1-mavzu: “Pedagogika” fanining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 314,6 Kb.
səhifə7/12
tarix28.04.2023
ölçüsü314,6 Kb.
#107506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma\'ruza matni (3)

Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:
1.fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;
2.majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga;
3.davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga;
4.davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
5.ta’limoluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
6.ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab- quvvatlashga;
7.sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga.
Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma’lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma’naviy- axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
1. Maktabgacha ta’lim;
2. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3. Professiyonal ta’lim;
4. Oliy ta’ lim;
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
6. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
7. Maktabdan tashqari ta’lim.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana shuningdek, «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».
Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiaadi.
Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’limtizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqei va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi».

Yüklə 314,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə