredit-modul tizimiga o’tkazish to’g’risida”gi 357-sonbuyrug’iga muvofiq 2020-2021 o’quv yilida Respublikaning 33 taOTMlari kredit-modul tizimiga o’tishi rejalashtirilgan. Mazkur OTMlarda ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko’zda tutilgan bo’lib, “Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori”ga muvofiq 25 ta ta’lim sohasi ta’lim standartlari, 261 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 559 ta magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari (sillabuslari) ishlabchiqilmoqda.
Kredit modul tizimiga o’tish jarayoni. Amaldagi o’quv jarayoni o’quv haftalari soni 18 haftani tashkil etib, kredit-modul tizimiga asoslangan o’quv jarayonini tashkil etishda bir semestr uchun o’qish davri o’rtacha 15 haftani, yillik haftalar soni 40-42 haftani tashkil etadi.
Amaldagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv rejalaridagi mavjud 4 ta (Gumanitar va tabiiy-ilmiy, Umumkasbiy, Ixtisoslik, Qo’shimcha) fanlar bloki kredit-modul’ tizimida 2 tagacha (Majburiy fanlar, tanlov fanlar) qisqartirilishi rejalashtirilmoqda.
OTMlar o’quv dasturlarida muvozanat va me’yor paydo bo’ladi, o’quv jarayonining shaffofligi, o’quv dasturlarini iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlari asosida shakllanishiga, darslarning sifatini yaxshilanishiga va talabaning mustaqil o’quv dasturiga ega bo’ladi.

Yüklə 314,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə