1-mavzu: “Pedagogika” fanining maqsad va vazifalari Reja


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 314,6 Kb.
səhifə6/12
tarix28.04.2023
ölçüsü314,6 Kb.
#107506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma\'ruza matni (3)

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ulami amalga oshiruvchidir.

Shaxs, uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.
O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo‘la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o’z bilimi hamda tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi».
Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 314,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə